Mustaqil ishi mavzu: Nomoddiy aktivlar auditi xususiyatlari Bajargan: Sidikov Islom Qabul qilgan: Bekbosinov Qural reja
Nomoddiy aktivlar auditining xususiyatlari
Download 103.58 Kb.
|
Audit
2. Nomoddiy aktivlar auditining xususiyatlari
Nomoddiy aktivlar auditining maqsadi buxgalteriya hisoboti «nomod- diy aktivlar» moddasining ishonchlilik darajasi to‘g‘risida fikr shakllanti- rish va korxonada qo‘llanilayotgan nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubi hamda soliqqa tortish bilan bog‘liq muomalalarning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilikka muvofiqligini aniqlashdan iborat. Nomoddiy aktivlar auditi jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi: 1. Nomoddiy aktivlar mavjudligi ustidan nazorat o‘rnatilishini aniq- lash (mulkiy obyektlarni nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to‘g‘- riligi; mavjudligini va muomalalarni hujjatlashtirishning to‘g‘riligini tek- shirish; nomoddiy aktivlarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish; invent- tarizatsiya qilish; hisobot ko‘rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’- lumotlariga mosligini aniqlash); 2. Sintetik hisobni yuritish, nomoddiy aktivlarning kirimi va chiqimi- ga doir muomalalarni soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish (nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirilishi; nomoddiy aktivlar kirimga olinishi va chiqim qilinishiga doir muomalalarni soliqqa tortish masalalari); 3. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks etti- rish (foydali xizmat muddatini belgilashning asoslanganligi; amortizatsiya hisoblashda qo‘llanilgan usullarning qonuniyligi va asoslanganligi; amor- tizatsiya ajratmalarining hisobda aks ettirilishi). Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lish auditorga nomoddiy aktivlar hisobining holatini mustaqil baholash va qoidabuzarliklar hamda amaldagi qonunchilik va belgilangan qoida- lardan chetga chiqishlarni aniqlashga imkon beradi. Auditor nomoddiy aktivlarni tekshirish chog‘ida quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi: * nomoddiy aktivlarni hisobga olishni va ular bilan bog‘liq muoma- lalarni soliqqa tortishni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar; * korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i (farmoyishi) (no- moddiy aktivlar hisobiga taalluqli qismi); * nomoddiy aktivlar sintetik va analitik hisobi bo‘yicha korxonada qo‘llaniladigan hisob registrlari; * nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga oladigan dast- Labki hujjatlar; * buxgalteriya hisobotlari. Dastavval, auditor korxona hisob siyosatining nomoddiy aktivlarni hi- sobga olish uslubiyati bayon qilingan asosiy qoidalari bilan tanishib chi- qadi. Bular xususan quyidagilardan iborat: amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari (bir butunligicha yoki nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha); * amortizatsiya hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlar ro‘yxati; * nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun qo‘llaniladigan namuna- viy qabul qilingan va korxonaning o‘zida tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari; * nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish muddatlari; * nomoddiy aktivlar hisobiga doir hujjatlar aylanishi; * nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga olishda qo‘lla- niladigan schyotlar ro‘yxati. Nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni tekshirish uchun sintetik va analitik hisob registrlari qo‘llaniladigan hisob shakllariga bog‘liq holda foydalaniladi. Nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansi (1-shakl)ning aktiv qismidagi I-Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limida «Nomoddiy aktivlar» degan modda bo‘yicha (boshlang‘ich qiymati (020-satr), eskirishi (021-satr), qoldiq qiy- mat (022-satr)) aks ettiriladi. Hisobotga beriladigan tushuntirishlarda quyidagi axborotlarning mo- hiyati bayon qilinishi lozim: * nomoddiy aktivlar foydali xizmat muddatlari to‘g‘risidagi (ayrim guruhlari bo‘yicha); * qiymati qoplanmaydigan (eskirish hisoblanmaydigan) nomoddiy aktivlar to‘g‘risidagi; * amortizatsiya ajratmalari hisoblash usullari to‘g‘risidagi. Amalda nomoddiy aktivlarga doir muomalalar kamdan-kam sodir bo‘lganligi sababli, mulklarni nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to‘g‘riligini yoppasiga tekshirish maqsadga muvofiq. Mulklar nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligining to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida huquqlar va shunga o‘xshash fuqarolik-huquqiy shart- nomalar tuzilish natijasida sotib olinadi va patent to‘g‘risida, tovar belgi- lari, xizmat ko‘rsatish belgilari, mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi qonunlar bilan tartibga solinadi. Mavjud nomoddiy aktivlarni quyidagilar asosida sotib olish mumkin: * litsenzion shartnoma; * «nou-xou»ni qabul qilish-topshirish shartnomasi; * ta’sis shartnomasi. Nomoddiy aktivlarni korxonaning o‘zida yaratish quyidagilar doirasi- da amalga oshiriladi: * asarni yaratish to‘g‘risidagi shartnoma; * ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish to‘g‘risi- da shartnoma; * ilmiy-texnik mahsulotni yaratish (berish) to‘g‘risida shartnoma. Ekspertiza o‘tkazish chog‘ida e’tibor qaratish zarur bo‘lgan ayrim shartnomalarning xususiyatlarini qisqacha ko‘rib chiqamiz. Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish usullari mazkur shartno- maga muvofiq beriladigan muayyan huquqlar; foydalanish uchun beriladigan huquq muddati; mukofatlash ko‘lami yoki uni aniqlash tartibi, to‘lash tartibi va mud- datlari. Download 103.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling