Mustaqil ishi mavzu: Boshqaruv psixologiyasining tadqiqot metodlari Bajardi


Suhbat metodi va Faoliyat maxsullarini taxlil qilish metodi


Download 165.38 Kb.
bet3/5
Sana21.06.2023
Hajmi165.38 Kb.
#1640468
1   2   3   4   5
Suhbat metodi va Faoliyat maxsullarini taxlil qilish metodi

Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atqori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.

Faoliyat maxsullarini taxlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va ayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo’llanildi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozga sheerlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiy va adabiy qobiliyati, ijodiy hayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Ob’ekt bilan sub’ekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psimxika to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat maxsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diogramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik modelь, moslama, milliy kashtachilik, xunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik disertatsiyasi, ilmiy maruza, konspekt, takriz, tezis, maqola, ko’rsatmali qurollar, loyixa, konsepsiya, san’atkor, artist va baxshi ijodiyoti kabilar kiradi.


Test metodi, tajriba (eksperiment) metodi,laboratoriya (kolinika) metodi
Test metodi. Test – inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, mintalitetini, qobiliyatini,
irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujjetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zayiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo’llaniladi. Test metodlarining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshriuvchining mahoratiga va qiziqishiga yig’ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog’liqdir.
1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Bine va uning shog’irdi A.Siman insonning aqliy o’sishi va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a so’rganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshlandi.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Bartegg, Reksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven va boshqalar ijodining na’munalarini kiritish mumkin.
Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo’llaniladi. Eng keng tarqatilgan testlar qatoriga:
Bilim, ko’nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashga qaratilgandeagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur harakat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo’ljallangan),yozma testlar(maxsus blankalardagi savollardan bitta to’g’risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo’naltirilgan), og’zaki testlar (savollar tizimi umumiy ta’lim va Jismoniy tarbiyada tayyorgarlik darajasini aniqlaydi).

Insonning aql-idroki, aql zakovati, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini o’lchashga mo’ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular rebral va novebral shakllarda tuzilgan bo’lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn farosatlik, aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo’riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsiflashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi.

Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatlarini o’rganish va boholashga mo’ljallangan bo’ladi; ular ijodkor shaxsining hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning maxsuldorligi; egiluvchanligi, tezkorligi, topqirligi, argenalligi, talabchanligi, konstruktivligi va hokazo) o’rganishga yo’naltiriladi.

Me’zonga mo’ljallangan (kreterial orientirlangan) testlar tekshiruvchidan egallangan va kaspiy topshiriqlarni bajarish uchun etarli yoki etarli emasligini aniqlashga mo’ljallangandir. Me’zon (kreteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi mavjud yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. Me’zonning yaratilishi uning mantiqiy psixologik tuzilishini taxlil qilish asosida quriladi. Bunda metodika bilan me’zonning psixologik munosibligi, relevandligi oldindan hisobga olinishi lozim.



Shax’sga oid yoki shaxslilik testlari: shaxsning ustanovkasi qadriyatlaga munosabati,emsiona holatlari, motivatsiyasi, shaxslararo munosabatdagi sifatlari, xulq-atvorining tipik shakllari va hokazolarni o’rganishga, o’lchashga, aniqlashga yordam beradi. Ular shaxsni o’rganish shakllari, so’rovnomalari va bilim jarayonlarini o’lchash, baholash, o’zini o’zi baholashga yo’naltirilagn bo’ladi. Shuningdek, sub’ektivlikni aks ettiruvchi temtlartizimini ham qarmaboladi. Ilmiy psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko’ra, intellekt-lotincha so’zdan olingan bo’lib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan ma’noni anglatadi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir. O’z davrida A+SHlik psixolog ę.ęrimen intellekt oltita tarkibdan iborat, degan g’oyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini ko’rsatib o’tadi: - sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlilik; - lug’at boyligi ko’lami; - geometrik shakllar o’rtasidagi o’xshashlik va farqli tomonlarini ajratishga nisbatan uquvchanlik; - shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati; - shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi; - xotiraning mahsuldorligi yoki noyob xislatliligi. YAna bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib «birlamchi aqliy potentsiyalar» deb ataydi. Muallif yetti xildagi potentsiyalar o’zaro farqlanishini ta’kidlab o’tadi: - insonning hisoblash qobiliyati ko’rsatkichi; - og’zaki so’zni ixcham ifodalashining ko’rsatkichi, nutq yordami bilan tez o’qish hadisini egallaganligi; - og’zaki ma’lumotlarni to’la idrok qilish yoki idrok qilingan so’zlarni tushunish, anglash; - fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning chamalash qobiliyati (uquvchanligi); - xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi; - fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik; - shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur’ati. ęrantsuz psixologi T.Ribo idrok ko’lamining kengayishi, bilimlarning ko’payishi, diqqatni bir vaqtning o’zida bir necha ob’ektga qarata olishi – inson intellekti taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat bo’lishi mumkin ekanligini ta’kidlaydi: - shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi, inson identifikatsiyasi (o’quvchining bilimlarini o’ziga singdirish jarayoni, uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini o’zlashtirib borish va boshqalar), - refleksiya (inson o’zini – o’zi anglash hamda bo’lg’usi faoliyatni amalga oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga tatbiq etish imkoniyatlari tug’ilishi kabilar). SH.Byuler intellektual taraqqiyotni quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi shart deb hisoblaydi: - sinkretizm (tushunchalarni bir – biridan ajrata olmaslik holati); - agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi, vaqtni noadekvat, noto’g’ri idrok qilish, har bir obrazlarni muayyan bo’laklariga binoan bir umuiyatga yaxlitlash, birlashtirish); - xayolot (ijodiy xayol) yordamida inson o’zi tug’ilib o’sgan Vataniga biron – bir jihatdan yordam berishi; - realiya (realizm, ya’ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yaqqol tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishdan iborat fikrlashning ko’rinishi singari). Jahon psixologlari to’plagan ilmiy materiallarni umumlashtirib, intellekt muammosini tadqiq qilishda diqqat – e’tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim deb hisoblaymiz: - intellektning yosh davr xususiyatlariga bog’liqligi; - jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi; - millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi; - oilaning ijtimoiy – iqtisodiy statusi bilan uyg’unlashuvi; - ota – onalarning ma’lumotliligi, ijtimoiy kelib chiqishi; - biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, xislatlari qanchalik rol o’ynashi va hokazolar. Uzluksiz ravishda o’tkazilgan izlanishlar natijasida psixologiya fanida bir qator ilmiy nazariyalar (kontseptsiyalar) vujudga keldiki, ularning har qaysisi intellekt muammosini o’ziga xos tarzda tushuntirishga va talqin qilishga olib keladi: - muammo yechimi uslubi va strategiyasi; - intellektual operatsiyalar tizimi yoki tuzilmasi; - vaziyatlarga nisbatan alohida yondashishning samaradorligi yoki mahsuldorligi (ma’naviy, miqdoriy va mantiqiy jabhalar), uning funktsional tomonlari, yo’nalishlari; - alohida, yakkahol yondashish, bilish jarayonining shaxsdan faollikni taqozo etish xususiyati, holati; - kognitiv uslub shakllanishi imkoniyati va boshqalar. SHaxsiy kuzatishlarimizga qaraganda, intellekt taraqqiyoti mana bunday omillar bilan uzviy bog’liq ekanligi ko’zga yaqqol tashlanadi: - bilish, o’qish motivlarining anglashilgan hamda yuksak regulyativ darajalarining mavjudligi, barqarorligi, puxtaligi; - yangilikni qidirish, muammo yechimini topish, muayyan vositalar tanlash hamda tadqiqiy ijodiy faollik namoyon bo’lishi; - mustaqil yechishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi; - ilgarilab ketib yechish imkonining mavjudligi va «aytib berish», luqma tashlash jarayonida erkinlik, qo’rqinch hissining yo’qligi; - yuksak nafosat va ma’naviy did timsoli hamda namunasini yaratishga nisbatan qobiliyatlilik, ularni baholash va o’lchash funktsiyasining tug’ilishi, uning boshqaruvchanligi. Insonniyatning tarxiy rivojlanish jarayonida intellekt deb atalmish fenomenni o’rganish borasida ko’pgina ishlar qilingan. SHulardan biri intellektni o’rganish testlaridir. Ko’pgina mumtoz testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda muhim rol o’ynab kelmoqda. Bular qatoriga Stenford-Bine shkalasini keltirib o’tish mumkin. Stenford-Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va masalalardan tuzilgan bo’lib, ular tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida ana shu intellekt test so’rovnomalaridan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab berishga harakat qilamiz. I. 4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy): - har xil uzunlikda kesilgan shakllar va narsalarni taqqoslash; - turli turdagi shakllar o’rtasidagi farqlarni aniqlash; - 4ta tanga pulni sanab chiqish; - kvadrat chiz va uni izohlab, tushuntir; - berilgan savollarga to’g’ri, aniq va tushunarli qilib javob qaytarish talab etiladi, tashqaridan yordam berish man qilinadi; - to’rtta raqamni to’g’ri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi. II. 9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida): - bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish; - 5ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga qarab); - xariddan keyin qaytim berilishini izohlash; - 4ta raqamni teskarisiga takrorlash; - berilgan 3 ta so’zdan gap tuzish (bola, daryo, koptok); - uchta har xil so’zga qofiya tanlash; - ma’lumki, har qanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning bir qancha umumiy talablarni qoniqtirishga bog’liqdir, jumladan, standartlashtirish, ishonchlilik, validlik. Ana shu talablarga suyangan holda Stenford-Bine shkalasini ham tahlil qilib chiqamiz. Ushbu shkala tadqiqotchilar uchun har tomonlama yaxshi, qulay va ixcham qilib tayyorlangan. U barcha uchun tushunarli bo’lgan ko’rsatmaga va miqdoriy jihatdan natijalarni ishlab chiqish, hisoblash ishlanmasiga ega. Stenford-Bine testi kattalar hamda uncha yoshi yuqori bo’lmagan sinaluvchilar uchun ishonchilidir. Lekin bolalik davridan tortib to o’spirinlik yoshigacha o’zgarib boradi. Masalan, ikki yarim yoshdan besh yoshgacha ishonchlilik koffitsiyentlari 0,33 (140-149 ball bo’lganligi uchun)dan 0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun)gacha; 6 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’quvchilarda ishonchlilik koefitsentlari 0,91 (140-149 gacha ball to’plaganligi uchun)dan 0,98 (60-69 ball olganligi uchun)gacha o’zgarib turadi. SHuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, Stenford-Bine testiga kiritilgan har bir savol, topshiriq testning oldindan belgilangan maqsadni ochishga yo’naltirilgan bo’lib, pirovard natijada mazkur savollar oldindan ko’zlangan maqsadni darhol aniqlab bera oladi. Inson intellektual taraqqiyotidagi tezkorlik, kutilmaganlik hodisalari nafaqat moddiy negiz xossalari bilan izohlanadi, balki idrok maydonining paydo bo’lishi, «sun’iy» tizimning vujudga kelishi, fazoviy aloqalar, biologik va psixologik imkoniyatlardan to’laroq foydalanish evaziga moddiy asosning ikkilanuvchi «tabiiy» va «sun’iy» manbalar bosh omil ekanligini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq. Endi sinaluvchilarning intellektual taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillar turkumi to’g’risida ma’lumot berib o’tamiz: - bilim maskanlarida zamonaviy texnika vositalarning mavjudligi; - turli xildagi to’garak, sektsiya, bilim uylari faoliyat ko’rsatishi va unda zarur sharoitlarning yaratilganligi; - oila muhitida yaratilgan moddiy va ma’naviy shart – sharoitlar hamda shaxslarni ruhan rag’batlantirish yo’lga qo’yilganligi; - shaxslar bilan o’zaro muloqot o’rnatishning uzluksizligi va oilada shaxslararo iliq psixologik muhitning hukm surishi; - turli televizon bahslar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik bo’yicha musobaqalar uyushtirilishi va ularda qatnashish imkoniyati yaratilganligi; - ortiqcha axborotlar va xabarlar ko’lamini kamaytirish (masalan, avtomat o’yinlar, videolar); - zararli odatlar va qiliqlar bilan shug’ullanmaslik muammosining qo’yilishi, uning yechimi (ichish, chekish va boshqalar); - bolalar va o’quvchilarni ro’zg’or ishlari bilan band qilib qo’yishlik va oila muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanganligi; - hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzi kamayib ketayotganligi tufayli o’quvchilar va talabalar o’rtasida o’quv motivlariga kuchli ta’sir o’tkazayotganligi; - kollej va oliy o’quv yurtlarida ta’lim – tarbiya tizimini yangicha, yangi pedagogik texnologiya asosida tubdan katta qurish zaruriyati mavjudligi, - o’g’il va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg’ulari barqarorligini ta’minlash va ularni shakllantirishning eng qulay yo’llarini izlab topish, loqaydlikning oldini olish, - o’quvchilar va talabalar o’rtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo munosabatga, isrofgarchilikka, fidoyilikka nisbatan qarashlarni keskin o’zgartirish masalalari vujudga kelmoqda. Bizningcha, yuqorida ba’zi bir qusurli holatlarning oldini olish uchun intellektual testlar mohiyatiga milliy va umumbashariy fazilatlar to’g’risidagi g’oyalarni singdirish yuqori natijalar beradi.

Proektiv testlar (lotincha prochestio – oldinlab, ilgarilab namoyon etish ma’nosini bildiradi) proeksiya natijalarini psixologik talqin qilishga asoslangan shaxsni yahlit o’rganishga qaratilgan metodlar majmuosi proektiv testlar deyiladi. Endi testga ayrim misollarni keltiramiz.

Ortiqcha so’zni chiqarib tashlang:
a) Enisey, Dnepr, Sirdaryo, Amur (javob: Dnepr – u Evropada joylashgan);

b) Petrozavodski, Ijevsk, Siktivka, Abakan (javob: Abakan – u Osiyoda joylashgan);

Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola, o’spirin, balog’atga etgan va kabilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichsida eng muhim hisoblanadi. Eksper
iment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o’chishi, favqulottda holatdan chiqarish, muamala vaziyatini hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki bog’lanishlari, munosabatlari murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materialini tekshiruvchi sinchikovlik bilan tanlashi, ob’ekt tarzda har xil holat va vaziyatlarni yaratishi, bunda sinaluvchining yoi, aql-idroki, xarakter xususiyati, his-tuyg’usi, qiziqishi va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko’nikma va malakalariga e’tibor berishi lozim. Bu metod psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo’llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, to’qigan narsalar, tikkan qo’g’irchoqlar, to’qib, so’zlab berilgan hikoyalar, texnik konstruktsiyalar chizmasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (o’qituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilan keskin tafovut qilishi nazarda tutiladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash mumkin. Faoliyat mahsulotlarini o’rganish inson ruhiyatini o’rganish metodlari ichida o’ziga xos o’rinni tashkil etadi. SHuni ta’kidlab o’tish joizki, inson ruhiyatini o’rganish yuqorida bayon qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qo’shimcha metodlardan ham foydalaniladi. E’tirof etish joizki, qo’llanilayotgan har bir metodning o’ziga xos ijobiy, afzal tomonlari bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. SHu bois konkret shaxs ruhiyatini o’rganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilan kifoyalanib qolish mumkin emas. Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik, ob’ektivlik, tekshiriluvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa tamoillarga suyanish darkor.

Eksperiment metodi. O’z navbatida tabiiy laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladigan. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F.Lazzurskiy ta’riflangan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqish jamolari a’zolarining, ilmiy muassasalari xodimlarning, o’qituvchilar, keksaygan kishilarning psixolog o’zgarishlari, o’zaro munosabatlari, ishchanlik qobiliyatlari mutaxasislikka yaqqolligi muomilalaroini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitlarda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilar (bog’cha bolalari, maktab o’quvchilari, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, biznesmenlar, fermerlar, ilmiy hodimlar va hokazolar)ning bexabar bo’lishi ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadi muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish (interaksiya) kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavot va fabrikada emas moddiy maxsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.

Laboratoriya (kolinika) metodi. Ko’pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanadigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (displey)lar, qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ko’pincha detektorlar, elektron va radio o’lchagichlar sekundamir, refleksometr, xronarefleksometr, lyuksmetr, anomatoskob, taxistoskop, audiometr, eksesteziometr, elektromognograma, elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi.

Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singari murakkab psixik holatlartekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shavyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlari (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko’rsatilishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo’layotganligini ifodaviy ma’lumotlar olinadi


Tajriba (eksperiment) aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va tekshirish (nazorat) qismlarga bo’linadi. Eksperimentning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat, o’yin, mehnat, o’qish kabi faoliyatlar tadqiq qilinadi. Tadqiqot ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi sinaluvchiga sub’ektiv taxsir o’tkazmaydi. Shu pallada sinaluvchiga, xatto yo’lovchi savollar ham bermaslik eksperimentningg prinsipi hisoblanadi.
Kontent – analiz metodi. Bu metodning ilmiy mohiyati shuki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajiralib turadi. Uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, g’oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni, ma’lum mazmun miqdor ko’rinishiga keltiriladi. Kontent – analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir tomondan u yoki bu matnni tushunish mahorati bo’lishi kerak, ikkinchi tomondan esa tadqiqot so’ngida qo’lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni tushuntirib berish kerak.
Tarkib toptiruvchi (shakllantiruvchi) eksperimentda (tajribada) sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish,shuningdek, ularga maqsadga muvofiq muayyan malaka, yo’l yurish va usulni o’rgatish rejalashtiriladi. Eksperiment yakka, guruh va jamoa tarzida o’tkazilishi mumkin. Buning uchun tajriba materialining hajmi, ko’lami, qancha vaqtga mo’ljallanganligini, nimalar o’rgatilishi, sinaluvchilarni qancha vaqtga mo’ljallanganligi, nimalar o’rgatilishi, sinaluvchilarni psixologik jihatdan tayyorlash oldindan belgilab qo’yilishi shart.

Tekshirish yoki nazorat eksperimentida (tajribasida) tarkib toptiruvchi (shakllantirauvchi) bosqichda shakllantiruvchi usul, vosita, yo’l-yo’riq, ko’nikma, malaka va shaxs fazilatlarining darajasining barqarorligini aniqlash, topshiriqlar beriladi. Tekshirish (nazorat) tajribasi orqali tarkib toptiruvchi sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o’tkazish prinsipi buziladi.

Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi (nazorat) tajribalarda yig’ilgan ma’lumotlar, miqdorlar matematik statistik metodlardan foydalangan holda ishlab (hisoblab) chiqiladi, shuningdek, miqdoriy tahlil o’tqazishga tayyorgarlik ko’riladi. Statistik metodlar yordamida insonning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, hayol) bilan uning individual tipologik xususiyatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqligi va ta’xsiri (koppelyaksiyasi) bilish jarayonlarining his-tuyg’u bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish amalga oshiriladi.

Hozir injener psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda inson psixikasining modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, shuningdek, mediklar, fiziologlar, kibernetiklar psixikani dasturlashtirishni nihoyasiga etkazmoqdalar. Ishlab chiqarishdagi “sun’iy intellektlar”, robotlar, EHMlar ana shu izlanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi.



Download 165.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling