Mustaqil ishi mavzu: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi


 Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1526342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sodikov S

 
2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar 
tarkibi 
5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo’yicha 
baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritilali. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki 
sotib olish uchun ketgan barcha sarfharajatlar qiymati, deganda, jumladan, to’langan 


va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga keltirishga 
bevosita bog’liq bo’lgan boshqa har qanday sarfharajatlar tushuniladi. Yana shuni 
hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo’shimcha qiymat soligi va aksiya 
solig’i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, yani umumiy tartibda soliq 
to’laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to’langanda hisobga olinadi, biroq 
asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida ko’rsatilgan soliqlar ham 
ularning dastlabki qiymatga qo’shiladi. 
Хo’jalik yurituvchi subektlar amaliyetida asosiy vositalarning dastlabki qiymati, 
odatda, ularning korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. Asosiy vositalarning korxonaga kelib tushishining asosiy manbalari 
quyidagilar: obyektni oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sotib olish; kapital kiritmalar 
yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obyektning oldi-berdisi; tasischi tomonidan 
ustav kapitaliga qo’shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; ayirboshlash; 
uzoq mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi tarkibidan o’tkazish; qiymati 
avval belgilangan asosiy vositalarsa kapital kiritmalar; 
Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obyektlarini aniqlash. 
5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki 
qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo’yicha qurilish-montaj 
ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni yetkazib beruvchilarga to’langan summa; 
asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog’liq ro’yxatga olish yig’imi, davlat 
bojlari va shunga kabi boshqa to’lovlar; bojxona bojlari va yig’imlari; asosiy vositalar 
obektlarini sotib olish bilan bog’liq soliqlar va yig’imlar summasi; asosiy vositalar 
obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun 
to’lanadigan 
summa; 
asosiy 
vositalarning 
obektlarini 
yetkazib 
berish
tavakkalchiligini sug’urta qilish bo’yicha harajatlar; asosiy vositalarning sotib 
olishdagi vositachilarga to’lanadigan haq; asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, 
sozlash, ishga tushirishga to’lanadigan harajatlar; aktivni maqsadli foydalanish uchun 
ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa harajatlar; 
5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq 
muddatli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar ishga tushirilgan asosiy vositalarning 
dastlabki qiymatiga qo’shiladi. Agar xo’jalik yurituvchi subekt asosiy vosita bilan 
bog’liq sarflarni to’lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli kredit olish 
bo’lsa, mazkur maqsadli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar obyektning ishga 
tushirilishi xo’jalik yoki pudrat usullari bilan amalga oshirilganidan qatiy nazar, ishga 
tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalarning ishga tushirilayotgan obyekti 
qiymatiga kiritilishi kerak. 
Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya’ni u foydalanishga topshirilgan 
bo’lsa, foiz xarajatlarini kapitallashtirish to’xtatiladi, asosiy vositalar obyekti 
foydalanishga berilgandan keyin o’tkazilgan foizli xarajatlar esa xo’jalik yurituvchi 


subektning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlar (9610 - «Foiz ko’rinishidagi 
xarajatlar" hisobvarag’i)ga kiritiladi. 
Korxonaning o’z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati 
sotib olingan aktiv qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy vositalarning 
ushbu obyektlarini ishga tushirish bo’yicha aniq sarflar summasidan tashkil topadi. 
Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valutasiga sotib olinsa, u holda 
ularning dastlabki qiymati barcha to’lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar, 
shuningdek, aktivni yetkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish 
bo’yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan 
bevosita bog’liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan 
sanaladi O’zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs bo’yicha 
summani chet el valutasining qiymatiga hisoblash yo’li bilan milliy valuta 
(so’mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlash 
kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obyektlari to’lovlari, moddiy-tovar 
zaxiralarini sotib olish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash, ro’yxatdan o’tkazish va 
yopish bilan bog’liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa 
xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi, balki ular hisobot 
davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi. 
Yuqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati odatda 
ularning korxonaga kelib tushish sabablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Quyida asosiy 
vositalarning kelib tushish manbalariga qarab, ularning boshlang’ich qiymati 
shakllanishi, yani uni tan olish uchun maqbul asoslar keltirilgan. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling