Mustaqil ishi lug’at turlari va tiplari


Tanlangan tillar miqdoriga ko’ra


Download 17.24 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi17.24 Kb.
#1516993
1   2   3   4   5
Bog'liq
AZIMJONOV NODIRBEK

Tanlangan tillar miqdoriga ko’ra lug’atlar bir tilli, ikki tilli va ko’p tilli bo’ladi: "Adabiyotshunoslik terminlari lug’ati" (h.homidiy, SH.Abdullaeva, S.Ibrohimova, 1967) bir tilli; "Ruscha-o’zbekcha va o’zbekcha-ruscha geografiya terminlari lug’ati" (h.h.Xasanov, 1964), "Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o’zbekcha terminologik lug’at" (N.T.hotamov, 1969), "Ruscha-o’zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug’ati" (Q.Z.Zokirov, M.N.Nabiev, o’.Pratov, h.A.Jamolxonov, 1963), "Ruscha-o’zbekcha lug’at" (V.V.Reshetovning umumiy rahbarligida, 1972) kabilar ikki tilli; "Lotincha-o’zbekcha-ruscha normal anatomiya lug’ati" (A.A.Asqarov, h.Z.Zohidov, 1964). "Botanikadan ruscha-o’zbekcha entsikopedik lug’at"ga (Q.Z.Zokirov, h.A.Jamolxonov) ilova qilingan "Botanik nom va terminlarning o’zbekcha-ruscha-lotincha so’zligi" (201-254-betlar) hamda "Botanik nom va terminlarning lotincha-ruscha-o’zbekcha so’zligi" (255-294-betlar), "Zoologiya entsiklopediyasi"ga (T.Z.Zohidov) ilova qilingan "Sut emizuvchilarning o’zbekcha-lotincha-ruscha nomlari" (1960, 210-228 betlar) hamda "Suvda va quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning o’zbekcha-lotincha-ruscha nomlari" (1969, 195-226 betlar) esa ko’p tilli lug’atlardir.
  • Ikki tilli va ko’p tilli lug’atlardan asosan tarjimachilikda foydalaniladi. SHu sababli ular tarjima lug’atlari deb ham yuritiladi.
    • www.arxiv.uz
    • So’z yoki atama ma’nolarining yoritilishiga ko’ra lug’atlar izohli va izohsiz turlarga bo’linadi: so’z yoki terminlarning imlosini, tushunchalarning ruscha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-ruscha nomlarini berish bilan cheklangan lug’atlar izohsiz lug’atlar deb, shunday so’z yoki terminlarning ma’nolariga izoh beradigan lug’atlar izohli lug’atlar deb ataladi. CHunonchi: "o’zbek tilining qisqacha imlo lug’ati" (F.Kamolov va Z.Ma’rufov tahriri ostida, 1962), "o’zbek tilining chappa lug’ati" (R.Qo’ng’irov, A.Tixonov, 1968) kabilar izohsiz lug’atlar, "o’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati" (Azim hojiev, 1974), "o’zbekcha-ruscha lug’at" (Bosh muharrir-prof.A.K.Borovkov, 1959), "o’zbek tilining izohli lug’ati", ikki tomli (1981 y.) kabilar izohli lug’atlardir.
    • www.arxiv.uz
    • Ob’ekti (materiallarning qaysi sohaga yoki nimaga oidligi) jihatidan ham lug’atlar xilma-xil bo’ladi. CHunonchi:
    • a)
      Download 17.24 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling