Mustaqil ishi Toshkent-2023 Mavzu: O‘zbekistonda investitsiyalar: muammolar va moliyalashtirish manbalarining tahlili
Download 24.44 Kb.
|
Begoyim-5
-kapital invetitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab
chiqarishga, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi; -innovatsiya investitsiyalarlari texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi; -ijtimoiy investitsiyalar inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shqakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, investitsiyalarni quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiqdir. 2020-yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan investitsiyalarni o’zlashtirish hajmi 220,7 trln so’mga yetkazilib, tasdiqlangan til pragnoziga nisbatan 2 barobarga o’sdi (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisoboti). Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 189,9 trln so’mni, 2019 yil ko’rsatkichlariga nisbatan o’sish tempi esa 1,3 barobarni tashkil etdi.Asosiy kapitalgainvestitsiyalar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018 yilda 30 %dan amaldagi 36,2% qadar o’sdi. Umumiy investitsiyalar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2019 yil natijalaribilan 42,1% tashkil etdi. Hisobot davrida 2,8 mingdan ortiq ijtimoiy, infratuzulma va ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi: 145 ta ishlab chiqarish ob’ektlari, 167 ta yirik hududiy loyihalar, 2,5 mingdan ziyod ijtimoiy va infratuzulma ob’ektlari. Investitsiya faoliyatining sezilarli o’sishi 13,3 mlrd.dollarni tashkil etgan xorijiy investitsiyalarning oqimi va o’zlashtirilishi bilan bevosita bog’liq. Davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar 4,0 mlrd.dollar shundan asosiy kapitalga 3,2 mlrd.dollar o’zlashtirildi. Investitsiya dasturiga muvofiq 2020 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapitalga qariyb 233,2 trln.so’m kapital qo’yilmalar o’zlashtirilishi rejalashtirilgan, bunda to’g’ridan- to’g’ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 2,7 mlrd.dollar o’zlashtirilishi rejalashtirilmoqda. 2020-yilda ijtimoiy infratuzilma va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan 2 mingdan ziyod ob’ektlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan: 206 ta yirik ishlab chiqarish quvvatlari, 240 ta hududiy ishlab chiqarish ob’ektlari, 1,6 mingta ijtimoiy va infratuzilma ahamiyatiga ega ob’ektlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga investitsiyalarni moliyalashtirishning o’ziga xos manbalari shakllantirilgan bo’lib, manbalari korxonalarning o’z-o’zini moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan bunday manbalari quyidagilardan iboratdir: a) Korxona va jismoniy shaxslar jamg’armalari; b) Bank kreditlari hisobiga moliyashtiriladigan investitsiyalar; c) Xorijiy investitsiyalar; d) Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiyalar. Bundan tashqari moliyaviy investitsiya ham aksariyat hollarda mohiyat e’tibori bilan uy xo’jaliklari manfaatlari nuqtai nazaridan belgilanadi. Masalan, g’arb adabiyotida investitsiyalashning eng keng tarqalgan to’rt maqsadi keltiriladi: a) joriy daromadni ko’paytirish; b) kelgusidagi yirik xarajatlar uchun mablag’ jamg’arish; d) pensiya fondlarida mablag’ to’plash; e) daromadlarni soliqqa tortishdan himoyalash. Rivojlanayotgan va iqtisodiyoti o’zgarayotgan mamlakatlar obyektiv jihatdan aholini ijtimoiy himoyalash bilan shug’ullanishga majbur, chunki bu mamlakatlarda daromadlar past, o’z navbatida moliya resurslarini davlat tuzilmalari orqali qat’iy qayta taqsimlash talab etiladi. Shu bois aholining o’z pulidan investitsiya maqsadlarida foydalanish darajasi juda kichik. Monetar siyosat kuchaytirilishi va korxonalar moliyaviy ahvolining barqaror emasligi korxona hamda jismoniy shaxslar mablagiaridan moliyalashtiriladigan investitsion loyihalarning hajmiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Davlatimiz tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish har tamonloma qo’llab-quvvatlab kelinmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda chet el investitsiyalari moliyalashtirish manbalarining 50-60 foizini tashkil etishini inobatga olsak, hozirgi paytda mamlakatimizga chet el investitsiyalarini ko’proq jalb qilish va ular ishtirokida qo’shma korxonalar tashkil qilish muhim ahamiyatga egadir. Iqtisodiyotni yanadaerkinlashtirilishi islohotlar hozirgi bosqichning bosh strategik yo’nalishiga aylanib bormoqda . Bu iqtisodiyot subyektlari bo’lmish korxona, xo’jalik va tashkilotlarning to’la-to’kis mustaqil bo’lishini, o’z faoliyatini bozor talablariga binoan tashkil etishlarini taqozo etadi. Erkinlikning muhim talabi o’z-o’zini moliyalashtirish prinsipiga izchil amal qilish, ya’ni har bir xo’jalik subyektining o’z xarajatlarini o’z daromadlari bilan qoplashidir. Bu moliyalashtirish tor ma’noda korxonaning ichki mablag’i hisobidan, keng ma’noda kredit hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. Xulosa o’rnida takidlash joizki, haqiqatdan ham ham iqtisodiyotda investitsiyalarnikeng miqiyosda jalb etirishga erishish ko’plab sohalar, tarmoqlar hada hududlarga yangi texnologiyalar,ilg’or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib kelishi va tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga ulkan poydevor bo’lib xizmat qiladi. Investitsiya bo’lmasa, iqtisodiyot rivojlanmaydi. Demak, endi investitsiyalarni nafaqat iqtisodiyot tarmoqlariga,balki ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalarni qo’llab quvvatlashga yo’maltirish o’ta muhumdir. Zero, mamlakat iqtisodiyotini taraqqiy ettirishda investitsiyalarning ahamiyati beqiyos. Download 24.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling