Mustaqil ishi Mavzu: O’lchamlar birligini ta’minlash tizimi asoslari. O’lchash asboblariva turlari. Bajardi: Oqomonov Husniddin Qabul qildi: Maxambetova O’ Mundarija


-§. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish


Download 317.93 Kb.
bet6/13
Sana11.03.2023
Hajmi317.93 Kb.
#1260980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
5-§. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish
33. Xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining texnik qo‘mitalaridagi faoliyatni faollashtirish yo‘li bilan milliy o‘lchash etalonlarini va o‘lchash natijalarini tan olish maqsadida shu tashkilotlar ishida O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishini jadallashtirish, shuningdek, yetakchi metrologiya tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish.
34. Mahalliy sanoat sohasiga innovatsion texnologiyalar va g‘oyalarni o‘tkazish uchun metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni takomillashtirish, sanoati rivojlangan mamlakatlarning yetakchi metrologiya laboratoriyalari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish.
35. MOZMda O‘zbekiston Respublikasining faolligini oshirish, Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (KOOMET) loyihalarida ustuvor sohalar bo‘yicha faoliyatni faollashtirish.
36. MDH Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlatlararo kengashi Ilmiy-texnik komissiyasining (NTKMetr) asos bo‘luvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish, modda va materiallar tarkibi va xossalarining davlatlararo standart namunalarini yaratish va ularni qo‘llash bo‘yicha dasturini, shuningdek, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash bo‘yicha boshqa dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish.
37. O‘zbekiston Respublikasining, CIPM MRA Kelishuvi doirasida e’tirof etilgan mintaqaviy metrologiya tashkiloti hisoblangan Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturiga (APMP) qo‘shilishi.
6-§. Metrolog-mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirish bo‘yicha samarali tizim shakllantirish
38. O‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining yaqin va uzoq kelajakda metrolog-mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini monitoring qilish va aniqlash.
39. Yaqin kelajakda yosh kadrlarning muntazam ravishda malaka oshirishini, ularning layoqatliligini oshirishni rag‘batlantirishni ta’minlaydigan kompleks tizim ishlab chiqish.
40. Faoliyati o‘lchashlarni bajarish yoki o‘lchash axborotidan foydalanishni ko‘zda tutadigan mutaxassislar uchun ularni metrologiya asoslari sohasidagi zamonaviy bilimlar bilan ta’minlash maqsadida asosiy kasb-hunar ta’limi va qo‘shimcha kasb-hunar dasturlarining vaqti-vaqti bilan aktuallashtirilishini tashkil etish.
41. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi metrologiya institutlarida kadrlarni o‘qitish va malakalarini oshirish yo‘li bilan metrologiya, shuningdek etalonlarni saqlash, o‘rganish va imkoniyatlarini rivojlantirish sohasida kadrlar tayyorlash.
42. Metrologiya sohasida davlat etalonlarini saqlovchi ilmiy xodim, etalonlar saqlovchisi, kalibrlash bo‘yicha mutaxassis va qiyoslovchilar kabi mutaxassislar gradatsiyasini o‘rnatish.
43. Davlat metrologiya xizmati organlarining respublika ilmiy muassasalari bilan uzluksiz o‘zaro hamkorligini ta’minlash yo‘li bilan metrologiya sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar kontingentini shakllantirish va tayyorlash, shuningdek, ilmiy ishlar o‘tkazish uchun texnik va uslubiy asoslar yaratish.

Download 317.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling