Mustaqil ishlarni tashkil qilish va baholash mezonlari
Download 181.51 Kb. Pdf ko'rish
|
MUSTAQIL ISHLAR
TMI tashkil qilish:
kafedra; kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan taʻminlanadi. Talabalarning mustaqil ishi (TMI) - muayyan fandan oʻquv dasturida belgilangan bilim, koʻnikma va malakaning maʻlum bir qismini talaba tomonidan fan oʻqituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida oʻzlashtirilishiga yoʻnaltirilgan tizimli faoliyatdir. Oʻqishning boshlangʻich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bogʻliq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarining taʻlimning navbatdagi turi - oliy taʻlim talablarga koʻnikishi qiyin kechadi. Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim: - maqsad (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni oʻzlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy koʻnikma va malakalarni shakllantirish va h.k.), aniq asoslanishi; - vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi; - topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning yetarli darajada xabardor boʻlishi; - maslahat va boshqa yordam turlarining toʻgʻri belgilanishi (yoʻllanma va koʻrsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari boʻyicha tushuncha berish, ayrim muammoli holatlarni birgalikda hal qilish va h.k.); - hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash; - nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, laboratoriya mashgʻulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt; maʻruza yo referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, koʻrgazmali jihozlar va ijodiy ishlar; savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va h.k.). Download 181.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling