Mustaqil ishi Mavzu: O’lchamlar birligini ta’minlash tizimi asoslari. O’lchash asboblariva turlari. Bajardi: Oqomonov Husniddin Qabul qildi: Maxambetova O’ Mundarija
-§. O‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini takomillashtirish
Download 317.93 Kb.
|
4-§. O‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini takomillashtirish
23. Metrologik kuzatiluvchanlik va xalqaro darajada tan olinish masalalarini tartibga solishga yordam beradigan, O‘zbekiston Respublikasining o‘lchash vositalarini kalibrlash milliy tizimini yaratish. 24. Kalibrlash o‘tkazish bo‘yicha xalqaro standartlar, qo‘llanmalar va tavsiyalarni, ularni bevosita qo‘llash yo‘li bilan joriy etish, shuningdek, o‘lchash texnikasi sohasidagi eng ilg‘or yutuqlar asosida kalibrlash usuliyatlarini (usullarini), vaqt va mablag‘lar sarfini kamaytirish maqsadida o‘lchashlarni avtomatlashtirish va axborotlashtirish usullarini takomillashtirish. 25. Mahsulotni yanada yuqoriroq aniqlik bilan ishlab chiqarishga yordam beradigan, yanada aniq va sifatli o‘lchashlarni ta’minlash uchun alohida olingan yo‘nalishlarda qiyoslash ishlarini bajarishdan kalibrlash o‘tkazishga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish. 26. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosining bazasida taqdim etilgan o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari sonini ko‘paytirish uchun etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xalqaro qiyoslashda ishtirok etish. 27. Xalqaro qiyoslash doirasida yoki boshqa mamlakatlarning metrologiya tashkilotlarida bajariladigan, kattalik birliklari etalonlarini solishtirish, kalibrlash natijalarini tan olish mexanizmini yaratish. 28. Mahsulotni sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimida mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim sharti sifatida o‘lchash vositalarini kalibrlashni rivojlantirishni rag‘batlantirish. 29. Oddiy foydalanuvchilar va laboratoriyalarning kalibrlash xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va kalibrlashni tashkil etish va o‘tkazishga zamonaviy yondashuvni joriy etish zaruratini o‘rganish. 30. Kalibrlash o‘tkazilishi tavsiya etilgan o‘lchash vositalarining ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash. 31. Kalibrlashni, kattalik birliklari etalonlarini kalibrlash, kalibrlash natijalarini rasmiylashtirish, kalibrlash natijalaridan o‘lchash vositalarini qiyoslashda foydalanish mumkin bo‘lgan qismida, rivojlantirishga yordam beradigan me’yorlarni kiritish. 32. Bajarilayotgan o‘lchashlarning davlat etalonlarigacha kuzatiluvchanligini ta’minlagan holda, o‘lchash vositalarini kalibrlash huquqi uchun akkreditatsiyalangan metrologiya xizmatlari tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik shartida bosqichma-bosqich kengaytirish. Download 317.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling