Mustaqil ishlar mazmuni


Download 9.73 Kb.
bet1/2
Sana02.06.2024
Hajmi9.73 Kb.
#1835520
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ishlar mazmuni-fayllar.org


Mustaqil ishlar mazmuni

MUSTAQIL ISHLAR MAZMUNI
Mustaqil ta’limni tashkil etishda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi:

  1. mavzular bo‘yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy materialni puxta o‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o‘quv materialiga diqqatni ko‘proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;


  2. o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Olgan bilimlarini o‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun test topshiriqlari va boshqalar;


  3. fan bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o‘rganish uchun berilgan mavzular bo‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha o‘quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag‘batlantiriladi;


ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.


Mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar echish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.


Mustaqil ish mavzulari
  1. Standartlashtirishning uslubiy asoslari va tashkiliy tuzilishini o‘rganish.


  2. Texnikaviy adabiyotlardan va laboratoriyalarda mavjud bo‘lgan o‘lchov asboblarining tuzilishini o‘rganish.


  3. Mashina detallarini tayyorlashda yaroqsizlik sodir bo‘lish protsentini aniqlash uchun normal taqsimlanish qonunini qo‘llanilishi.


  4. Mashinasozlik bilan bog‘liq bo‘lgan metrologiyaning asosiy muammolarini o‘rganish.


  5. Detallar va uzellar chizmalarida o‘lchamlarning dopusklarini qo‘yib ko‘rsatishni bilish bilimini egallash.


  6. Detallarning shakllaridan va yuzalarining o‘zaro joylashishlaridan og‘ishlari bo‘yicha me’yoriy materiallarni o‘zlashtirish.


  7. Joizlik birligi, uning vazifasi.


  8. Aniqlik kvalitetlari.


  9. Rezbali birikmalarning o‘zaroalmashinuvchanligi, ularning asosiy o‘lchamlari, aniqlik darajalari.


  10. О‘lchamlar, og‘ishlar, aniqlik kvalitetlari va sirt g‘adir-budurliklari parametrlarini chizmalarda qo‘yib ko‘rsatish ko‘nikmasini egallash.


  11. Sirtlarni shakl va joylanish og‘ishlarini me’zonlash. Sirt joylanishlarning bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan joizliklari. SHakl va joylanish joizliklarni chizmada belgilanishi.





Download 9.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling