Mustaqil-tadqiqot ishi loyixasi


Asosiy vositalarning hisob ob‘ekti sifatidagi tavsifi va tasnifi


Download 35.53 Kb.
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi35.53 Kb.
#1443492
1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy vositalarga keyingi sarflar auditi

Asosiy vositalarning hisob ob‘ekti sifatidagi tavsifi va tasnifi
Asosiy vositalar - bu korxonalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek ma‘muriy va ijtimoiy–madaniy funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar.
BXMS №5 ga muvofik (6-band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan olish uchun ular yuqoridagi tarifda keltirilgan mezonlardan tashqari yana quyidagi shartlarga ham javob berishi lozim:
* Xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini mavjudligi.
* Qiymatni anik belgilashni mumkinligi.
Moddiy aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda ularni foydali xizmat muddatini belgilash muhim rol o‘ynaydi.
Foydali xizmat muddati deganda asosiy vositaning korxona tomonidan belgilangan foydalanish muddati tushuniladi.
Bu muddat yillarda yoki oylarda ifodalanib, uning foydaliligi ishlab chiqilgan, mahsulot bajarilgan ish xizmati hajmi bilan o‘lchanadi. Foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalar o‘zlarining qiymatini to‘liq qoplashlari va korxonaga qo‘shimcha daromod keltirishlari lozim.
Asosiy vositalar korxonalarning moddiy texnik bazasini tashkil etuvchi mehnat qurollari va vositalarini o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi.
Asosiy vositalarga quyidagilar kiradi:
1. Binolar – sex, ombor, laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta‘minlovchi ob‘yektlar.
2. Inshoatlar – ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l shahobchalari, nasos stansiyalar, kanallar, suv havzalari, asfaltlangan yo‘llar va yo‘lkalar.
3. Uzatish qurilmalari – elektr liniyalar, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi quvurlar va boshqalar.
4. Mashina va uskunalar – issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlar, dvigatel va transformatorlar, stanoklar, issiqlik pechlari, tikuv, yig‘uv, dazmollash, saralash mashinalari, kranlar, kompressorlar, o‘lchov tarozilari.
5. Hisoblash texnikasi – kompyuterlar va ularga o‘rnatiladigan periferiya qurilmalari ( printer, skaner , modem va boshqalar ).
6. Transport vositalari – yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, parovozlar, teplovozlar, paroxodlar, tramvaylar, trolleybuslar, avtobuslar, pritseplar, samolyot va vertolyotlar, shuningdek magistral truboprovodlar.
7. Uskunalar – presslovchi, qisuvchi va boshka texnologik funksiyalarni bajaruvchi asbob-uskunalar.
8. Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari - ish stollari, dastgohlar, baklar, sandiqlar va boshqalar.
9. Ofis mebeli va jihozlari – shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish apparatlari, uyali aloqa vositalari va boshqalar
10. Ishchi va nasldor hayvonlar – otlar, tuyalar, ho‘kizlar, sigirlar, bo‘qalar, qo‘ylar, echkilar, cho‘chqalar va boshqa ishchi sifatida ishlatiladigan va nasl beradigan hayvonlar.
11. Ko‘p yillik o‘simliklar – bog‘lar, o‘rmonlar va boshqalar
12. Kutubxona fondibadiiy-adabiy, texnik , iqtisodiy va boshqa turdagi adabiyotlar ( kitoblar).
13. Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan mablag‘lar – yer uchastkalarini kadastrini tuzish, shudgorlash, yerni yuvish, ko‘kalamzorlashtirish, reshyotkalar o‘rnatish, suv havza va omborlarini tozalash va boshqa ishlarga sarflangan kapital qo‘yilmalar.
14. Boshqalar - yuqoridagi guruxlarga kirmay qolgan asosiy vositalar

Download 35.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling