Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Aqliy hujum”
F – Bir guruh fitnachi amirlar bilan til biriktirgan shahzoda Abdullatif Samarqandga yurish boshlab, Movarounnahr taxtini egallaydi. S – Farzandlik haqini ado etmagan johil o„g„il va Mirzo Ulug„bekdan go„yoki o„zini jabrlangan hisoblovchi ba‟zi g„alamis saroy a‟yonlari va din peshvolarining asl maqsadlari boylik orttirish va mansab egallash edi. M – Dilbandi va yaqin insonlari xiyonatini kutmagan Mirzo Ulug„bek ilojsiz ahvolda qoladi. Qaysi qal‟aga bormasin, uning uchun darvozalar yopilgan edi. Dorug„a Mironshoh, turkman begi Ibrohim Po„lat kabi nomard kimsalarning sotqinligidan afsus-nadomatlar chekadi. Dorussaltana darvozasi ochilmagach, ko„ksida tug„yonli alam bilan ot choptirib kelgan hukmdorni ichkarida berkinib olgan Sulton Jondor kalaka qilib, shaharga kirishiga izn bermaydi. Amirning xoinligi va ikkiyuzlamachiligini kutmagan Mirzo Ulug„bek g„azabdan o„zini bosolmay deydi: “Voajabo! Bu mal‟un lashkarni tashlab qochganda... dorussaltanaga kelgan ekan-da! Lekin qachon, qaysi yo„ldan o„tib keldi? Unga darvozani kim, nechun ochdi?.. Bu beimon kazzoblar qachon til biriktirgan? Bu diyonatsiz insonlar, bu amiru umarolar, arkoni harb va arkoni davlatlardan hazar, alhazar! Qayga bormang, hammayoqda makkorlik, razolat va riyokorlik!” 1 . U – Ko„rinadiki, ayrim odamlar o„ch olish, toj-taxt egallash, amal ilinjida odamiylikni unutib, jinoyatdan tap tortmaydilar. Munofiqliklari oqibati yaxshilikka olib kelmasliklarini o„ylab ham ko„rmaydilar. Lekin qachondir qilmishlariga yarasha jazosini oladilar. Topshiriqni shu taqlidda bajargan guruhlarda bir-birlarining javoblariga qo„shimcha va izohlar kiritib, fikr-mulohaza yuritish imkoni paydo bo„ladi. Otani nohaq ranjitib, behurmat qilish, unga qarshi borish o„zbek xalqi mentalitetiga yot illat. Shu o„rinda farzandning ota-ona va oilasi oldidagi burchi haqida “Aqliy hujum” uyushtirilib, mavzu hayotga bog„lanib mulohaza yuritilsa, taniqli olim P.Shermuhamedovning quyidagi fikrlari o„z tasdig„ini topadi: “Yozuvchi qalamga olgan davrni chuqur o„rganishi, tarixiy haqiqatga to„la rioya 1 Yoqubov O. Таnlangan asarlar. Ikkinchi jild. Мirzo Ulug„bek. –Т.: Sharq, 2007. –85-bet. Кеyingi ko„chirmalar ham shu manbadan olingani uchun sahifasi qavs ichida ko„rsatiladi. 24 qilishi, ayni zamonda voqealarning bugungi kunga hamohang tomonlarini bo„rttirib ko„rsatishi lozim. Aks holda, tarixiy voqealarga murojaat qilishning ahamiyati bo„lmaydi. Axir har bir badiiy asar bugungi kunimizga xizmat qilishi zarur-ku!” 1 . Bu bosqichda ota va o„g„il o„rtasida paydo bo„lgan ziddiyatlar ildizi aniqlanib, taqdimot qilinadi. Jumladan, taxtni yuzsizlarcha egallagani yetmaganday, Abdullatif padari buzrukvorini uy qamog„ida saqlaydi, diliga ozor yetkazib, andishasizliklar qiladi, necha yillar davomida yozgan va to„plagan nodir kitoblarini yo„q qilishga fatvo beradi, nogiron ukasi Abdul‟azizni o„limga mahkum etadi. Shahzoda qilmishlari oqibatini faqat yengil hayotga ruju qo„yganligida deb emas, balki atrofini ma‟rifatni bid‟at biluvchi jaholatparastlar egallab olganligiga, bolaligidan olis yurtda, ota-ona mehridan benasib bobosi Shohruh Mirzo saroyida “...tirik etimcha bo„lib, ko„ngli o„ksib” (166-bet) ulg„ayganligiga bog„lab ham sharhlash mumkin. Shu kabi omillar uning qalbida bag„ritoshlik, o„zgalar taqdiriga loqaydlik, faqat shaxsiy manfaatini o„ylashlik kabi illatlar ildiz otishiga sabab edi. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashilsa, Abdullatifning otasiga dushmanlarcha munosabati boisi ma‟lum darajada oydinlashadi. O„z pushti kamaridan bo„lgan jigarbandini ayblash Ulug„bek uchun oson kechmaydi, albatta. Abdullatif har qancha adolatsizlik qilsa-da, ko„nglining tub- tubida farzandi arjumandiga bo„lgan muhabbati so„nmagan edi. O„g„lining bundan keyin ilm, ijod bilan shug„ullanishiga monelik qilmasligiga ishonardi. Shahzodaning insofga kelishidan umidvor bo„lgan otaning iztirob aralash aytgan so„zlari buning yana bir bor tasdig„idir: “– Shahzodai juvonbaxt!.. – Taxtimning valiahdi sen eding. Ollo taolo faqirni o„z rahmatiga chorlasa bu taxtga sen o„ltirar eding. Olloning inoyati bilan ko„zim tirigida bu taxt senga nasib bo„libdi, men bunga rozimen...” (104-bet) Abdullatifning otasiga javoban bepisandlik bilan aytgan: “– Balli sizga, qiblagoh! Va lekin men bu taxtni sizning ixtiyoringiz bilan emas, birlamchi, haq taoloning inoyati, ikkilamchi, o„z kuch-qudratim ila qo„lga kiritdim!” (105-bet) tarzidagi zaharxandasi uning kibr-havoga berilgani va imkoniyatini ortiqcha baholaganligidan guvohlik beradi. Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling