Mustaqil ishi mavzu: Mustaqillik yillarida tarix fanini o'qitishning muammolari


Download 31.74 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi31.74 Kb.
#1160833
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5395789120729524400


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUSTA’LIM
VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
Sirtqi ta‘lim fakulteti
Tarix o‘qitish metodikasi yo’nalishi
Tarix fani o‘qitishning dolzarb masalalari fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Mustaqillik yillarida tarix fanini o'qitishning muammolari.




Bajargan: Qurbanbaeva Maqsuda


Qabulqilgan: Po‘latova Guli

NUKUS-2023




Mavzu: Mustaqillik yillarida tarix fanini o'qitishning muammolari.
Reja:
1.Tarix fani o'qitish tushunchasi.
2. Tarix fanining maqsadi.
3.Tarix fanini o'qitishning muammolari.

Tarix fani — insoniyatning butun oʻtmishi davomida jamiyat hayotida sodir boʻlgan voqea-hodisalar, jarayonlarni oʻrganadi. Tarix ijtimoiy va gumanitar fanlar qatoriga kiradi. Tarix fanining tarixini tarixshunoslik fani oʻrganadi. Tarix- bo'lib o'tgan hodisa va voqealarni tahlil etib va tafsir qilib, o'xshash nuqtalarni bir-biriga bog'lab, voqelikka va kelajak kunlar uchun ibratli foyda olish, imkoni bo'lgan darslarni chiqarib olish uchun to'xtalib o'tish, demakdir. Tarix mashhur voqea-hodisalar, davlatlar, oldingi avlodlar va asrlar aks etilgan xabarlardir. Masalan, bir davlatning paydo bo'lishi yoki bir podshohning taxtga kelishi y obir olimning olamdan o'tishi yo shunga o'xshash narsalardir.
Tarix ummatning xotirasi, deydilar. Jahonda o'z mavqesi, o'z sha'ni va obro'siga ega har qanday ummat o'z tarixiga ega. Hech bir ummat xotirasiz yashayolmaydi, tarixni o'qib-o'rganib, tarixdan har xil saboqlar va ibratlar olmasekan, hech bir xalq, hech bir ummat kuchli bo'laolmaydi. Ko'pchilik tarix qanchalik muhim va foydali ekanligini bilmaydi. Juda bo'lsa, tarix qiziqarli, ovutuvchi hodisalar majmuasi, u orqali turli ajoyibotlar va kamyob hodisalar bilan tanishish mumkin, boshqa foydasi yo'q, deb o'ylaydilar.
Haqiqatda qaraganda tarixda juda katta foydalar bor, biz agar bu foydalar to’g'risida fikr yuritadigan bo'lsak, o'ylab ko'radigan bo'lsak, unda bizni tariximiz bilan bo'lgan aloqamiz, tariximiz bilan bog'lanishimiz, tariximizdan xabardor bo'lishimiz, tariximizni o'qib undan har xil foydalar chiqarishimiz hozirgidan juda boshqacha bo'lar edi. Bizning soxta qahramonlar, soxta yulduzlarga, bo'layotgan voqealarga munosabatlari boshqacha bo'lar edi.
Tarix ilmida avvalgilarni siyratini dars qilib o'rganish, ularni siyratlari borasida tafakkur qilish va ulardan har xil ibratlarni olish muhimligiga ko'p ishoralar bor.
Tarix fanining maqsadi: bilamizki marhum prezidenti islom Karimov "O'z tarixini bilmaydigan millatning kelajagi yo'q", deb aytib o'tganlar. Shu so'zlardan ham ma'lumki fanning maqsadi xalqni ongini oshirish o'tmishni órgatish orqali kelajakni qurishdan iboratdir.
Tarixni o'qitish tushunchasi
Tarix o'qitish deganda tarixiy material vositasida o'quvchilarga bilim berish, ularni huquqiy demokratik va ma'naviyati yukori ruxda tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan jarayon, ya'ni o'qituvchi va o'quvchilarning aqliy hamda o'quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi.
Tarix kursining mazmuni deganda birinchi galda tarix kursida belgilab berilgan tarixiy bilimlar ko’lami, o'quv materiali: uning asl mazmuni, tarixiy faktlarni dialektik-materialistik nuqtai-nazardan tahlil qilish asosida kelib chiqadigan xulosalar va umumlashtirishlar, o'quvchilarning tarixiy materiallarni o'zlashtirish va olgan bilimlaridan foydalana bilish sohasidagi o'quv usullari, ko'nikma va malakalari tizimi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining eng oddiy formalarini egallashlari ko’zda tutiladi. Tarix o'qitishning tashkil qilinishi deganda tarixni o'qitish va o'quvchilarning uni o'rganishini tashkil etish, ularning o'rganish faoliyatini o'qituvchining boshqarishiga yordam beradigan metod va metodik usullar, o'quvchilardagi mavjud bilimlami ishga solish va ulami ijodiy bilishga yo'naltiradigan topshiriklar tizimi hamda ta'limning turli xil formalari (dars,seminar,va boshqalat) tushuniladi.Tarix fanining maqsadi: bilamizki marhum prezidenti islom Karimov "O'z tarixini bilmaydigan millatning kelajagi yo'q", deb aytib o'tganlar. Shu so'zlardan ham ma'lumki fanning maqsadi xalqni ongini oshirish o'tmishni órgatish orqali kelajakni qurishdan iboratdir.

Download 31.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling