Mustaqil O’zbekiston va uning Yevropa davlatlari bilan olib borgan iqtisodiy va siyosiy aloqalari


Download 133.5 Kb.
bet3/14
Sana24.12.2022
Hajmi133.5 Kb.
#1052319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mustaqil O

2021-yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ulushiga O‘zbekiston umumiy savdo aylanmasining 9,2 foizi, umumiy eksportining 3,3 foizi va jami importining 13 foizi to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining bir tomonlama “Umumlashtirilgan imtiyozlar tizimi GSP+” benefitsiari maqomini olish bo‘yicha 27 ta xalqaro konventsiyani ratifikatsiya qilish bilan birga, Yevropa Ittifoqining barcha shartlarini bajardi. 
Natijada, 2021-yil 10-apreldan Yevropa Ittfoqi O‘zbekistondan GSP+ doirasida import qilinadigan tovarlarga imtiyozli (nol) tariflarni qo‘llashni boshladi.
2021-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2020-yilga nisbatan deyarli o‘zgarmagan va 3,9 milliard dollarni tashkil etgan. 
2022-yilda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksportini sezilarli darajada oshirish tendensiyasi davom etdi. 
Shunday qilib, joriy yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 14,2 foizga o‘sdi va 3,1 mlrd dollarni tashkil qildi. 
Bu davrda O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqiga eksport 68,1 foizga sezilarli o‘sib, 619,9 mln dollar bo‘ldi. Import esa 5,8 foizga o‘sgan va 2,5 mlrd dollarni tashkil qilgan. Salbiy savdo balansi 5,6 foizga kamayib 1,9 mlrd dollar bo‘lgan.
2021-yilda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan eksporti va importi tarkibi quyidagi asosiy tovar guruhlari bo‘yicha ifodalandi:Umumiy savdo aylanmasi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari quyidagilardir: 

  • Germaniya — 765,7 million dollar (umumiy savdoning 19,7 foizi); 

  • Litva — 505 million dollar (13 foiz); 

  • Italiya — 430,3 million dollar (11,1 foiz); 

  • Niderlandiya — 287,6 mln dollar (7,4 foiz); 

  • Fransiya — 280,8 mln dollar (7,2 foiz); 


  • Download 133.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling