Mustaqil ishi mavzu: Boshqaruv psixologiyasining tadqiqot metodlari Bajardi
Boshqaruv psixologiyasining metodlari
Download 165.38 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatish va qayd qilish metodlari
Boshqaruv psixologiyasining metodlari
Оng vа fаоliyat birligi printsipi psiхоlоglаrning хulq-аtvоr хаtti-хаrаkаtlаr vа fаоliyatni o’rgаnish оrqаli хаtti-хаrаkаtlаrdаn ko’zlаgаn mаqsаdlаrgа muvоfаqiyatli erishishni tа’minlоvchi ichkii psiхоlоgik mехаnizmlаrni, ya’ni psiхikаning оb’еktiv qоnuniyatlаrini оchishlаrigа imkоn bеrаdi. Psiхkа vа оngning fаоliyatdа tаrаqqiy etish printsipigа ko’rа psiхikаgа tаrаqqiyot mахsulоti vа fаоliyat nаtijаsi dеb qаrаlsа, uni to’g’ri tushunish hаmdа аynаn tushuntirib bеrish mumkin. Оng vа fаоliyat birligi printsipigа ko’rа оng bilаn fаоliyat bir-birigа qаrаmа-qаrshi аynаn hаm emаs, ulаr bir butunlikni tаshkil etаdi. Оng fаоliyatining ichki plаnini, uning prоgrаmmаsini tаshkil etаdi. Fаqаt оngdаginа vоkеlikning dinаmik mоdеllаri yarаtilаdi, аnа shu mоdеllаr yordаmidа оdаm tеvаrаk-аtrоfni kurshаb оlgаn muhit bilаn munоsаbаtgа kirishаdi. Psiхikа vа оngning fаоliyatidа tаrаqqiy etishi printsipigа ko’rа, psiхikаgа tаrаqqiyot mахsulоti vа fаоliyat nаtijаsi dеb qаrаlsа, uni to’g’ri tushunish hаmdа аynаn tushuntirib bеrish mumkin. Bu printsip psiхоlоgiyalаrdаn P.P.Blоnskiy, L.S.Vigоtskits, S.L.Rubinshtеyn, B.M.Tеplоv vа bоshqаlаr tоmоnidаn ishlаngаn, ulаrning аsаrlаridа o’z ifоdаsini tоpgаn. Psixologiyaning ananaviy, empirik metodlari to hozirgi kungacha muvafaqqiyatli qo’llanilmoqda. Kuzatish va qayd qilish metodlari Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi: Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi; Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazishi) tayinlanadi; Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, go’dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi.
3.Ma’lum reja va sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish. 4.Olingan natijalarning asosligi va ishonchliligini boshqa uslublar yordamida tekshirib ko’rish. Ijtimoiy psixologiyada qo’llaniladigan kuzatish metodining 3 shakli mavjud. A.Tashqi kuzatish – kuzatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan xolda ularning hulq – atvorini qayd qilish natijasida ma’lumot to’plashga asoslanadi. Bunday yo’l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin,shuning uchun ham bu usul boshqa usullarga qo’shimcha vosita sifatida ishlatiladi. B.Qo’shilib kuzatish – bunda tadqiqotchi kuzatuvchilar faoliyatiga bevosita aralashib, kerak bo’lsa ular bilan birga yashaydi, birga ishlaydi Bu usulning qulayligi shundaki, kuzatilayotganlar o’zlarining kuzatilayotganliklarini sezmaydilar,kuzatuvchini guruh a’zosi sifatida qabul qiladilar. V.Muxim vaziyatlarni qayd etish – bunda aloxida shaxs yoki guruh kutilmagan tasodifiy vaziyatga solinadi va ularning vaziyatga bo’lgan munosabati, o’zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo’llari kuzatiladi. So’rov metodi. Bu metod orqali muayyan bir vaziyat yoki muommoni hal qilish jarayonida inson psixologiyasidagi o’zgarishlar, odamlarning aql – zakovati, xulq – atvori, e’tiqodi, dunyoqarashi to’g’risida ma’lumotlar olinadi. So’rov metodi ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi, ayniqsa, anketa so’rovi, intervyu shular jumlasiga kiradi. Ushbu so’rov metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita yoki bilvosita muloqati tufayli birlamchi ma’lumotlar to’plash usulidir. So’rovni o’tkazadigan odamdan talab qilinadigan narsa bu muloqat madaniyatidir. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bevosita erkin fikr almashinuvi sharoitida o’zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqatdir. Intervьyu o’tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak, chunki u tadqiqotchidan qator muxim sifatlarning bo’lishini talab qiladi. SHuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada rolli o’yinlar metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o’tadilar. Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o’qituvchi, salohiyatli rahbar o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va ketishi to’g’risida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini kuzatadi. Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi. Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, usullari paydo bo’ldi, xolisonalik (ob’ektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, o’lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish metodi psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kiritilib, uning barcha sohalarida qo’llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiylik imkoniyatining yuksakligi, statistik hisoblashga beriluvchanlik xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz. Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi: - voqelik (atrof – muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, yo’nalishlarga ajratish (nemischa – lotincha «kvantifikatsiyalash», ya’ni eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash); - kuzatishning ko’lami (hajmi), xususiyati va o’ziga xosligini aniqlash, ya’ni uning nimalarga qaratilganini belgilab olish; - kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, ko’rinishning o’ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni frantsuzcha – lotincha «fiksatsiyalash»)- kuzatish davomida to’plangan omillar, ma’lumotlar, natijalarni matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari bo’yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish. Psixologik kuzatish olib borishdan ko’zlangan maqsad mana bulardan iborat: - kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’ektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish; - kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, chizgi tarzda ifodalanishini yaratish, yig’ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish. Kuzatishning ob’ekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega: - kuzatishning ob’ekti – inson, guruh, jamoa va shaxslararo munosabatlar, emotsional – hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shaxsning faoliyati, ijodiyoti, muomalasi kabilarni o’rganishdan iboratdir; - kuzatishning predmeti – insonning xilma – xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, o’ziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir; - amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yo’nalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va boshqalar; - noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa ma’nosini tana a’zolari orqali ifodalash); - vegetativ reaktsiyalarning ko’rinishi: rangning qizarishi, oqarishi, terlash, nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi. Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (iyerarxiyasi) tarkiblari quyidagilardan tashkil topadi: - kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy talablarga rioya qilish, yaxlit qayd qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalarning tahlili, talqini va g’oyalarni ilgari surish. Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda to’plangan ma’lumotlarni alomat, belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anagramma) va turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish. Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: izchil, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy - sun’iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir martali kabilar. Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo’llash maqsadga muvofiq: - ę.Gilbertning «Ish kuni fotografiyasi» metodikasi (rasmlarda ifodalangan ishchining harakatini kuzatish, ko’zdan kechirish orqali ularni tahlil qilish (sa’i –harakatlar bo’yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o’zgarishlarga binoan muayyan ketma – ketlikda joylashtirish); - A.K.Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada va smenadan keyin tekshiruv o’tkazish); - talabalarda dars boshida, o’rtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda: yordamchi yumush bilan shug’ullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar. Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo’lib, vazifalariga qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: aralashib yashirin kuzatish, kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish (o’smirlarda yuqori natijalar beradi), xulq - atvor portretini tahlil qilish va hokazo. Kuzatilgan ob’ektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir: kundaliklar, foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir tomonidan faktik ifodalanishi, ta’kidlovchi, ta’birlovchi, umumlashtiruvchi xususiyatlar majmuasi. Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma’lumotlar miqdor va sifat jihatidan tahlil qilinadi, tajriba yakunlari bo’yicha g’oyalar, umumlashmalar, xossalar, qonuniyatlar, mexanizmlar, holatlarning ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi. Kuzatish yakunida to’plangan ma’lumotlar ilmiy hisobat sifatida muayyan qoidalarga asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish, metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma – bosqich tahlili, ularning muhokamasi, izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega bo’lgan tavsiyalar, ko’rsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati va nihoyat ilovalar (har bir qism o’ziga xos yakunlangan, tugallangan ma’no anglatishi lozim). Kuzatish metodi yordami bilan hatto nizoli (konfliktli) vaziyatlarni kuzatish ham mumkin. Nizoli vaziyatlar turli – tuman bo’lishidan qat’i nazar kuzatish jarayonida ushbu holatlarga e’tibor berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish, nizoning kuchayishi, uning tashqi va ichki omillari, nizoni pasaytirishga qaratilgan ta’sir o’tkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo yechimining topilishi, nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyingi psixologik holatning tasnifi. Kuzatish jarayonida R.Beylzaning interaktsiya metodikasini (bahs, munozara jarayonida o’zaro ta’sir o’tkazish imkoniyatini aniqlash uchun) qo’llash ijobiy natijalar beradi: - umumiy muammo mohiyatiga guruh a’zolarini yo’naltirish; - guruh a’zolari tomonidan muammoni yechish yo’llarini baholash; - bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish; - umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish; - muammo yechimiga erishishdagi guruh a’zolarining birdamligi va hamjihatligi. Kuzatish yakunlari bo’yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy, etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat’iy ravishda sharhlash, yosh davrlari, jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish – psixologik bilimlarning boyishiga olib keladi. Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi tartibda qo’llash lozim: - olingan natijalarni foizlar bo’yicha hisoblab chiqish; - to’plangan ma’lumotlarning o’rtacha arifmetik qiymatini topish; - son qatoridagi o’rtacha kvadrat og’ishni hisoblash (sigma); - son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya); - omillar o’rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion) tahlil qilish; - ma’lumotlar, metodikalarning ishonchililik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan foydalanish lozim Download 165.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling