Mustaqil ishi
О‘quvchilarga nisbatan differensial yondashuv
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
MUSTAQIL ISHI 1
1.7. О‘quvchilarga nisbatan differensial yondashuv
О‘quvchilarni о‘qitishda differensial yondashuvga katta e’tibor berilmoqda. Ularga о‘qitishning ma’lum bosqichida о‘ziga yoqqan va keyinchalik mutaxassis bо‘lib yetishishiga yordam beradigan fanlarni tanlashga imkoniyat beriladi. Fundamentallashtirish, gumanitarlashtirish, mutaxassislashtirish, individuallashtirish va kompyuterlashtirish ta’lim sohasining yetakchi tendensiyalaridir. Bо‘lajak о‘qituvchilar uchun gumanitar tayyorgarlikni kiritish juda muhimdir, chunki ular nafaqat kimyoviy bilimga, balki mantiqiy, tarixiy, metodologik xarakterli bilimlarga ega bо‘lishlari kerak. « Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da :- « Majburiy umumiy о‘rta ta’lim va о‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limiga, shuningdek, о‘quvchilarga qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga о‘tish tо‘liq amalga oshiriladi», - deb kо‘rsatilgan. Ma’lumki, hozirgi ta’lim tizimi sinfdagi barcha о‘quvchilarga bir xil yondashishni tavsiya etadi. Ulardagi о‘ziga xoslik hisobga olinmaydi. Bir xil talab esa sinfdagi barcha о‘quvchilarning dinamik rivojini ta’minlashga imkon bermaydi. Tabaqalashtirilgan ta’limning zamirida individuallashtirish yotadi va u har bir bolaning о‘ziga xos imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi. О‘quvchilar guruhga (yuqori, о‘rta, quyi) bо‘lib о‘qitilganda, ular qobiliyati va imkoniyatlari hisobga olingani sababli dastur materiallari tо‘liq о‘zlashtiriladi. Natijada ularning о‘qishga , fanga bо‘lgan qiziqishi va faolligi ortadi.
Ta’lim tizimi о‘quvchilar kuchiga mos tanlanganligi sababli ular tomonidan о‘quv yuklamalarini о‘zlashtirishda zо‘riqish rо‘y bermaydi faol о‘zlashtiruvchilarning esa chuqur va keng bilim olishga bо‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Tabaqalashtirish turli tipdagi о‘quv muassasalarida amalga oshiriladi: - grammatik va zamonaviy maktablar (Angliya) ; - real bilim yurti, gimnaziya va asosiy maktab (Germaniya); - texnologik , kasbiy va umumta’lim maktab (Fransiya); - oddiy о‘rta maktab, litsey, gimnaziya, kollej (Rossiya) va boshqalar. AQSH va Fransiyada sinflar doirasida «tez», «о‘rta» va «sekin» darajada о‘zlashtiruvchi guruhlar ish olib boradi. Tabaqalashtirilmagan maktablarda о‘quvchilarning qobiliyatiga qarab yuklamalarni talab etish maqsadga muvofiq keladi. Kam о‘zlashtiruvchi о‘quvchilarga a’lochi о‘quvchilarni biriktirish va alohida shug‘ullanish orqali ularni о‘zlashtirish darajasini yuqoriga kо‘tarish mumkin. Bugungi kunda Respublikamizda ushbu yо‘nalishda keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda va ta’lim tizimida tabaqalashtirishga о‘tish rejalashtirilgan. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling