Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author


Download 5.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/49
Sana18.06.2023
Hajmi5.02 Kb.
#1560986
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Muammoli tahlil. Tahlilning bu turi o„quvchilar faoliyatini inson 
ruhiyatining ko„z ilg„amas qirralarini anglashga, asar g„oyasi mohiyati va 
muammolarga aniqlik kiritish hamda yechimini isbotlashga yo„naltiradi.
Yuqori sinflarda o„smirlarning har jabhada qahramonlikka intilishi, o„zini 
yorqin, kuchli shaxslarga o„xshatishga bo„lgan xohishi mustaqil o„qish uchun asar 
tanlashning asosiy talablaridan sanaladi. Aynan shu mazmundagi asarlar 
o„quvchilarning shon-sharaf, burch, sadoqat va fidokorlik, vatanparvarlik xislatlari 
bilan bog„liq mutolaa madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. 
E‟tibor berilsa, umuminsoniy qadriyatlar, madaniyatlarning mushtarakligi 
g„oyasi turli mamlakatlar va turli davr yozuvchilarining asarlarida chuqur aks 
etganini ko„rish mumkin. Shuning uchun ham dasturda o„zbek va jahon adabiyoti 
namunalarini o„zaro uzviylikda o„rganish asosida “... olam va odamlarning rang-
barangligi, ularning takrorlanmasligi, ayni paytda olamning, butun bashariyatning 
bir butunligi haqidagi tasavvur va qarashlar” 
1
ni shakllantirish maqsadi 
belgilangan.
Ma‟lumki, sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida o„quvchilar yozuvchi 
shaxsi haqida kengroq ma‟lumot olish imkoniga ega bo„ladilar. Asta-sekin adabiy 
tur va janrlar, til va uslub, yozuvchi nuqtai nazari, shakl va mazmun uyg„unligi 
masalalarini o„rganish ham muhim o„rin tutadi. Asar mutolaasi jarayonida 
kitobxon ongida vujudga keladigan axloqiy to„qnashuvlar tarangligi muammoli 
tahlilga doimiy murojaat qilishga undaydi.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablari 5-9-sinf “Adabiyot” o„quv dasturida jahon 
adabiyotining yetuk namoyondalari Ezop, Jonatan Svift, Antuan Sent-Ekzyuperi, 
Hans Xristian Andersen, Sa‟diy Sheroziy, Janni Rodari, Ernest Seton Tompson, 
1
Uzviylashtirilgan Davlat ta`lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O`zbek tili (5-9-sinflar). –T.: 
Yangiyo`l poligraph service, 2010. – 42-bet. 


13 
Robindranath Thokur, Fuzuliy, Aleksandr Pushkin, Sergey Esenin, Vilyam 
Shekspir, Haynrix Hayne, Chingiz Aytmatov asarlari o„rganilishi ko„zda tutilgan.
Yuqorida nomlari tilga olingan adiblar yashagan davr va muhit, ijodiy 
uslubi, asarlari janr va mavzu jihatidan rang-barang bo„lsa ham barchasini xalqning 
tarixiy o„tmishi, insonning ma‟naviy-axloqiy kamoloti, ezgulik va yovuzlik 
o„rtasidagi ziddiyatlar birlashtirishi misolida guruhlashtirish mumkin. Jumladan, 
sinchkov kitobxon turli ijtimoiy-siyosiy sharoitda yaratilgan Ekzyuperining 
“Kichkina shahzoda”, Ch.Aytmatovning “Oq kema”, N.Qobulning “Tubsiz 
osmon” asarlari o„rtasidagi g„oyaviy yaqinlikni payqamasligi mumkin emas. 
Binobarin, Bola va Kichkina shahzoda obrazlarining kattalar olami qonuniyatlariga 
hayrat ko„zi, samimiyat ba‟zan qo„rquv tuyg„usi bilan qarashlarini Ekzyuperi va 
Aytmatov asarlarining mushtarak jihatlari sifatida tilga olish mumkin.
Adabiyotshunoslar o„rtasida “Kichkina shahzoda” haqida gap ketganda, 
albatta, Richard Baxning “Jonaton ismli chag„alay” yoki “Tasavvurlar”, 
shuningdek, braziliyalik yozuvchi Paulo Koeloning “Alkimyogar” asarlari yonma-
yon tilga olinishi bejiz emas, albatta.
Taniqli yozuvchi va munaqqid Nazar Eshonqul Yevropa va Lotin Amerikasi 
adiblari ijodida ko„hna Sharq adabiyoti an‟analari yetakchilik qilishiga e‟tibor 
qaratib, fikrini argentinalik Xorxe Luis Borxesning “Biz butun dunyo 
adabiyotining merosxo„rlarimiz” tarzidagi iqrori misolida isbotlashga urinadi. 
Jumladan, Paulo Koelo asarlarida Farididdin Attor va Jaloliddin Rumiy 
hazratlarining ta‟siri sezilib turishiga urg„u qaratib, tasavvufning “botini tavhid, 
ya‟ni dunyoviy va dunyoga xos “men”ni yo„q qilish, “o„z”ni yo„q qilish evaziga
asosiy javhar bilan birlashish, o„zini Oliy Ruhning ichiga singdirib yuborishdir”
1

tarzidagi qarashlarini ilgari surishi asoslidir. 
Bugun Kichkina shahzoda obrazi bilan cho„pon yigit Santyago ruhiyatidagi 
yaqinlik atroflicha tahlil yuritishga loyiq dolzarb mavzu sanaladi. Ekzyuperi va 
Koelo asarlarini o„zaro qiyoslab so„z yuritar ekan, adabiyotshunos olim 
A.Qosimovning “inson qalb amriga quloq tutib yashashi kerakligi, shundagina 
hayotning har bir lahzasi mo„jiza bo„lib tuyulishi va oddiy qum zarrasida ham 
baxtni topish mumkin”
2

– 
degan xulosalarini qo„llab-quvvatlash o„rinli bo„ladi.
Alkimyogarning Santyagoga “Sahro ham, Kurrai Zamindagi jamiki narsalar 
singari dunyoni anglashingda senga yordam beradi. Butun sahroni anglashingni 
hojati yo„q 
– 
Yaratganning bor mo„jizasini ko„rish uchun bir dona qum zarrasi ham 
kifoya qiladi... 
– 
O„z qalbingga quloq tut. Olamdagi hamma narsa unga ayon, 
chunki inson qalbi Olam Ruhidan bino bo„lgan va qachon bo„lmasin unga 
qaytadi”
3
degan fikrlari yuqoridagi fikrning tasdig„idir. 
Koeloning Sahrosi donishmandlik timsoli. Asosiy voqealar sahroda yuz 
berishi har ikki asarning o„xshash jihatlaridan bo„lib, Ekzyuperining real 
makonidagi qum barhanlari, sho„rxok tuproqlar, asriy chig„anoqlar uyumi insonni 
umr haqida teranroq mulohaza yuritishga chorlaydi. Kichkina shahzoda soflik 
1
Nazar Eshonqul. Мendan “men”gacha: аdabiy-tanqidiy maqolalar to„plami. –Т.: Akademnashr, 2014. –232-bet.
2
Qosimov A. Yana “Кichkina shahzoda” haqida. //Til va adabiyot ta‟limi. –Т.: 2003, №6. –79-bet. 
3
Paulo Koelo. Аlkimyogar. Tarjimon Aziz Said. –Т.: Yangi asr avlodi, 2013. –137-bet. 


14 
dunyosining tom ma‟nodagi sohibi bo„lib, u kattalar anglab yetmagan haqiqatlarni 
ko„ngil ko„zi bilan ko„ra olishga qodir obraz. Ma‟naviy chanqoqlik ramzi bo„lgan 
sahrolar qa‟rida qanchadan qancha buloqlar ko„z ochmagan bo„lib, ularni topishda
faqatgina bedor qalb darkor.
Santyagoning ikki bora ko„rgan bir xil tushi ta‟birini oydinlashtirish 
maqsadida mashaqqatli Yo„lni tanlashi majoziy ma‟noda tasvirlanadi. Tush 
hodisasi qiziquvchan yigitning Sahroi Kabirni kesib o„tib, muazzam Misr 
ehromlarini ko„rishiga hamda sa‟y-harakatlari qismatdan qochib qutulolmasligiga 
Ishora ekanligiga vosita vazifasini o„taydi.
Sarguzashtlari davomida qahramon lo„li kampir, Salim shahri shohi 
Maliksiddiq, tovlamachi, chinnivorlar sotuvchisi, yo„lboshlovchi, sahro qizi 
Fotima bilan tasodifiy uchrashuvlari Taqdiriga qilingan bashorat Alomatlari 
in‟ikosiligiga iqror bo„ladi. Shamol, Sahro va Quyosh bilan Umumbashar tilidagi 
g„oyibona suhbati natijasi o„laroq, Santyago Oliy Ruhni tanishga musharraf 
bo„ladi, “Olam hamma tilda gapira olishi”ga ishonchi ortadi.
Yigit o„zida mavjud ichki imkoniyatlari va qobiliyatini ishga solishida, 
albatta, Alkimyogarning ta‟sir kuchini inkor etib bo„lmaydi. Jumladan, “
– 
Mana 
olamni nima harakatlantiradi, – dedi u.
– Alkimyoda bu Olam Ruhi deyiladi. 
Qachonki butun qalbing bilan biror narsani orzu qilsang, Olam Ruhiga qo„shilib 
ketasan, Unda esa buyuk qudrat bor”
1

Bugungi 
globallashuv 
jarayonlari 
jamiyatda 
plyuralizmga 
ehtiyoj 
mavjudligini tasdiqlaydi hamda o„quvchining dunyo miqyosida fikrlashini 
yoqlaydi. Metodist olima Q.Husanboevaning doktorlik ishida mustaqil tafakkurni 
shakllantirishda o„quvchilarni aqliy zo„riqishga majbur etadigan topshiriqlar katta 
o„rin tutishiga alohida ahamiyat qaratiladi. Shu bois ham “Alkimyogar” asarini 
mustaqil o„rganish voqeliklar qatiga yashirin masalalar yechimini hal qilish 
yo„lidagi izlanishlardan biri bo„lib qoladi.
Roman mutolaasi 9-sinfda Ch.Aytmatov ijodiga uyg„unlikda tashkil etilishi 
maqsadga muvofiq. Binobarin, “realizm bilan romantikaning, real ifodalar bilan 
ramziy usullarning, hayot bilan ertakning uzviy birikib ketganligi”
2
Aytmatov va 
Koelo ijodidagi o„zaro mutanosiblikni yoqlaydi.
Ifoda uslubi, taqdiri azalning muqarrarligi haqidagi falsafiy xulosalar asarni 
muammoli tahlil usulida o„rganishni taqozo etadi.
Mazkur yoshdagi o„quvchilarda Oliy Ruh tushunchasi haqida yetarlicha 
ma‟lumot yo„qligi bois, o„qituvchi quyidagi fikrlarini keltirib, unga 
o„quvchilarning fikri bilan qiziqishi, zarur hollarda yordam sifatida izoh berishi 
joiz: “U har joyda bor va mavjud. Agar odam o„z aqli hududini yorib o„tolsa ana 
shu hududsizlikka duch keladi... G„arb adabiyotida mazkur hududsizlik umidsizlik, 
ma‟naviy qashshoqlik timsolidir... Attorda esa bu hududsizlik Yaratganning, 
yuksalish, anglash, asl o„zlikka yaqinlashishning timsolidir”
3
.
1
Paulo Koelo. Аlkimyogar. Tarjimon Aziz Said. –Т.: Yangi asr avlodi, 2013. – 86-бет. 
2
Rashidov А. Chingiz Aytmatov olami. –Т.: O„qituvchi, 2011. –144-bet. 
3
Nazar Eshonqul. Мendan “men”gacha: аdabiy-tanqidiy maqolalar to„plami. –Т.: Akademnashr, 2014. – 233-bet.


15 
Asar bilan to„qnash kelishi hamon o„quvchilarda tug„iladigan savolning o„zi 
uni muammoli o„rganish jarayonini tashkil qiladi. Tahlil jarayonidagi tortishuvlar 
o„quvchi faoliyatini o„rganilayotgan asar mazmuni, matn mag„zini yoritishga 
xizmat qilsa, muayyan samaradorlikka erishishi kuzatiladi. Tahlilning bu turida 
savollarning afzalligi shundan iboratki, “birinchidan, o„quvchilar tahlilda 
qiyinchiliklarni his etadilar va uni yengishga intiladilar, ikkinchidan, tahlil bir 
maqsad tomon yo„naltirilib, oq„uvchilar umumiy masalani hal qilishga imkoniyat 
beradigan yo„lni topishga harakat qiladilar”
1

Rang-barang, izchil, qat‟iy va asoslangan fikrlar asar mohiyatini ochishga 
keng yo„l ochadi. Tahlilga kirishishdan oldin “Har qanday tushga ishonish to„g„ri 
emas” yoki “Tushlarda qandaydir ilohiylik bor” degan bir-biriga zid qarashlar 
asosida aqliy hujum uyushtirilishi asar g„oyasiga hayotiy tajribalar asosida 
yondashib, bahs yuritish imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Muammoni yechishdagi “qiyinchilik o„zlashtirilishi lozim bo„lgan 
noma‟lum narsaning yangiligi va umumlashtirilishi zarurligi, o„quvchi intellektual 
imkoniyatlari darajasi bilan xarakterlanadi” 
2
. O„quvchilar oldiga “Oddiy tush 
voqeasi Santyagoning sayohatga chiqishi uchun bir bahona, xolos” muammosining 
qo„yilishi voqeliklarga matnga tayanilgan holda munosabat bildirish zaruriyatini 
taqozo etadi. 
So„ngra muallif e‟tibor qaratgan jihatlar: Muhabbat, omadsizlik va 
mag„lubiyat, eng oliy orzusi ushalishi oldidagi qo„rquvga izoh berilishi muhim. 
Zero, bu faoliyat turi vositasida hayotdagi to„siq, g„ovlarni yengib o„tishda, avvalo, 
xohish, so„ngra iroda bo„lsa yetarli ekanligi mushohada qilinadi.
Ehromlar yonida ayovsiz kaltaklardan azob chekarkan, borini tunagan 
qaroqchilar to„daboshisining ikki yil muqaddam aynan shu joyda o„zi kabi bir xil 
tushni qayta-qayta ko„rgani, faqat voqealar makon jihatidan farqlanishi haqidagi 
gap-so„zlaridan yigit shuurida g„aroyib bir fikr chaqmoqday yalt etadi. Xuddi shu 
o„rinda o„quvchilar e‟tibori yigit izlagan xazina
shaharga ketayotganida qo„ylari 
bilan kirib tunagan, ombori o„rnida chinor daraxti qad rostlagan vayrona cherkov 
ostida bo„lib, uni topish uchun dunyo kezishi, mashaqqatlar chekib o„z Taqdirini 
yaratganiga qaratilsa, muammo markaziga yashirin sir ochilib, asar tuguni echiladi.
Tahlildan inson astoydil istasa, albatta, maqsadiga erishadi, degan xulosaga 
kelish mumkin.
Asarni o„rganish yo„lini tanlash o„quvchilarning bilim darajasi, tahlil 
tajribasi, ko„zlangan maqsad, o„rganilayotgan mavzuning adabiyotshunoslik nuqtai 
nazaridan dolzarbligi singari masalalarning butun bir majmuasi bilan asoslanadi. 
Ammo tahlil paytidagi nihoyatda qiziqarli metodik topilmalar shablonga aylanib 
qolsa, ular yaroqsiz bo„lib qolishi mumkin. Bunday noqulay holatga uchramaslik 
uchun o„qituvchi yengil yo„l qidirmasligi kerak. O„qituvchi uchun qulay bo„lgan 
holat ko„pincha o„quvchi uchun qiyin va noqulay bo„lishi mumkin. 
1
Zunnunov A. va boshq. Adabiyot o„qitish metodikasi. –T.: O„qituvchi, 1992. – 118-bet. 
2
Husanboyeva Q. Adabiyot – ma‟naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. –Т.: Аlisher Navoiy nomidagi 
O„zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. – 134-bet.


16 
Ta‟limda “Nima uchun” sxemasi, “Baliq skeleti”, “Nilufar guli” chizmasi, 
“Qanday” diagrammalari muammoni aniqlash, tahlil qilish va uni hal etishni 
rejalashtirishning optimal yo„llari va vositalari sifatida turkumlanadi.
“Case-study” (Keys-stadi) texnologiyasi mavzuni mustaqil o„rganish, 
muammo mohiyatini aniqlash, o„z nuqtai nazarini himoya qilish, mantiqiy xulosa 
chiqarish, 
ma‟lumotlarni taqqoslash, umumlashtirish va tahlil qilish 
kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Bunda 
o„quvchilar faoliyati muammolarni hal qilish yo„llarini izlashga, murakkab 
vaziyatlarga taalluqli barcha fikrlarga o„z qarashlarini erkin bayon etishga 
yo„naltiriladi.
Xurshid Do„stmuhammadning “Panoh” asarini mustaqil o„rganishda “Case-
study” texnologiyasini qo„llash qalamga olingan muammolarni hal qilishning 
to„g„ri va maqbul variantlarini qidirish, keltirilgan farazlarga oydinlik kiritish va 
masalaning yechimini topish bo„yicha amaliy faoliyatni modellashtirish imkonini 
beradi.
“O„zbek zaminida, sof milliy-etnik tushunchalar negizida shakllangan, 
tarbiya topgan o„zbekning o„zbekcha va o„zbekona fikrlashi ong jarayonini tadqiq 
etishi yurt, qadriyat, mehr-oqibat, sadoqat kabi nihoyatda insoniy tushunchalarning 
insonga panoh ekanligi haqidagi yaxlit ibratli hissani ayonlashtirib beradi, – deb 
yozadi qissa haqida adabiyotshunos olim Sh.Rizaev. – Asar modernning aynan o„zi 
emas, balki modernlashgan realizm ekanligi bir chekkasi shunda hamdir. U 
yangilikning o„zi uchun yangilik, tadqiqotning o„zi uchun tadqiqot, san‟atning o„zi 
uchun san‟at yaratayotgani yo„q. U o„quvchini faol hammualiflikka taklif etib, 
uning qalbiga, ongiga muayyan qadriyat, ibrat, hayotbaxsh tushuncha bilan kirib 
boradi. O„ziga xos poklaydi, munavvarlashtiradi. Reallikda irreallik, fojiada 
katarsis holatini berish orqali o„quvchini go„yoki poklaydi. “Ong oqimi” 
o„zbekona ifodada o„zbekona qadriyatlar tasdig„iga, rivojiga xizmat qiladi. 
Yozuvchi tajribalarining muvaffaqiyati aynan shunda”
1

Muallifning “ong oqimi” tasvirida tamomila o„zgacha ifoda usuliga 
murojaati istiqlol davri o„zbek adabiyotida modernlashgan realizmning konseptual 
asosda namoyon bo„lishiga yorqin misoldir. Asar syujeti va kompozitsiyasi xuddi 
mozaikaga o„xshash turfa shakl va ranglardan uyg„unlashgani kabi – qahramon 
ongida ostin-ustun, aralash-quralash tus olgan chigal manzaralar, hodisalar, quroq 
xotiralar tasviridan yaxlit ko„rinish oladi. Bu haqda adib o„zi e‟tirof etganidek: 
“Millatning mentalitetidagi sifatiy o„zgarishlar sezilishi juda qiyin bo„lganidek, 
yozuvchining uslubiy yangilanishi ham og„ir kechadi. Bir umr o„zining bir xil 
uslubidan voz kecholmagan, uning iskanjasidan qutula olmagan va shuni to„g„ri va 
ma‟qul deb hisoblagan yozuvchi-shoirlar bor. Shaxsan mening qarashlarim 
o„zgacharoq, ya‟ni uslub o„zgarmasa, dunyoqarash, hayot murakkabliklarini badiiy 
idrok va ifoda etish yo„sinlari o„zgarmasa, shu yo„lda turfa tajribalarga qo„l 
urilmasa, bunday yozuvchi nafaqat milliy adabiyotda loaqal o„z ijodida ham biror 
yangilik yaratishi amri mahol”
2
.
1
Rizayev Sh. Badiiy tafakkur namunalari. //Til va adabiyot ta‟limi. –Т.: 2011, №2. – 45-bet. 
2
Хurshid Do„stmuhammad. Beozor qushning qarg„ishi. –Т.: Sharq, 2006. – 4-bet. 


17 
Adibning so„nggi yillarda dunyo yuzini ko„rgan “Nigoh”, “Oromkursi”, 
“Chayongul”, “So„roq”, “Hijronim mingdir mening”, “Kuza” kabi qissalarida 
aynan yuqorida qayd etilgan xususiyatlar mujassamligi kitobxonni yangicha 
fikrlashga, o„ylashga majbur etishi bilan badiiy qimmatga ega. “Ko„rinadiki, realist 
san‟atkor hayot qa‟rida yotgan haqiqatni kashf etuvchi, uning ko„p qirrali va 
qarama-qarshi tomonlarini ro„yi-rost ochuvchi, uni tadqiq va tahlil qiluvchi 
xislatga ega bo„lishi kerak; hayotning ob‟ektiv manzarasini xolis tasvirlovchi 
yozuvchi bo„lishi lozim”. 
1
Qissada Ahmadali shuuridagi mudroq tuyg„ular Kimsan qiyofasidagi o„zligi 
ta‟sirida uyg„onib, o„quvchi va muallif o„rtasidagi murakkab ruhiy muloqotni 
yuzaga keltiradi. Sirtdan qaraganda mantiqsiz tuyulgan voqea-hodisalarga 
sinchkovlik bilan e‟tibor qilinsa, uning zamirida teran ma‟no, ichki tartib 
mavjudligi oydinlashadi. O„quvchi ijodkor g„oyasini anglashida esa asar 
mutolaasiga qiziqish istagini uyg„otuvchi diqqatdan keyingi ixtiyor hamda fikriy 
zo„riqish kabi jarayonlarni boshidan kechirmog„i zarur.
Qahramon ma‟naviy olamidagi talotumlar ba‟zan shartaki, ba‟zan vazmin 
holda gavdalanuvchi Kimsan obrazi o„rtasidagi achchiq kesatiqlar, tanbehlar 
vositasida ochib beriladi. O„quvchining dastlab Kimsan kim, u qayerdan paydo 
bo„lib qolganini tushunishi oson kechmaydi. Bu obraz zimmasiga yuklatilgan 
vazifani idrok etishida o„quvchidan asarni tushunib o„qish va uqish kompetensiyasi 
talab etiladi. Shundagina yozuvchi Kimsan obrazidan voqeliklarga haqqoniy baho 
beruvchi hakam, Ahmadali xatti-harakatlari kuzatuvchisi sifatida foydalangani 
anglanishiga erishiladi. 
Qahramon ruhiyati Kimsan bilan xayoliy tortishuvlar ta‟sirida rivojlanib 
yuksala boradi. Jumladan: 
“Axir, ona o„rnida ona bo„lib qolgan opamni tashlab ketishim aqlga 
sig„maydi-da” – dedi o„zini oqlab. “Ha-a, yasha, – dedi uning gapini tasdiqlab 
Kimsan. – Ona o„rnida ona. Onaning o„zi bo„lsa bo„lak gap edi… Senga 
munofiqlik yarashmaydi, Ahmad. Zilzila bo„lganini payqaganing zamoni 
ko„zingga bolalaring ko„rindi-ku, yoki noto„g„rimi-a? Opangni keyin eslading-ku! 
“Yanglishding, Kimsan, – dedi va bu safar o„ziga ishonch bilan Ahmadali. – Yer 
qimirlaganini, uy va devorlar ag„darilganini ko„rgan zahoti hech kimni o„ylaganim 
yo„q. Ixtiyorim o„zimda emasdi o„sa topda. Shuning uchun”
2
.
Ahmadali ichki va tashqi “men”idagi qarama-qarshiliklar ta‟sirida sobiq 
kuzatuvchi o„rnini boshqasi egallaydi. Jur‟at, isyon va g„urur tarzida bo„y 
ko„rsatgan yangi Kimsan obrazi Ahmadalini hayotga o„zgacha nigoh bilan 
qarashga, insonga panoh bo„luvchi qadriyatlar haqida tafakkur yuritishga majbur 
etadi. “– Jo„n odam bo„lib o„tasan, dunyodan, tushunyapsanmi?.. Ko„zingni 
kattaroq ochadigan, qishlog„ingni, kindik qoning to„kilgan tuprog„ingni 
o„ylaydigan payti keldi”
3
.
1
Umurov H. Аdabiyot nazariyasi. –Т.: Sharq, 2002. – 247-bet. 
2
Хurshid Do„stmuhammad. Beozor qushning qarg„ishi. –Т.: Sharq, 2006. – 84-85-betlar. 
3
Хurshid Do„stmuhammad. Beozor qushning qarg„ishi. –Т.: Sharq, 2006. – 115-bet. 


18 
Qissada o„zbek xalqiga xos qadriyatlar Ahmadalining otasi Abdiali taqdiriga 
oid xotiralar bilan bog„liqlikda talqin qilinishi asrlar davomida shakllanib e‟tiqodga 
aylangan tushunchalar zamiridagi ma‟noni yuzaga chiqaradi. Tergovchining hatto 
oddiy o„rik daraxti nomlanishidan illat izlab, bundan siyosiy ayb qidirishida 
zamonasozlik illatlari qoralanadi. Aslida e‟tibor qilinsa, bunday totemlar 
tagzaminida faqatgina ezgulik, ishonch, yaratuvchanlik, tabiatga muhabbat, undan 
qarzdorlik hissi mujassamligini sezish qiyin emas.
“ – Uchala tup ham – Gulinur... Qiyg„os gullasa tunda chiroqning hojati 
qolmaydi... Lekin otam “Yil og„ir kelsa o„riklarni Toshdanak deb atash kerak” 
derdilar... Bu o„riklar bu yil gullamadi – ular bu yil – Toshdanak... O„z nomi bilan 
atamasak ular kelgusi yili Gulinurga aylanmaydi... “Har narsani tabiat ato etgan 
nom bilan ata, bolam. Tosh bo„lsa – tosh, de, gul bo„lsa – gul...”
1
.
Tahlil jarayonida o„quvchilarga muammoli vaziyatlarni xolisona baholash 
imkonini yaratishi zarur. Muayyan obraz ichki dunyosiga zid savollar yo„llash 
orqali o„quvchida norozilik hislari uyg„onishiga yoki, aksincha, tuyg„ularini 
junbushga keltirishiga erishish talab etiladi. Bunday usul orqali o„quvchida 
o„zgalarni tushunish va dardini his qilish sifatlari shakllantiriladi.
“Barcha hamqishloqlaring yo„tal, chuchkirish xurujiga giriftor bo„lsa-chi? 
Do„xtir katta opangga, Saydali akangga – hamma jo„baliklarga “yoppasiga 
qishloqdan bosh olib ketinglar” desa nima bo„ladi?.. Jo„nab ketaveradimi hamma?.. 
Changdan, g„o„za gulining isidan qochib ketaverasizlarmi?..”
2
.
O„quvchilarda qahramonlar shaxsini tushunishga xohish bo„lganda, notanish 
vaziyatlarga duch kelganda fikr yuritishga ehtiyoj seziladi. Texnologiya shartiga 
ko„ra o„quvchilar e‟tiboriga quyidagi muammolarni muhokama qilish havola 
etiladi:
1. Qahramon ongida reallik va xayolot uyg„unligidan paydo bo„lgan o„y-
kechinmalarni o„z nuqtai nazaridan asoslash; 
2. Sobiq va yangi Kimsan bilan g„oyibona tortishuvlar zamiridagi haqiqatni 
baholash; 
3. O„tmish bilan bog„liq voqealarni eslashga majbur qilgan omillarni 
aniqlash. 
4. Qahramon shaxsidagi yangilanish, tozarish sabablarini topish va hokazo. 
Jarayon so„ngida fikrlar umumlashtirilib aniq xulosalar muammo yechimi
tarzida izohlanadi.

Download 5.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling