Mustaqil ishi Topshirdi. Xaitov. I qabul qildi. Botirova. N mavzu: XIII-XV asrlarda Italiya va Papalik. Reja: XIII-XV asrlarda Italiyaning ahvoli


Download 28.56 Kb.
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi28.56 Kb.
#205588
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xaitov Ikromjon 191. Jahon tarixi

Venetsiya respublikasi.”Adriatika malikasi” bo’lgan Venetsiya XIII asrdayoq yirik dengiz davlatuga aylanib olgan edi.XIV-XV asrlarda uning hududi yanada kengaydi. U Italiyadagi Adriatika dengiz sohillaridan tashqari, u Moreyaning (Peloponesning o’rta asrlardagi atalishi) janubiy qismini, Egey dengizidagi Evbeya orolini, Kiklad orollarining bir qismini, shuningdek, Krit orolini va XV asr oxirlaridan boshlab Kipr orolini egallagan edi. Venetsiyaning juda katta savdo floti bor edi. XV asrga kelib Venetsiya O’rtayer dengizi savdosida monopolga aylanib olgan edi. Vizantiya, Misr, Suriya va Egey dengizi orollari savdo-sotiq masalasida Venetsiyaga tamomila qaram edilar.Ammo Venetsita kemalari G’arbiy Yevropa- Ispaniya, Portugaliya, Janubiy Fransiya, Angliya va Niderlandiya portlariga ham qatnab turardi. Venetsiya 200 000 aholiga ega bo’lgan katta shahar bo’lib, aholisi savdo-sotiqdan tashqari sanoat bilan ham shug’ullanar edi. Venetsiya movutlari va ipak gazlamalari, Venetsiya oynasi, qurol-yarog’i, qahrabodan tayyorlangan buyumlari butun Yevropa bo’ylab tarqalardi va Sharq bozorlarida ko’plab sotilardi. Venetsitaning oltin dukatlari ko’pgina asrlar davimida Yevropaning xalqaro tamg’asiga aylangan edi.

Venetsiya o’zining xavfli raqobatchisi – Genuya bilan uzoq vaqt kurash olib bordi.



Venetsiya butun asr davomida savdo oligarxiyasi respublikasi bo’lib qolaverdi.Qudratli shahar patritsiati (unda savdogarlar, bankirlar va dvoryanlarning oilalari o’z manfaatlari jihatidan bir biri bilan chirmashib ketishgan edi) o’z hokimiyatini qizg’anchilik bilsn qo’riqlab, bu hokimiyatda hatto o’rta tabaqa vakillarini ham yaqinlashtirmas edilar. Venetsiya respublikasining tepasida “Doj”( lotincha ‘gersog’) turgan bo’lib u Venetsiyaning eng yaxshi zodagonlari orasidan umrbodga saylab qo’yilardi. Dojning hukumati sena edi, senat esa kichik kengash yoki senyiriya tomonidan rasmiylashtirilardi. Senyoriya o’z navbatida, respublikaning oliy qonunchilik va nazorat qilish organi bo’lgan Katta kengash tomonidan saylanar edi.1297- yilda Katta kengash ‘yopib qo’yiladi’. Katta kengash a’zolarini saylash huquqi ma’lum aristokratik xonadonlarga( jami bo’lib o’nlab xondonlarga) gina berildi.Bu xonadonlarning hammadi alohida ‘oltin kitob’ ga yozib qo’yilgan edi. Venetdiyada 1310-yilda katta vitna fosh etildi, fitnachilar oligarxiya rejimini ag’darib tashlashni maqsad qilib qo’yishgan edilar. Fitna bostirildi. Shundan keyin Venetsiya davlati tuzimi yanada tor doiradagi oligarxiyasi diktaturasi xususiyatlariga ega bo’lib qoldi. Oligarxiya o’z hukmronligi saqlab qolish uchum favqulodda organlar barpo etdi, bu organlar do’p po’pisa qilish, zimdan o’ldirish, qiynoq azoblarga solish yo’li bilan o’sha vaqtdagi siyosiy rejimni demokratiklashni orzu qilgan odamlarni qattiq qiynardi. “Qirqlar kengashi” va “O’nlar kengashi” o’shanday organlardan edi.Bu favqulodda tribunalar yakka bir shaxs hokimiyatini o’rnatishga uringan zodagonlar vakillarini ham burdalab tashlardi.Dojlar ham o’z navbatida ana shunday organlar ostida ish yuritishardilar.


Download 28.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling