Mustaqil ishi mavzu: Boshqaruv psixologiyasining tadqiqot metodlari Bajardi


Download 165.38 Kb.
bet4/5
Sana21.06.2023
Hajmi165.38 Kb.
#1640468
1   2   3   4   5
Biografik metod, Anketa metodi
Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklari, uzgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar,tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filьmlar, taqrizlar, o’rganilayotgan shaxsnito’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.

Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarni ochishga yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlartorqali ijodiy hayol bilan bog’liq jarayonlar: sheriat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o’ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobliyati, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarni o’rganish mumkin. Inson ongining hissasi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o’z ifodasini topadi. Allomalar to’g’risidagi ma’ldumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o’tadi.

Biografik ma’lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, iroda etishi, o’zining uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida na’muna vazifasini o’taydi. Inson psixikasini-ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatiga ega. SHu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o’rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi hujjati ham bolaning tug’ilganidan, to boshlang’ich ma’lumot olgunicha bo’lgan davr orlig’ida salomatlik darajasi qanday bo’lganligi to’g’risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi. Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari, atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o’z ifodasini topadi. Allomalar to’g’risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga o’tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o’rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uyg’unligini ta’minlaydi.

Anketa metodi. Umumiy psixologiya fanida eng qo’llaniladigan metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini, narsa va hodisalarga munosabati o’rganiladi. Anketa metodi. Bu metod yordamida turli yoshdagi va turli kasbdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarga bo’lgan munosabatlari o’rganiladi. Anketaga kiritilgan savollar ma’lumotiga ko’ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo’linadi. Ochiq anketa tekshiriluvchidan o’z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi. Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo’lib tekshiriluvchi o’ziga ma’qul bo’lgan , o’zining qarashlari fikrlari bilan mos kelgan javobni belgilab boradi.


Anketa tuzilishi jixatdan uch qismga bo’linadi.
1.Kirish qism. Bu qism respondetga murojaat deb nomlanib, odatda tadqmqot o’tkazilayotgan tashkilot nomi, tadqiqot maqsadlari va ularning foydasi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi, anketani to’ldirish yo’llari va boshqalar yoziladi.
2. Asosiy qism. Bunga berilayotgan savollar tartibiga e’tibor bergan xolda savollar kiritiladi. CHunki boshidan boshlab qiyin savollar berilsa, bu narsa respondentni cho’chitib qo’yishi, xattoki, anketani to’ldirmasdan qaytarib berishga majbur qilishi ham mumkin. SHuning uchun ham boshshida yengil savollar berilib, tekshiriluvchilarni qiziqtirib keyin psixologik savollarga o’tish lozim.
3.Yakuniy qism. Bunda tekshiriluvchi shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasbi va boshqalar so’raladi.
To’plangan ma’lumotlarga statistik qayta ishlov beriladi .ki ular kompьyuterlar yordamida analiz qilinadi.
Anketa, odatda, uch xil tuziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan mottivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinsi hilida xar bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to’g’ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi va shakalali anketa deb ataladi. Anketadan turli yoshdagi va kasbdagi odamlarning layoqatlarin, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatilarini, o’ziga, tengdoshlariga, hamkasblariga, katta va kichiklarga munosabatlarinitaniqlash maqsadida keng ko’lamda foydalaniladi. Tarqatilgan anketalar yig’ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida hisoblab chiqiladi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so’ngra tadqiqotga yakun yaasalib, ilmiy va amaliy yo’zsinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixologiyasini o’rganish uchun boy material to’plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo zolisona xususiyatiga ega bo’lavermaydi. Umumiy psixologiyada keng qo’llaniladigan metodlardan biri bo’lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari o’rganiladi. Anketa odatda 3 xil bo’lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan iborat bo’ladi, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketa sinaluvchiga havola qilinganda kamida to’rt-besh to’g’ri javoblari ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari qobiliyatlarini, o’ziga, tengdoshlariga katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin. Tarqatilgan anketalar yig’ib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini o’rganish uchun boy material to’plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo’lavermaydi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to’g’ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqish kerak. Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib o’tamiz. 1.Kursingizda eng yuqori obro’ga ega bo’lgan talaba qaysi? 2.Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr, his-tuyg’uni uyg’ota oladi? 3.O’qish bilan bog’liq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar edingiz? 4.SHaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni istar edingiz? 5.O’rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz? 6.Kursdoshlaringiz ichidan kim bilan mashg’ulotlarga birgalikda tayyorlanishni yoqtirasiz? 7.Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz? 2.4. Sotsiometriya metodi. Bu tadqiqot metodiga AQSHlik Djon Moreno asos solgan bo’lib, kichik (birlamchi) guruh a’zolari o’rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita o’rganish va darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatda kim bilan ishtirok etishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, chizma, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar YA.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometriyaning kichik guruhlar psixologiyasiga moslab o’zgartirilgan variantlari, ko’rinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali shaxslarning birbirini tanlash motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa sotsiometriyaning YA.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o’zgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to’g’risida to’la axborot berishga yordam beradi. Odatda o’quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Mashg’ulotlarga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qo’shni bo’lib yashashni yoqtirasan?» sinaluvchi har uchta javobdan bittasini «eng ma’qul» deb tanlashi lozim. Unga «avval, hammadan ko’ra ko’proq kim bilan birga bo’lishni xohlasang, o’shaning familiyasini yoz», «agar sen istagan shaxs to’g’ri kelmasa, yana kim bilan birga bo’lishni istasang, shuning familiyasini yoz», «aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz» deb uqtirish maqsadga muvofiq. Guruhiy tabaqalanishni ko’rsatish uchun sotsiogramma to’rtta «maydon»ga ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o’g’il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to’g’ri keladi. Guruh a’zolarining o’zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bog’langanida o’z ifodasini topadi. Eng ko’p munosabatga ega bo’lgan sinaluvchi doiraning markazidan o’rin oladi. U guruh a’zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi. SHaxslar bilan aloqa o’rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi «maydon»larga o’rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. SHu yo’l bilan birinchidan shaxslararo munosabatning darajasi va ko’lami aniqlanadi, ikkinchidan qizlar bilan o’g’il bolalar o’rtasidagi ko’rsatkichlar taqqoslanadi. Natijalariga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning o’ziga xosligi, psixologik mexanizmlari, barqarorligi, puxtaligi, o’zaro bir-birini taqozo etuvchanligi haqida xulosalar chiqariladi. SHu bilan birga nazariy va metodologik ahamiyatga molik g’oyalar, qonuniyatlar ilgari suriladi, amaliy ko’rsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to’g’risida mulohazalar yuritiladi


Download 165.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling