Mustaqil ishlarni tashkil qilish va baholash mezonlari


Download 181.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi181.51 Kb.
#1006873
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSTAQIL ISHLAR



MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL QILISH VA BAHOLASH MEZONLARI 
Talabaning mustaqil taʻlimi uning auditoriyada va auditoriyadan tashqarida, 
oʻqituvchi rahbarligida yoki oʻqituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil 
ish majmuini anglatadi. Mustaqil ish qanday sharoitlarda amalga oshiriladi: 
1. Auditoriyada - maʻruza, amaliy mashgʻulot, seminar yoki laboratoriya ishlari 
boʻyicha vazifalar berish jarayonida;
2. Auditoriyadan tashqarida - oʻqituvchi bilan dars jadvalidan tashqari paytlardagi 
bevosita muloqot chogʻida maslahatlar berishda, ijodiy muloqotlar jarayonida
axborot resurs markazlarida, yakka topshiriq bajarishda va boshqalar.
Mustaqil taʻlim boʻyicha test savollari, topshiriqlar va mashqlar ustida 
ishlash asosan mustaqil bajariladi. Bu ish natijalari oʻqituvchi rahbarligida tahlil 
qilinadi va baholanadi.
Mutaxassislik fanlardan mustaqil taʻlimni tashkil etish uchun avvalambor quyidagi 
mustaqil ish bajarish turlari haqida maʻlumotga ega boʻlishlari lozim.
 
Mashqlar bajarish - mustaqil taʻlimning asosiy koʻrinishlaridan biri 
mashqlar bajarishdir. Mashqlar dastur asosida tuzilishi, juda oson yoki haddan 
tashqari qiyin boʻlmasligi lozim.
Mashqlar - koʻnikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash 
maqsadida muayyan hatti-xarakatlarni koʻp marta takrorlashdir. Ishlab chiqarish 
taʻlimidagi mashqlarga asosan quyidagi talablar qoʻyiladi: mashqlarni oʻquvchilar 
ongli va maqsadga muvofiq yoʻsinda bajarishlari; ishlab chiqarish metodikasiga 
asoslanishi, tizimli, izchil, uzluksiz boʻlishi va takrorlanishi; oʻquvchilarning 
mustaqil ishlashi muntazam rivojlanib borishi kerak.
 
Oʻquv adabiyotlari bilan ishlash - Kitoblar va oʻquv adabiyotlari bilan 
ishlash koʻnikma va malakalarini shakllantirish mustaqil taʻlim olishning asosiy 
koʻrinishi hisoblanadi. Oʻquv adabiyotlari bilan ishlashni barcha taʻlim oluvchilar 
yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishlari lozim.
Oʻquv adabiyotlari deganda, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, texnik adabiyotlar, 
maʻlumotlar, yoʻriqnomalar va h.k.ni tushunish mumkin. 

Download 181.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling