Mustaqil ishi mavzu: Yorug’lik manbalari Reja


Download 40.31 Kb.
bet5/7
Sana14.05.2023
Hajmi40.31 Kb.
#1460051
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'ktamjon

Kvant generator - majburiy nur lanish hodisasiga asoslangan monoxromatik elektromagnit toʻlqinlar generatori. Ishlashi tashqi nurlanish taʼsirida atomlar, ionlar va molekulalarning oʻzidan fotonlarni chiqarishiga asoslangan. OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) diapazondagi birinchi K.g . 1955 yilda N. G. Basov va A. M. Proxorov hamda AQSH olimlari J. Gordon, X. Seyger va Ch. Tauns tomonidan (bir-biridan mustaqil) yaratilgan. Unda faol muhit sifatida ammiak molekulalari NH3 dastasi ishlatilgan, shu sababli u molekulyar generator deb yuritiladi.
Hozir molekulyar generatorlarda ammiak molekulalaridan tashqari formaldegid molekulalari, sianid kislota molekulalari, vodorod atomlari, suv, deyteriylangan ammiak molekulalari ishlatiladi. Molekulyar generatorlarning kamchiligi spektr chiziqlarining murakkab tuzilishidadir. Har bir spektr chiziqning oʻzi bir-biriga juda yaqin joylashgan chiziqlar toʻplamidan iborat boʻlib, ularni radiospektroskoplarda ajratish qiyin. Radiodiapazondagi Kvant generatorning alohida xususiyati — tebranish chastotasi turgʻunligining yuqoriligidir (Dyu/sh—10~13). Shuning uchun ulardan chastotaning kvant standarti sifatida foydalaniladi. Optik diapazonda ishlaydigan Kvant generator 1960-yillarda paydo boʻlib, lazer deb ataladi. Lazerning faol muhiti turlicha boʻlib, unda: kristall, shisha, gaz, suyuqlik, yarimoʻtkazgichlar ishlatilgan. K.g . juda qisqa diapazonda yorugʻlik toʻlqinlari tarqatadi. Birinchi qattiq jism (yoqut) li K.g . — lazerni 1960 yilda amerikalik fizik T. Meyman, neon — geliy (Ne — Ne) gazli generatorni amerikalik fiziklar A. Javan, U. Bennet va D. Garriot yaratdilar. Optik K. g . yorugʻlik manbalaridan oʻzining oʻta yuqori monoxromatligi (yaʼni chastotasining turgʻunligi) va nurlanish quvvati bilan farq qiladi. Gazli K. g . uzluksiz tartibda 5 kVt gacha nurlanish quvvatiga ega.
Qattiq jismli generator esa 1013 Vt gacha nurlanish quvvatiga ega. K.g . radiofizika, optika va texnikaning turli sohalarida qoʻllaniladi.
1939 yilda V.A.Fabrikant birinchi marta yorulikni kuchaytiradigan muxit hosil qilish mumkinligini va shu muxitda nur majburiy nurlanish xisobiga kuchaytirilishi oyasini ola surdi. 1953 yilda I.G.Basov bilan A.M.Proxorovlar, AQSH dan Ch.Tauns bilan Veberlar tomonidan santimetr to’lqin uzunligidagi elektromagnit to’lqinlarni kuchaytiradigan molekulyar generatorlar yasaldi, bu generatorlar mazerlar deb ataladi. 1960 yilda esa T. Meyman tomonidan qattiq jismli, optik diapazonda (l = 6943 A°) ishlaydigan optik generator yasaldi. Bunday generatorlarni lazerlar deb ataladi. Nurni kuchaytiradigan aktiv muxitning tipiga qarab lazerlar - qattiq jismli, gazli, yarim o’tkazgichli va suyuqlikli lazerlarga bo’linadi.
Yanada aniqroq aytganda lazerlarning turlarini sinflashda majburiy yiish (optik nakachka) usuli ham muxim rol o’ynaydi. Majburiy yiish usullari - optik, issiqlik, kimyoviy, elektroionizasion va boshqa usullardan iborat bo’ladi.
Bundan tashqari generasiyalash turi uzluksiz yoki impulpsli bo’lishi mumkin.
Lazerlar uchta asosiy qismdan iborat bo’ladi:


Download 40.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling