Italiyadagi noriziliklar va qo’zg’olonlar.XIV asr boshlarida Shimoliy Italiyada yirik dehqonlar qo’zg’oloni bo’lib, unga sobiq monax Dolchino boshchilik qiladi. Dolchino qo’zg’oloni 1303-yildan Parm viloyatida boshlanib 1307-yilgacha davom etadi. Dolchino harakati o’rta asrlardagi bir dahriylik harakati bilan bog’langan edi, bu dahriylik harakati muhlislari “Apostollik aka-ukalar” degan nom bilan yuritadilar. Dolchino xususiy mulk bilan boylik dunyoda hukmronlik qiluvchi yovuzlikning sababidir deb ta’lim berardi. Eng kambag’al dehqonlarning patriarxal- jamoatchilik kayfiyatlarini aks ettirib, yer-mulkni umumlashtirishga chaqiradi. U yer yuzida ‘ming yillik xudoyi taolo hukmronligi’ boshlanib, unda ijtimoiy adolat to’la to’kis hukmron bo’ladi deb karomat ko’rsatardi. Ammo Dolchino ham zo’ravonlik tadbirlarini rad etmasdi. Yer yuzida “xudoyi taolo hukmronligi” ni mazlumlarning o’zlari boshlashlari lozim edi. Dolchino tarafdorlari faqat Parm viloyatidagina emas Shimoliy Italiyaning bir qancha viloyatlarida ham mavjud edilar. Dehqonlar harakati shu qadar keng qulich yoydiki Avinon papasi Kliment V harakatga qarshi Salib yurishini boshlashga davat etdi.Feodallarning qo’shinlari qo’zg’olonchilarni toqqa surib, o’sha yerda qirib tashlaydilar. Dolchinoning o’zi esa og’ir qiynoqlardan so’ng qat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |