Florensiya va uning tuzumi. “Italiya Afinasi” hisoblangan Florensiya Arno daryosi sohilida joylashgan.Florensiyaning Venetsiyadan farqi Florensiya qadimgi davrdan mavjud bo’lgan. Venetsiya esa V asrda paydo bo’lib VII asr oxirlaridan yuksala boshlagan edi.Biroq Florensiya o’rta asrlarga kelibgina yirik sanoat markaziga aylana boshladi. O’rta asr Florensitasing asosiy boyligi movut hisoblanardi.XIII asrdayoq Florensiyada movut to’qib chiqarish mahalliy jum matolari yetmas edi. Jun mahsulotlari chet ellardan – Ispaniya, Janubiy Italiya, Angliya va Shotlandiyadan keltirilar edi. Florensiya movut ishlab chiqarishdan tashqari, ipak gazlama, mo’ynachilik, zargarlik hunarlari ham taraqqiy etgan edi. Rim bilan qo’shnichilikda florensiyaliklar papa kuriyasi bilsn ertaroq to’qnashdilar. Papalarning aqliga sig’maydigsn daromadlari asosan Florensiya banklariga kelib tushar edi. Papalar nafaqat Italiyadagi balki butun Yevropadagi cherkiv daromadlarni yig’ishni florensiyaliklarga topshirib qo’ydi.1252- yildan boshlab Italiya shaharlari orasida birinchi bo’lib Florensiya oltin tanga zarb qila boshlagan edi.XII -XIII asrlardayoq Florensiyani keskin siyosiy kurash ich-ichidan kemira boshlagan edi.Gibellinlar dvoryanlar to’dasini tashqil qilardilar. Gvelflar yirik burjua safiga kirardilar.1250- yilda Gvelflar Gibellinlar ustidan tamoman hukmronlikni o’rnatdilar. Shuning natijasida dvoryanlarning bir qismi Florensiyadan haydab yuborildi. “Adolat o’rnatish” degan dabdabali nom ostidagi 1293-yilgi konstitutsiya uzil-kesil Florensiyada burjuaziya hokimiyatini o’rnatdi. Respublikaning oliy organi Senyoriyaga katta sexlardan bittadan vakil jami yettita kichik sexlardan jami ikkita vakil saylanardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |