Mustaqil ishi mavzu: Mustaqillik yillarida tarix fanini o'qitishning muammolari


Download 31.74 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi31.74 Kb.
#1160833
1   2   3   4
Bog'liq
2 5395789120729524400

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:
O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Tarix kursining mazmuni deganda birinchi galda tarix kursida belgilab berilgan tarixiy bilimlar ko’lami, o'quv materiali: uning asl mazmuni, tarixiy faktlarni dialektik-materialistik nuqtai-nazardan tahlil qilish asosida kelib chiqadigan xulosalar va umumlashtirishlar, o'quvchilarning tarixiy materiallarni o'zlashtirish va olgan bilimlaridan foydalana bilish sohasidagi o'quv usullari, ko'nikma va malakalari tizimi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining eng oddiy formalarini egallashlari ko’zda tutiladi. Tarix o'qitishning tashkil qilinishi deganda tarixni o'qitish va o'quvchilarning uni o'rganishini tashkil etish, ularning o'rganish faoliyatini o'qituvchining boshqarishiga yordam beradigan metod va metodik usullar, o'quvchilardagi mavjud bilimlami ishga solish va ulami ijodiy bilishga yo'naltiradigan topshiriklar tizimi hamda ta'limning turli xil formalari (dars,seminar,va boshqalat) tushuniladi.
Ta'limni muayyan pedagogik maqsadga safarbar qilish uchun o'qituvchi maktabda tarix o'qitishning maqsadini, uning zaminini tashkil qilgan ta'lim - tarbiya vazifalarini aniq belgilab olishi zarur. Sababi har bitta tarix rishtasining butun tarix stulding umumiy darslar tizimida tutgan o'rni bor. Bu darsda maktabda tarix o'qitish oldiga qo'yilgan umumiy vazifaning qandaydir unsuri yoki bo'lagi xal etiladi.
Tarix o'qitishding samarodor bo'lishinida o'quvchilarning bilishlik faoliyatin aktivlashtirish zaruriy omillardan biridir.
Ozbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning uzoq o'tmishdan shu kunlargacha bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy- manaviy taraqqiyoti jarayonidir. Ozbekiston tarixi fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va manaviy taraqqiyotini o'rganuvchi va o'rgatuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan, Ozbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar. Ozbek xalqi Markaziy Osiyodagi barcha xalqlar qatorida doimo erkinlik, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o'zining chuqur ildiz otgan ananalariga egadir.
O'zbekistonning eng yangi tarixi to’g’risidagi bilimlar talabalarda mamlakatimizni mustaqillik davrida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar mohiyatini chuqur singdirish, mazkur jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari, sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy tafakkurini yuksaltirish, ajdodlar an'analariga sadoqat, milliy o'zlikni anglash asosiy maqsad qilib belgilanadi.
Fanning predmetini- O’zbekistonda mustaqillikdan keyingi davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda siyosiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati tashkil etadi.
Fanining ob’ekti esa aniq tarixiy davr, makon, zamon va minraqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog’liq bo’lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o’z ichiga oladi.

Download 31.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling