Mustaqil ishi Topshirdi. Xaitov. I qabul qildi. Botirova. N mavzu: XIII-XV asrlarda Italiya va Papalik. Reja: XIII-XV asrlarda Italiyaning ahvoli


Download 28.56 Kb.
bet6/6
Sana05.01.2022
Hajmi28.56 Kb.
#205588
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xaitov Ikromjon 191. Jahon tarixi

XIV-XV asrlarda Papalik. Italiya tarixida papalik o’rta asrlarning ikkinchi qismida ham katta rol o’ynayverdi. Ammo fransuz qirollari tazyiqi ostida papalar Avinonga ko’chib o’tkach papalarning obro’yi ancha pasaydi.1347-yilda Rimda Respublika tashkil etilib, unga Kola de Rientso degan odam boshchilik qila boshladi. Rim shaharlarining asosiy ommasiga tayan Kola de Rientso mahaliy baronlsrni tinchitib qoloq-feodal- klereal davlatini tartibga solgan bir qancha moliyaviy-ma’muriy reformalar o’tkazdi.Ammo Kola de Rientsoning Italiyada Rim boshchiligida shaharlar federatsiyasini tuzish orzusi natijasiz tugaydi. Rim baronlari bilan yangidan boshlanib ketgan kurashda Kola de Rientso mag’lub bo’ladi. Uni Italiyadan chiqarib yuborishadi Rientso Germaniyaga boradi va nemis imperatori yordamida Rim erkinligini tiklamoqchi bo’ladi.

Ammo Germaniya imperatori Karl IV Kola de Rientsoga yordam bermaydi, uni tutib olib papaga topshiradi.Papaning ishonchini qozongan Rientsoning gunohi kechiriladi hattoki Rimning noibligiga qayta tayinlanadi. Lekin bu ko’pchilikka yoqmaydi. Soliq siyosati zaminida Rientso va shaharliklar o’rtasida muajoro kelib chiqadi. 1354-yilda bo’lib o’tgan qo’zg’olonda u o’ldiriladi.Kola de Rientsoning Rimni va Rim viloyatini ozod qilish harakati amalga oshmadi, lrkin papalar rezdensiyasi bundan keyin ham Avinonda qoladigan bo’lsa, ular “absdiy shahar” ning qo’ldan ketishiga ochiq-oydin ishondilar.Yettinchi Avinon papasi Grigoriy XI 1377-yilda Rimga ko’chib keldi vs 1378-yilda Rimda vafot etdi. Yangi papa saylash mahalida kordinallarning fikri bo’lindi. Italiyalik kordinallar italiyalik Urban VI ni papalikka sayladilar. Fransuz kordinallar esa fransiyalik Kliment VII ni papalikka sayladi. Shu katolik cherkovining birligi buzildi. Bir vaqtda papalar ikkita bo‘ldi biri- Rimda ikkinchisi- Avinonda turardi. Urban VI va Kliment VII vafotidan keyin ularning vorislari ham shu tariqa saylandilar. Cherkov birligini qayta tiklash uchun 1409-yilda Piza shahrida cherkov sobori chaqirildi. Avtonom papasi ham Rim papasi ham o'z hokimiyatlaridan ixtiyoriy voz kechmaganliklari sababli Aleksandr V yangi papa etib saylandi.Lekin u tez orada u vafot etadi. Shundan keyin uning o’rniga Ioann XXIII saylandi. Ammo uning obro’si unchalik yo’q edi. Shu tariqa Piza sobori papalar sonini bittaga ko’paytirdi xolos. Shundan keyingi 1414-1418- yillardagi Konstants Sobori katolik cherkovini birlashtirdi. Uch papa hukmronligi ag’darilib Martin V (1417-1431) papa etib qo’yildi. Shundan keyingina Rim papalarning doimiy rezidensiyasi bo’lib qoldi va “Buyuk Ajralish” ga chek qo’yildi. Papa hokimiyatini cheklashga va mahalliy katolik cherkovlariga ko’proq avtonimiya berish Tendensiyasi XV asrda Bazel shahrida o’tkazilgan uchinchi yirik soborida ochiq-oydin namoyon bo’ldi. Bazel sobori 16 -yil(1431-1447) majlis chaqirdi. U sobor papadan yuqori turadi va papani sud qilishi va uni o’rnudan tushirishi mumkin bo’lgan qarorni qabul qilishga urindi. Papa TYevgeniy IV (1431-1447) boshchiligida papalik “yeretiklar” bilan kurash olib bordi. Sobor taraqitgan degan xabar berildi, lekin sibor a’zolari papaga bo’ysunmay uni chetlatib Feliks V ni yangi papa qiladilar. XV asrning birinchi yarmida katolik cherkovi bag’rida yuzaga kelgsn sobor harakati Yevropadagi bundan keyingi Reformatsiyaning muqaddimasi edi, guschilar harakati esa ularning dastlabki bosqichi bo’ldi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Semyonov – jahon tarixi.



2.T.O. Salimov jahon tarixi. Yevropa msmlakatlari V-XV asrlarda. Tosh-2014.
Download 28.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling