Mustaqil ishi Mavzu: O’lchamlar birligini ta’minlash tizimi asoslari. O’lchash asboblariva turlari. Bajardi: Oqomonov Husniddin Qabul qildi: Maxambetova O’ Mundarija


-§. Texnik bazani takomillashtirish va zamonaviylashtirish


Download 317.93 Kb.
bet4/13
Sana11.03.2023
Hajmi317.93 Kb.
#1260980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3-§. Texnik bazani takomillashtirish va zamonaviylashtirish
16. Xalqaro etalonlar darajasiga kuzatiluvchanlikni ta’minlash uchun o‘lcham birliklarini uzatish maqsadida mavjud etalonlar bazasini tahlil qilish, o‘lchash turlari bo‘yicha ehtiyojlarni o‘rganish va respublika sanoatini rivojlantirish istiqbollarining monitoringini o‘tkazish.
17. Etalonlar soni va o‘rta yoshini sanoati rivojlangan mamlakatlarning mos qiymatigacha yetkazish, eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari parkini yuqori texnologik jihatdan yangilash, shuningdek, modda va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalari miqdorini oshirish.
18. Milliy etalonlar, milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarining o‘zaro e’tirof etilishi to‘g‘risidagi kelishuv doirasida o‘zaro tan olinishini ta’minlaydigan CIPM MRA etalonlar tizimini yaratish.
19. 2019 ― 2022-yillar davri uchun etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish dasturining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash.
20. O‘lchash imkoniyatlarini kengaytirish va barcha yo‘nalishlar bo‘yicha respublika korxonalarining ehtiyojlarini metrologik tekshiruv bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun zamonaviy o‘lchash uskunalari parkini shakllantirish, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida o‘lchash laboratoriyalarining keng tarqalgan tarmog‘ini yaratish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida.
21. Investitsiya siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasiga investitsiyalar, eng avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini ta’minlash, shuningdek, metrologiyani rivojlantirish bilan bog‘liq investitsion loyihalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish.
22. Muhim iqtisodiyot yo‘nalishlarining (energetika, transport, mashinasozlik, ekologiya, tibbiyot va boshq.) o‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlagan holda, ularga metrologik xizmatlar ko‘rsatish darajasini oshirish.

Download 317.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling