Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
Adabiy tahlil usullari. Tahlil usullarini tanlash oson ish emas. U ko„proq
adabiy turga bog„liq. Lirika epik asarga, drama eposga qaraganda turlicha tahlil usullarini taqozo etadi. Masalan, Shekspirning “Otello” tragediyasi tadqiqot, Qutlibeka Rahimboyevaning “Qorli tong xayoli” yoki Xosiyat Rustamovaning “Shamol” she‟rlari ijodiy o„qish metodlari, Ulug„bek Abdulvahobning “Yolg„izlik” qissasi, Luqmon Bo„rixonning “Tun qa‟ridagi shu‟la” asarlari “Insert”, “Pinbord” usullari asosida o„rganilsa, maqsadga muvofiqligini ta‟kidlash joiz. 1 Xurshid Do„stmuhammad. Qissalar. –Т.: Sharq, 2011. –101-bet. 2 Хurshid Do„stmuhammad. Beozor qushning qarg„ishi. –Т.: Sharq, 2006. – 118-bet. 19 Tahlil “...badiiy matnni o„qish jarayonida o„qituvchining izohi shaklida ham, asarni detallashtirib ko„zdan kechirish shaklida ham, qahramonlarni tavsiflash yoki tasviriy ifoda vositalarini aniqlash shaklida ham bo„lishi mumkin... Chuqur ma‟nodorlik adabiy tahlilning eng birinchi va asosiy shartidir. Tahlilning hamisha ma‟lum maqsadga qaratilishi uning shakli va mazmunini belgilaydi” 1 . Tahlilni loyihalashtirishda “Bumerang”, “Yelpig„ich”, “FSMU”, “Venn diagrammasi”, “Tushunchalar tahlili”, “Haqiqatni izlash darsi” kabi bir qator texnologiyalarning qaysi birlari afzalligi haqida savol tug„iladi. Asar mazmuni, kompozitsiyasi, yozuvchi uslubini aniqlash, o„quvchini muallif nuqtai nazariga yaqinlashtirish ta‟lim texnologiyalarining asosiy vazifasi bo„lib qoladi. 9-sinfda O.Yoqubovning “Ulug„bek xazinasi” romani inson ruhiyati bilan bog„liq kechinmalarni teran idrok qilish asosida o„quvchilarni atroflicha fikr- mulohaza yuritish, ibrat olish, xulosa chiqarish va hayotda qat‟iyatli bo„lishga undashi bilan alohida e‟tiborga loyiq. Zero, adabiy ta‟limning Davlat ta‟lim standartida ta‟lim oluvchilar “adabiy qahramonlarning yetakchi xislatlarini yoritish, ularning xatti-harakatlariga munosabat bildirish, asardagi fakt va materiallar asosida o„z nuqtai nazarini asoslay olish” bilim, ko„nikma va malakalarini egallashlari shartligi alohida ta‟kidlanadi 2 . “Adabiyot” o„quv dasturi 3 da romandan berilgan boblarni o„rganishga ajratilgan vaqt asarda tasvirlangan voqelik hamda qahramonlar qismati qanday yakunlanishi bilan to„liq tanishishga yetarli emasligi sababli asar mustaqil o„rganishga tavsiya qilinadi. Ma‟lum vaqtdan so„ng roman tahliliga bag„ishlangan mashg„ulot uyushtiriladi. Asar tahlilida fanlararo integratsiya ijobiy samarasini berishi, tabiiy. O„quvchilar tarix darslari orqali Mirzo Ulug„bekni mamlakatda osoyishtalik o„rnatgan odil hukmdor, mard sarkarda, koinot sirlarining yetuk bilimdoni, matematika, adabiyot, musiqa, she‟riyat kabi ilmlardan boxabar qomusiy olim sifatida yaxshi bilishsa-da, uning oddiy inson, ota sifatidagi kechinmalari, tuyg„ularini his etishlarida adabiyot fani yordamiga tayanadi. Taniqli munaqqid M.Qo„shjonov ta‟kidlaganidek, asar mutolaasi davomida “Kitobxon tasvirlanayotgan zamon ruhini, ma‟lum bir davrdagi tarixiy fojiani, poklik bilan nopoklik, samimiylik bilan nosamimiylik, taraqqiyot bilan jaholat orasidagi