Mustaqil ishi Mavzu: Pedagogik qobiliyat Reja
Download 8.32 Kb.
|
Mustaqil ishi Mavzu Pedagogik qobiliyat Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkilotchilik qobiliyati
Perseptiv qobiliyatlarPerseptiv qobiliyatlar – bu psixologik kuzatuvchanlik, bola shaxsining individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish, bolaning vaqtinchalik psixik holatlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.Nutq qobiliyati Nutq qobiliyati – pedagogning o‘z tuyg‘u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu pedagoglik kasbidagi muhim hislatlardan biri hisoblanadi. Chunki pedagogdan bolalarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. Pedagog nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va bolalar uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Tashkilotchilik qobiliyatiTashkilotchilik qobiliyati – bu dars jarayoni va darsdan tashqari faoliyatlarni tashkil eta bilish, bolalar jamoasini uyushtira bilish va jipslashtira olish, shuningdek o‘z shaxsiy ishlarini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir. Pedagogning o‘z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o‘z ishini to‘g‘ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali pedagoglarda vaqtta nisbatan o‘ziga xos sezuvchanlik – ishni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab, mo‘ljallangan vaqtdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Dars davomida, albatta, ko‘p hollarda vaqtni behuda yo‘qotish ham mumkin. Lekin bu yo‘qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo‘lishi mumkin. Tajribali pedagoglar vaqtni seza bilishni o‘rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo, ko‘zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday qo‘shimcha materiallarni tayyorlash yoki vaqt yetmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar. Download 8.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling