qonunchiligimizga ko„ra, parlamentning o„zi ham Asosiy qonunga o„zgartish kiritish
vakolatiga ega. Xorijiy tajribada bunday amaliyotni Fransiya, Rossiya, Turkiya,
Janubiy Koreya va Qozog„iston kabi qator davlatlarda kuzatish mumkin.
Milliy amaliyotda ham bunday tajriba mavjud, ya‟ni Asosiy qonunimizga hozirga
qadar 16 marotaba o„zgartish va qo„shimchalar kiritilgan. Shundan bittasi – 2003 yil
24 apreld
agi «O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o„zgartishlar va
qo„shimchalar kiritish to„g„risida»gi qonun bilan kiritilgan o„zgarishlar 2 ta masala
bo„yicha – Konstitutsiyamizning beshinchi bo„limi XVIII – XX, XXIII boblariga
taalluqli hamda kelgusi
chaqiriqda O„zbekiston Respublikasining ikki palatali
parlamentini saylash va O„zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy
vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib o„zgartirish to„g„risidagi masalalar
yuzasidan 2002 yil 27 yanvar kuni
o„tkazilgan referendum natijalari asosida amalga
oshirilgan.
Qolgan 15 ta holatda parlament tomonidan o„z vakolati doirasida
Konstitutsiyaga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risidagi tegishli qonunlar
qabul qilingan.
Eng muhimi, konstitutsiyaviy q
onun loyihasining fuqarolarimiz fikri va qo„llab-
quvvatlashi bilan referendum asosida qabul qilinishi
– bu xalqimiz xohish-
irodasining yana bir amaliy ifodasi bo„ladi. Davlatimiz rahbari ta‟biri bilan aytganda,
«Konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo„llab-quvvatlashi asosida,
referendum orqali amalga oshirsak, bu tom ma‟noda xalqimiz xohish-irodasining
ifodasi
– haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo„ladi».
Ishonchim komilki, bo„lajak referendumda ham yurtdoshlarimiz faol fuqarolik
Do'stlaringiz bilan baham: |