abadiy ziddiyatni voqealar tasviridan anglab oladi” 4 . Zero, tarix nimaning qachon sodir bo„lganligi haqida ma‟lumot bersa, voqealar tasvirining badiiy talqini so„z san‟ati vositasida dunyo yuzini ko„radi. Yuklatilgan topshiriqlar ijrosining o„qituvchi tomonidan nazorat qilib borilishi o„quvchilardagi mas‟uliyat hissini yanada oshiradi. O„zlashtirilgan bilimlardan mashg„ulotning zarur o„rinlarida foydalana bilish o„quvchilar qalbida 1 Safo Matjоn. Маktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. –Т.: O„qituvchi, 1996. –21-bet. 2 Uzviylashtirilgan davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.: Yangiyo„l poligraph service, 2010. – 44-bet. 3 Uzviylashtirilgan davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.: Yangiyo„l poligraph service, 2010. –89-bet. 4 Qo„shjonov M. Qalb pokligi. O„zbek adabiy tanqidi. –Т.: “TURON-IQBOL”, 2011. –77-bet. 20 o„z mehnatlaridan zavqlanish hislarini tarbiyalab, navbatdagi jarayonning ko„tarinki ruhda o„tishini ta‟minlaydi. Bayon etilayotgan fikr-mulohazalar inobatga olinishi, qo„llab-quvvatlanishi o„quvchilarning tahlilda faol ishtirok etish va erkin fikrlashga bo„lgan ishtiyoqini kuchaytiradi. Aksincha, e‟tiborsizlik o„quvchilar intilishi va qiziqishining susayishiga sabab bo„ladi. O„quvchilarning o„ziga ishonchi orta borishi natijasida fikrini asoslab, himoya qila olish malakasi guruhlarda jamoa bo„lib ishlash orqali takomillasha boradi. Puxta rejalashtirilgan ta‟lim maqsadlari, tanlangan metodik usul va vositalar o„quvchilarning asar qahramonlari sezimlari, personajlar o„rtasidagi o„zaro ixtilof va kelishmovchiliklar sababini aniqlab, ulardan to„g„ri xulosa chiqarishlariga zamin hozirlaydi. “Inson, shaxs jumbog„i, bu jumboqni yechishga intilish, inson hayoti mohiyatini anglashga, shaxs tabiati va ruhiyatini taftish va tahlil qilishga intilish – romanning, umuman, badiiy adabiyotning bosh vazifasi” 1 ekanligi nazarda tutilsa, tahlil jarayonida qahramonlar xatti-harakatlari, e‟tiqodlari yo„lidagi kurashlari va kechinmalariga odamiylik nuqtai nazaridan baho beriladi. Jarayon avvalida “Zanjir” usuliga murojaat orqali Muhammad Tarag„ay Ulug„bek hayoti va merosi yuzasidan to„plangan ma‟lumotlar izchillikda bayon etilib, taqdimot o„tkaziladi. Taqdimotda falakiyotshunos olim faoliyatining xalqaro miqyosda e‟tirof qilinishi haqidagi ma‟lumotlar o„quvchilar izlanishlarining davr ruhiga hamnafasligidan dalolat beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida tayyorlangan slaydlar namoyishida alloma aql-idroki va zakovati, uning dunyo ilm-fani tamadduniga qo„shgan hissasi o„z aksini topadi. Mashg„ulotning navbatdagi bosqichida shaxsning individual kamol topishi uchun zarur bo„ladigan hayotiy ko„nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan FSMU texnologiyasidan foydalaniladi. Mazkur texnologiya o„quv dasturida o„rganilishi rejalashtirilgan bo„lim, bob, mavzular yoki mustaqil o„qishga tavsiya etilgan asar bilan to„liq tanishib chiqilganidan so„ng bahs-munozarali masalalar, muammoli vaziyatlarni hal etishda qo„llanilishi mumkin. Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling