Mustaqil ishi mavzu: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1526342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sodikov S

 
 


 
 
 
 
4. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning 
buxgalteriya hisobi 
Ma’lumki, xo’jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalarning qiymati odatda 
ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo’li bilan qoplanadi. Asosiy vositaning 
amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati mobaynida 
xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar ko’rinishida 
muntazam taqsimlanali. Bu yerda amortizatsiyalanadigan qiymat deyilganda 
aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang’ich (qayta tiklash) 
qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan 
qolgan summasi tushuniladi. 
5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalarning 
amortizatsiyalanadigan qiymatini uning tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar 
(ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam ravishda 
taqsimlanadigan eskirishning qiymat ko’rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida 
belgilab beradi. Shuni nazarda tutish kerakki, asosiy vositalar obyekti bo’yicha 
eskirish hisoblanishi, mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan 
keyingi 
oyning 
birinchi 
sanasidan 
boshlanadi 
va 
ushbu 
obyektning 
amortizatsiyalanadigan qiymati to’la qoplanguncha yoki u balansdan chitsarilguncha 


amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarning obyektlari bo’yicha eskirish hisoblanishi 
mazkur obyekt qabul qilingan oydan keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo’lsa, 
unga mos ravishda mazkur obyekt bo’yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya 
qiymati to’liq qoplangan yoki u balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi 
sanasidan to’xtatiladi. 
Asosiy vositalar obyektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya 
hisoblanishi to’xtatilmaydi, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda ularni konservatsiyaga 
o’tkazish hollaridan hamda obyektning foydalanishi to’liq to’xtatilgan sharoitda 
ularning qo’shimcha qurilishi, qo’shimcha jihozlanishi, rekonstrukiiya qilinishi
zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi davridan tashqari. 
Asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishi, 
korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, amalga oshiriladi 
va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 
21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obyektlari bo’yicha hisoblangan 
amortizatsiya summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to’plash yo’li bilan 
asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks 
ettiriladi.
1[13][15]
Хo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobida asosiy 
vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi: 
a) ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va xarajatlarni 
mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt «Asosiy ishlab chiqarish» 
yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti. 
b) yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar 
uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha: Dt 2310 - «Yordamchi 
ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar" schyoti, Kt 
«Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti. 
v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan, 
ma’muriy maqsalda, malaniymarifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda ishlatilayotgan 
asosiy vositalar bo’yicha: Dt «Davr xarajatlari» schyoti, Kt «Asosiy vositalarning 
eskirishi» schyoti. 
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya summasi 
quyidagi usullardan birini qo’llash yo’li bilan hisoblanishi mumkin: 
1) amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash; 
2) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash 
(ishlab chiqarish usuli); 
3) ikki karrali amortizatsiya meeri bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli; 
4) yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul). 


Amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati 
shundan iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib 
chiqib, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida amortizatsiya bir tekisda va 
teng ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar 
obyektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati davomida 
tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). Mazkur usul 
bo’yicha amortizatsiya qilish meyorining miqdori foydali xizmat muddatining 
davomiyligiga bog’liq bir davr uchun amortizatsiya ajratmasi summasi 
amortizatsiyalanadigan qiymatini obyekt foydalaniladigan hisobot davrlari soniga 
bo’lish yo’li bilan hisob-kitob qilinadi. 
Amortizatsiya hisoblashning bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulila 
amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obyektining 
boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali va 
mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi: 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling