Mustaqil ishlarni tashkil qilish va baholash mezonlari
Mustaqil ishlarni topshirishga tayyorlanish
Download 181.51 Kb. Pdf ko'rish
|
MUSTAQIL ISHLAR
Mustaqil ishlarni topshirishga tayyorlanish – mustaqil ishni tashkil
etishni asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mustaqil ishlar tanlangan mavzuni qanday darajada oʻzlashtirganliklari haqida ogʻzaki, yozma (referat) va masofaviy aloqalar (e-mail, sillabus) orqali topshiriladi. Talabalarning mustaqil ishini oʻz xohishi asosida mukammal tayyorlashi aʻlo baho olishining garovidir. Mustaqil ishlarni va talabalar bilimini tekshirish -Talabalarning bilimini tekshirish yaʻni, aniqlash, mustaqil ishlarni topshirish jarayonida yangi materialni mustahkamlash vaqtida, qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanganliklari, mavzu yuzasidan slaydlar va yangi pedagogik texnalogiyalaridan foydalanilgan dars ishlanmalarini tayyorlaganliklari, elektron resurslardan unumli foydalanilganliklari va ularni roʻyxatini keltirganliklari, ogʻzaki nutqi tekshiriladi va unga ball qoʻyiladi. Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – oʻqituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan oʻquv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish. Talabalarning mustaqil ishini bajarilishi jarayonidagi vazifalar quyidagilardan iborat: - Yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta oʻzlashtirish koʻnikmalariga ega boʻlish; - Kerakli maʻlumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash; - Axborot manbalari va manzillardan samarali foydalanish; - Anʻanaviy va noanʻanaviy oʻquv va ilmiy adabiyotlar, me`yoriy hujjatlar bilan ishlash; - Elektron oʻquv adabiyotlar va maʻlumotlar banki bilan ishlash; - Internet tarmogʻidan unumli va maqsadga muvofiq holda foydalanish; - Maʻlumotlar bazasini tahlil etish; - Topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish; - Bajarilgan mustaqil ishni qoʻyilgan talablar asosida taqdim qilish. TMI tashkil qilish jarayoni quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: tayyorlov (maqsadlarni belgilash, dastur tuzish, metodik taʻminot, jihozlarni tayyorlash); asosiy (dasturni amalga oshirish, axborotni izlash, oʻzlashtirish, qayta ishlash, qoʻllash, bilimlarni uzatish usullaridan foydalanish; natijalarni qayd etish, ish jarayonini oʻz-oʻzida tashkil qilish); yakuniy (ahamiyatliligini baholash va natijalarni tahlil qilish, tizimlashtirish, dastur va ish usullari samaradorligini baholash, mehnatni optimallashtirish yoʻnalishlari haqida xulosalar). Download 181.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling