Mustaqil O’zbekiston va uning Yevropa davlatlari bilan olib borgan iqtisodiy va siyosiy aloqalari


a) taba15alashtirib o’kitishga berilayotgan jiddiy e’tibor


Download 133.5 Kb.
bet11/14
Sana24.12.2022
Hajmi133.5 Kb.
#1052319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mustaqil O

a) taba15alashtirib o’kitishga berilayotgan jiddiy e’tibor;
b) o’kuvchilarning mehnat ta’limini mustahkamlash;
v) kasbga yo’naltirish.
frantsiya ta’limidagi:
a) maktabgacha tarbiyadanoq o’kuvni predmetlashtirib tashkil etish;
b) boshlang’ich ta’limni uch bosqichda puxta amalga oshirish;
v) o’quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgan kattae’tibor;
g) o’kuv muassasalarining turli firmalar, kontsernlar, korxonalar
mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham ko’chsa, bizning pedagogikamiz olga qarab dadil qadam bosgan bo’lar edi.


XXI asrni o‘zining keng qamrovli shiddati bilan qarshi olgan globallashuv va uning “kichkina laboratoriyasi” sifatida e’tirof etilayotgan mintaqaviy integrasiyalashuv jarayonlari insoniyatni tobora yangi istiqbollar sari yetaklamoqda. Tabiiy hodisa deb qaralayotgan bu jarayon yer yuzidagi barcha katta-kichik davlatlarni o‘z domiga tortib, dunyo xalqlarini yanada jipslashishga undamoqda.
Jumladan, Yevropada muvaffaqiyat bilan davom etayotgan integrasiyaviy jarayonlar xalqlarning bir butun bo‘lib yashashga bo‘lgan ko‘p asrlik orzu-umidlari amalga oshishi uchun zamin hozirlamoqda. Yahlit bozor yaratish yo‘lidagi iqtisodiy hamjihatlik o‘zining tor o‘zanidan chiqib, yagona fuqarolik va umumiy tashqi siyosat tomon qadam tashladi.
Fransiya tashqi ishlar vaziri R. Shuman taklifi asosida 1951 yil 18 aprelda FransiyaGermaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg (Benilyuks) o‘rtasida “Evropa ko‘mir va po‘lat hamjamiyati”ni tashkil etish to‘g‘risida Parij shartnomasi imzolandi. Ayni shu davlatlar ishtirokida “Evropa iqtisodiy hamjamiyati” va “Evropa atom energiyasi hamjamiyati”ni ta’sis etishga oid shartnomalar 1957 yil 25 martda Rim shahrida imzolandi va 1958 yildan kuchga kirdi.
Shu tariqa, iqtisodning asosiy sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Umumiy bojxona ittifoqi doirasida tovarlar (mahsulotlar)ning erkin aylanishi uchun umumiy bozor joriy etildi. Hamjamiyatlar ichida ishchi kuchi, xizmat ko‘rsatish va kapitalning erkin harakatlanishi uchun yagona makon yaratildi. 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasi va 2007 yilda qabul qilingan Lissabon shartnomasi Yevropa hamjamiyatlari o‘rniga yagona “Evropa Ittifoqi” deb nom olgan tashkilotga asos soldi.
Bugungi kunda 4,233,262 kv.km maydonga ega bo‘lgan Yevropa Ittifoqida 46 tilda so‘zlashuvchi 100 dan ortiq millat vakillari bo‘lmish 450 millionlik aholi istiqomat qiladi. Jug‘rofiy jihatdan a’zo davlatlarning 15 tasi – G‘arbiy Yevropa, 10 tasi – Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridir. Ikkitasi esa (Malta, Kipr) – O‘rtayer dengizi havzasida joylashgan.
Evropa Ittifoqining jahon iqtisodiyotidagi o‘rni alohida e’tirofga molik. Jahonda ishlab chiqariladigan umumiy ichki mahsulotning 28 foizi, ya’ni 15 trln. AQSh dollari Ittifoq hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu jahon iqtisodiyotining oltidan bir ulushi demakdir. Dunyodagi eng katta daromadga ega deb e’tirof etilgan 500 ta yirik kompaniyaning 161 tasi Yevropa Ittifoqida joylashgan. Yevropa Ittifoqining jahon savdo aylanmasidagi eksport-import ulushi esa 20 foiz, ya’ni 3,645,933 mln. yevroga tengdir. Shundan import ulushi – 1,714,224 mln. yevro, eksport ulushi esa 1,931,709 mln.evrodir. Global tovar eksportida (jami 13 636.6 mln. yevro) Ittifoqining ulushi 15,6 foizni tashkil etsa (jami 2 131.7 mln. yevro), global tovar importida (jami 13 958.4 mln. yevro) esa uning ulushi 13.9 foizga tengdir (yoki 1 935.3 mln. yevro). Global xizmatlar eksport-importida Ittifoq o‘rtacha 22 foiz ulush bilan dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi.
Evropa Ittifoqi tashqi savdo munosabatlarining o‘ziga xosligi shundaki, uning tashqi savdo aylanmasi har yili taxminan 200 mlrd. yevro hajmidagi ijobiy saldo bilan yakunlanadi. Dunyoning 209 ta mamlakati bilan hamkorlik qiluvchi Ittifoq savdo aylanmasida xalqaro standartdagi 6-raqamli uyg‘unlashtirilgan tizimda ro‘yxatga olingan (Harmonized System (HS6)) 4,555 turdagi mahsulot oldi-sottisi amalga oshiriladi.

Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling