Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
Afzalliklari: – muammo mohiyatiga xolisona yondoshish imkoniyati yaratiladi; – borliqdagi har bir voqea-hodisaga munosabat bildirish, qiyoslash va xulosa chiqarishga o„rgatiladi. – fikr va g„oyalar eshitiladi, jamlanib guruhlanadi; – yangi g„oyalar e‟tirof etiladi, fikrlar rang-barangligiga erishiladi; – o„zlashtirilgan bilimlar mustahkamlanadi; – o„z qarashlarini erkin bayon etish, asoslash, himoya qilish ko„nikma va malakalari shakllantiriladi; – mantiqiy, tanqidiy, ijodiy va tahliliy fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi; – o„zgalar fikrini tinglash, hurmat qilish, jamoa bilan ishlash tajribasi orttiriladi; – fikrlarini boshqalarga yetkazish mahoratiga ega bo„linadi; – jamoatchilik ichida o„zini tutishga odatlantiriladi, nutq madaniyati o„stiriladi; – qat‟iylik, o„z maslagida sobitlik xislatlari tarbiyalanadi; – oddiy tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanadi. FSMU texnologiyasidan adabiy ta‟lim jarayonida foydalanishning samarali jihatlaridan biri sifatida o„quvchilar asar g„oyasini teran anglashi va qahramonlar ruhiyatini chuqurroq taftish qilishga yo„naltirishdan iboratligini ta‟kidlash joiz. Bahs-munozarada ishtirokchilardan personajlar o„rtasidagi konfliktlar aks etgan o„rinlarni topib, fikr-mulohazalarini dalillar asosida isbotlashlari talab qilinadi. Har qanday ta‟lim texnologiyasi kabi FSMU texnologiyasidan foydalanish ham o„qituvchining bilimi, kasbiy mahorati va ilg„or pedagogik texnologiyalarni o„zlashtirganlik darajasiga bog„liq. Badiiy asarlar tahliliga mazkur texnologiyani joriy etish adabiy ta‟lim mazmunidan ko„zda tutilgan muayyan ko„rsatkichlarga erishishda shubhasiz, ijobiy samara beradi. Jumladan, texnologiya “Ulug„bek xazinasi” romanini o„rganish misolida o„quvchilarni: – syujetni harakatga keltiruvchi psixologik, ijtimoiy va shaxsiy konfliktlarni guruhlay olishga; – personajlarning xarakterli jihatlarini ajrata bilishga; – qahramonlar xatti-harakatlari va kechinmalariga munosabat bildirishga; – voqea-hodisalarni haqqoniy baholashga; – fikrini og„zaki va yozma holda asoslash ko„nikmasini egallashga; 23 – murakkab vaziyatlarda qahramonlar o„rniga o„zlarini qo„yib, ulardan tegishli xulosalar chiqarishga; – qahramonlar his-tuyg„ularini idrok etishga; – asarning eng muhim tarbiyaviy jihatlarini anglay bilishga; – qahramonlarning ibratli jihatlaridan zarur hayotiy saboq olishga o„rgatadi. FSMU o„quvchilar faoliyatini asar mazmun-mohiyati va qahramonlar botiniy qiyofasi, qarama-qarshiliklarni chuqurroq taftish qilishga yo„naltiradi. Tahlil shunday uyushtirilishi kerakki, o„quvchilar tengdoshlari fikriga qo„shiluvchi tinglovchi emas, balki o„z mulohazalarini matndan dalillar bilan asoslab bera oladigan faol va qat‟iyatli ishtirokchiga aylansin. Jarayon avvalida Mirzo Ulug„bekning insonlar o„rtasidagi oqibatsizlikdan chekkan iztiroblari aks etgan o„rinlar aniqlanib, fikr-mulohazalar dalillar asosida isbotlanishi so„raladi. Masalan: Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling