Mustaqil ishi
Kimyo о‘qituvchisining asosiy maqsadi va vazifalari
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
MUSTAQIL ISHI 1
1.6. Kimyo о‘qituvchisining asosiy maqsadi va vazifalari.
Kimyo о‘qituvchisining asosiy vazifasi yosh avlodni mustaqil respublikamizning kelajagi uchun mustaqil ishlay oladigan qilib tayyorlash bilan belgilanadi. О‘quvchilarni hozirgi zamon bilimlari bilan qurollantirish maktabimizning eng muhim vazifasidir va bu kimyo fani о‘qituvchisiga ham yuklatilgandir. Har qanday mutaxassis - о‘z ishi metodikasiga qanchalik e’tibor bersa, u shunchalik katta natijalarga erishadi. О‘qituvchi ishining asosiy о‘qitish metodikasi- о‘quvchilarni о‘qitish va tarbiyalash metodikasidir. Kimyo о‘qituvchisi ishining asosi kimyo о‘qitish metodikasidir. Kimyo о‘qituvchisi g‘oyaviy shakllangan bо‘lishi, fanni chuqur bilishi, tarbiyalash va о‘qitishning asosiy nazariy bilimlarini amaliy faoliyatda tо‘g‘ri qо‘llay bilishi, hamda pedagogik tajribalardan xabardor bо‘lishida kimyo о‘qitish uslubiyoti fanining alohida о‘rni bor. Chunki bu fan maktabda kimyo fanini о‘kitishni va uni о‘quvchilar tomonidan tushunib olish qonuniyatlarini о‘rgatuvchi, kimyo fanini о‘rganishga yо‘naltiruvchi pedagogik quroldir. О‘qituvchi о‘z faoliyatida rejissyor, aktyor, redaktor, tashkilotchi vazifasini bajarishga majburdir, ulardan bittasi bо‘lmasa bu о‘qish jarayoniga salbiy ta’sir etadi.
Kimyo о‘qitish metodikasi darslarida Universitet ziyolilari yangi bilim bermay, talaba bilimini о‘quvchiga yetkazish uslublarining metodlarini о‘rgatadilar. Kimyo uslublari umumiy pedagogik yо‘nalishlardan farqlanishi mumkin, shu sababli kimyo о‘qitish metodikasi quyidagi 3 vazifani bajarishga harakat qiladi 1). Maktab kimyo darsligi uchun kerakli hajmda dalillarni tanlash; 2). Kimyodan dars berish usullarini tanlash; 3). О‘quvchilarning bilimini oshirishda о‘qituvchi faoliyati orqali kitob, kino, radio, televizor va boshqa vositalardan foydalanishni о‘quvchilarga о‘rgatish. Kimyo fanining xulosalari hayot bilan chambarchas bog‘liq holda bо‘lishini va falsafali talqin qilinishini talab etadi. Kimyo fanini о‘qitish bilan о‘quvchilarda asta – sekin kimyoviy dunyoqarash hosil qilish kerak. Kimyo о‘qituvchisining maqsadi va ta’lim-tarbiyaviy vazifalari о‘rta maktabning maqsadi va umumiy vazifalari bilan belgilanadi. О‘quvchilarga kimyo asoslarini ochib berish va ular tomonidan kimyo asoslarini ongli ravishda о‘zlashtirishni ta’minlash. qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishining kimyoviy asoslarini ochib berish. О‘quvchilarga kimyo sanoatining yutuqlarini va ularni qaysi yо‘lda rivojlantirishini kо‘rsatib berish. Kimyoning eng yangi yutuqlaridan butun amaliy hayotimizda qanday foydalanayotganligiga о‘quvchilar e’tiborini jalb etish. О‘quvchilarga hayotda zarur bо‘ladigan о‘quv va malakalar berish. О‘quvchilarning fikrlashini rivojlantirish, mustaqillikka, bilim olishda faol qatnashishni о‘rgatish kerak. Ustoz о‘z faoliyatida rejessyor, aktyor va tashkilotchi vazifasini bajarishga majburdir, ularni bittasi bо‘lmasa bu о‘qish jarayoniga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling