Mustaqil ishi mavzu: Nomoddiy aktivlar auditi xususiyatlari Bajargan: Sidikov Islom Qabul qilgan: Bekbosinov Qural reja
Nomoddiy aktivlar auditining natijalarini umumlashtirish va baholash
Download 103.58 Kb.
|
Audit
3. Nomoddiy aktivlar auditining natijalarini umumlashtirish va baholash
Nomoddiy aktivlarni hisobga olishga doir muomalalarni tekshirish na- tijalari auditorlik hisobotida umumlashtiriladi. Har bir yo‘l qo‘yilgan xato- kamchilik bo‘yicha qaysi me’yoriy hujjatning qaysi talabi buzilganligi; yetkazilgan zarar summasi; aniqlangan xatoning korxona faoliyati va bux- galterlik hisoboti ko‘rsatkichlarining ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatish dara- jasi, jiddiyligi va hokazolar aniqlanadi. Buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarining buzib ko‘rsatilishi va balansning «Nomoddiy aktivlar» moddasi ishonchliligini tasdiqlash imkoni yo‘qligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi: 0400 - «Nomoddiy aktivlarni hisobga oladigan schyotlar» (0410- 0490) da asossiz ravishda nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligi, obyektlar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi; nomoddiy aktiv- larning inventar (balans) qiymatiga ularni sotib olish yoki yaratish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarning qo‘shilganligi; analitik hisob yuritil- masligi. Quyidagi faktlar korxonada ichki nazoratning past darajada ekan- ligidan dalolat beradi: yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin no- moddiy aktivlar inventarizatsiya qilinmasligi, hisob siyosatida belgilangan inventarizatsiya o‘tkazish muddatlariga rioya qilinmasligi; inventarizatsiya natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi; inventarizatsiya natijalari yillik buxgalteriya hisobotida o‘z vaqtida aks ettirilmasligi; nomoddiy aktivlarning foydali xizmat qilish muddatlarini noto‘g‘ri (noqo- nuniy) belgilash oqibatida korxona xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natija- lari buzib ko‘rsatishi; amortizatsiya hisoblanmaydigan toifaga kiruvchi nomoddiy aktivlarga ham amortizatsiya hisoblanishi; noishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan amortizat- siya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borish; no- moddiy aktivlarni hisobdan chiqarishga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubiyatining buzilishi. Nomoddiy aktivlar harakatiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubiyatiga rioya qilmaslik soliq bilan bog‘liq noxush holatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan: to‘lanmagan va hisobga olinmagan nomoddiy aktiv- lar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjetga taqdim qilish; nomoddiy aktivlarni sotish va shartnomaga asosan tekinga berish chog‘ida QQS hisoblamaslik va noto‘g‘ri aniqlash; nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarili- shi natijasida ko‘rilgan zararlar summasiga soliqqa tortiladigan foydaning kamaytirilishi; nomoddiy aktivlar jismoniy shaxslar tomonidan sotib olin- ganida daromad solig‘i ushlamaslik. Download 103.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling