Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
Izchil tahlilda o„quvchilar syujet voqeligiga emotsional munosabat
bildiradilar, asar mazmuni va shakli uzviy birlikda ko„rib chiqiladi. Ammo izchil tahlilning imkoniyatlari cheksiz emas. U ko„pincha ayrim epizod yoki bob doirasida cheklanib qoladi. Adabiy asarni izchil tahlil qilishda matn mazmuniga aralashib ketish xavfi tug„iladi. Shuning uchun tahlilning bu turidan o„quvchilarning kitobxonlik madaniyati hali rivojlanmagan, asarni epizoddan epizodga chuqur qarab chiqish ehtiyoji zarur paytda foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, 5-sinfda Zohir A‟lamning “Afandining qirq bir pashshasi” 1 qissasi tahliliga bag„ishlangan mashg„ulotda mazkur usuldan foydalanish orqali ayrim epizod yoki boblar o„rtasidagi sabab-natija bog„lanishlariga e‟tibor qaratiladi. Asar kompozitsiyasini tashkil etgan qismlar aniqlanib, g„oyalar boyitiladi hamda yozuvchining axloqiy- estetik qarashlariga baho beriladi. Qissada ishtirok etgan turfa obrazlar xarakterida mavjud xususiyat va qusurlar syujet chizig„ida konfliktni yuzaga keltirib, voqeliklar ketma-ketligini ta‟minlaydi. Jumladan, “Tush” bobida Afandining bog„ini sug„orish uchun nayrang ishlatib, Muhsin guppini laqillatishi epizodlari boyning o„ch olish rejasi bilan bevosita bog„liq bo„lib, “Qasosning yo„li topildi”, “Ikkita o„lja” boblari misolida davom ettirilganiga o„quvchilar diqqatini tortish tahlil maqsadini kafolatlashga xizmat qiladi. Bozorga ketayotgan Nasriddindan mirshablar asal o„ziga tegishliligini tasdiqlovchi hujjat talab qilishganida, u bu ishda qandaydir sir borligini fahmlab, qishlog„iga qaytadi. Sodir va Nodir mirshablar qulay vaziyatdan foydalanib, boyning topshirig„ini bajarishga kirishadi. So„ralgan qog„ozni olib kelgan Afandi hurjunlarga joylashtirilayotgan idishlarining negadir yengilashib qolganidan shubhalanib, ulardan birini ochib ko„radi. Bo„sh xumdan bir to„p pashsha uchib chiqish voqeasi ziddiyatlarning yanada keskinlashuviga olib keladi. Shundan so„ng ular aybdorni aniqlash uchun “bosh qotirishadi”. “Sodir mirshab birdan peshanasiga urib baqirdi: – Topdim! Asalni kim gumdon qilganini topdim! Nasriddin indamay qarab turaverdi. Nodir mirshab “Kim? Kim?” deb so„radi. – Haligi bog„log„ini yechganda ichidan g„uvillab chiqqan pashshalar! O„shalar yegan asalni! – Yo„g„-e! – Nasriddinning yuziga tabassum doridi. – To„g„ri! – Nodir mirshab. – Aqlingga balli! – Be-e, qo„ysanglar-chi! – dedi Nasriddin soddalik bilan. – Shu uch-to„rtta pashsha ikki xum asalni yeya olarkanmi? – Yo„q, Nasriddin aka! – dedi Nodir do„stining bu fikriga yopishib olib. – Pashshalar uch-to„rttamas, qirq bitta edi” 2 . 1 Zohir A‟lam. Afandining qirq bir pashshasi. –Т.: Yangi asr avlodi, 2014. 2 Zohir A‟lam. Afandining qirq bir pashshasi. –Т.: Yangi asr avlodi, 2014. – 61-bet. 9 Aynan qirq bitta pashsha haqidagi uydirma ularning qilmishlarini zimdan oshkora etardi. Afandini axmoq qildik, deb toza suyunishgan mirshablar birgalashib pashshalarga chora qo„llash vakolatini olish uchun shahar qozisi huzuriga yo„l olishadi. “Gunohkor pashshalar”ni yo„q qilish bahonasida Nasriddin bu ishga bosh qo„shgan kimsalarni kaltaklab, xalq orasida sharmanda-yu sharmisor qiladi. Amaldorlar har qancha harakat qilishmasin, raqibining uzoqni ko„ra bilishi, hushyorligi, tadbirkorligi oldida ojiz qolishib, tavbalariga tayanishadi. “Vakolatnoma” bobi epizodlari tahlili boy va hamtovoqlarining aybdorlarni jazolashga fatvo beruvchi hujjatni qaytarib olish borasidagi qabihliklari va yuzaga kelgan vaziyatlarning hajviy yo„sinda ochib berilgani yuzasidan mulohaza yuritish bilan yakunlanadi. Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling