Mustaqil ishi Mavzu: Pedagogik qobiliyat Reja


Download 8.32 Kb.
bet3/3
Sana08.06.2023
Hajmi8.32 Kb.
#1463467
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ishi Mavzu Pedagogik qobiliyat Reja-fayllar.org

Avtoritar qobiliyati



Avtoritar qobiliyati – bu bolalarga bevosita emotsional- irodaviy ta’sir etib, ular o‘rtasida obro‘ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir.
Avtoritar qobiliyat pedagogning rostgo‘yligi, irodaviy uddaburonligi, o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlar hamda qator shaxsiy fazilatlarga, shu bilan birga bolalarni ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his etish, uning e’tiqodi, bolalarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olish kabi xislatlarga ham bog‘liqdir.

Kommunikativ qobiliyati

Kommunikativ qobiliyat – bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, bolalarga bo‘lgan munosabatda to‘g‘ri yo‘l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai -nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashda pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.

Pedagogik takt haqida

Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri – har qanday pedagogik ta’sirga nisbatan qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni (rag‘batlantirsh, jazolash, pand-nasihat) his eta bilishdan iboratdir. Maxoratli pedagog bolalarga e’tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi.


Pedagogik taktning yo‘qligi ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib keladi. Pedagogning pedagogik takti masalasi haqida so‘z ketganda shuni ham aytish joizki, qachon bolalar pedagogning ijobiy xislatlari to‘g‘risida gapirar ekanlar, ular hamisha pedagogning adolatliligi kabi xislatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadilar.

Pedagogik xayol



Pedagogik xayol – bu kishining bolalar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda o‘z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat pedagog ma’lum boladan kelgusida kim chiqishini ko‘z oldiga keltirishida, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarni rivojlanishini oldindan ko‘ra bilishida namoyon bo‘ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, bolalarga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liqdir.

Adabiyotlar:


  • Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T.: OPI, 2003.

  • Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.

  • Markova A.K. Psixologiya professionalizma. – M.: Znaniye, 1996.

  • Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglarini kasbiy shakllantirish / Monografiya. – T.: Fan, 2004.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti



Oliy va o`rta ta`lim vazirligi
http://fayllar.org
Download 8.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling