Mustaqil ishi O‘qituvchi: Axunov Fayzulla Talaba
Download 199.12 Kb.
|
Metrologiya MI Axmedov Abdunabi
Davlat metrologiya nazorati:
o‘lchov vositalarini tayyorlash, taʼmirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish ularning holati va qo‘llanilishi (fizik o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda) o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi; belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya kilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi. Zarur hollarda "O‘zstandart" karoriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin. O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash tartibi qonunning 16-moddasida aniqlangan bo‘lib, ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozimligi, o‘lchov vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat ryestriga kiritishni "O‘zstandart" amalga oshirishi, tasdiqlangan o‘lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat ryestri belgisini qo‘yishi shartligi, boshqa davlatlarning o‘lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiyalash natijalari tuzilgan shartnomalar hamda bitimlarga muvofiq eʼtirof etilishi belgilangan. O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish (17-modda) tyekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxati "O‘zstandart" tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o‘lchov vostalarini tekshiruvdan o‘tkazish huquqi berilishi mumkin. Boshqa davlatlarda amalga oshirilgan o‘lchov vositalarini tekshirish natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida eʼtirof etiladi. 17-1-moddada taʼkidlanganidek, ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatib o‘tilganidan bo‘lak sohalarda qo‘llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o‘tkazilmaydigan o‘lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, taʼmirlashda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin. O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini o‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi "O‘zstandart" tomonidan belgilanadi. Ushbu qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi 18-moddada ko‘rsatilgan. Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash, taʼmirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan taʼminlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish "O‘zstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi 18-1-moddada yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar (19-modda). Xulosa Xulosa qilib aytganda, o‘lchashlar birliligi hozirgi zamon metrologiya faoliyatidagi asosiy tushunchasi bo‘lib hisoblanadi va o‘lchashning shunday holatini tavsiflaydiki, unda o‘lchash natijalari kattaliklarni qonunlashtirilgan birliklarida ifodalangan ularning xatoliklari esa berilgan ehtimollik bilan o‘rnatilgan chegarada bo‘ladi. O‘lchashlar birliligini taʼminlashning ilmiy asosi bo‘lib, o‘lchashlar to‘g‘risidagi “Metrologiya” fani hisoblanadi.o‘lchashlar birliligini taʼminlash tizimining normativ-huquqiy asosi bo‘lib O‘zbekistonda o‘lchovlar birliligini taʼminlash Davlat sistemasining hujjatlar kompleksi hisoblanadi. O‘lchashlar birliligiga erishishning asosiy mexanizmi metrologik tekshiruv va nazorat hisoblanadi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Download 199.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling