Mustaqil-tadqiqot ishi loyixasi
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Download 35.53 Kb.
|
Asosiy vositalarga keyingi sarflar auditi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalar va ularga keyingi sarflarning maqsadi va vazifalari.
- Internet saytlari
Asosiy vositalar va ularga keyingi sarflarning maqsadi va vazifalari. Asosiy vositalarning zarur holatda bo‘lishini ta‘minlash uchun ular muntazam ravishda tuzatilib turiladi. Asosiy vositalarni tuzatish bilan bog‘liq operatsiyalarni tekshirish orqali quyidagilar aniqlanadi: 1) barcha tuzatish ishlarini hujjatlar bilan rasmiylashtirishning to‘g‘riligi; 2) ularning haqiqiy hajmi va tannarxini aniqlash; 3) tuzatish uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish; 4) tuzatish ishlarida tasdiqlangan smetalardan chetga chiqilgan xarajatlarni aniqlash. Korxona yoki tashkilot ta‘mirlashga va mahsulot tannarxiga xarajatlar bir tekis ajratilishini afzal ko‘rsa, ta‘mirlash fondi tashkil etiladi, fondga ular tomonidan belgilangan me‘yorlar bo‘yicha mablag‘ ajratiladi. Ta‘mirlashga sarflangan haqiqiy xarajatlar bilan rejali ajratmalar o‘rtasidagi farq balansda 1 yanvar holatiga ko‘ra, kelgusi xarajatlar va to‘lovlar zahira yoki kelgusi davr daramodlari sifatida aks ettiriladi. Auditor ta‘mirlash fondiga ajratmalarning tasdiqlangan me‘yorlari to‘g‘riligini tekshirishi zarur; chunki qurilish ishlari xarajatlarini oshirib ko‘rsatish, foydani va undan byudjetga ajratilgan summani kamaytirib ko‘rsatish maqsadida me‘yorni atayin oshirib ko‘rsatish hollari uchrashi mumkin. Asbob-uskuna va transport vositalari uchun me‘yor bir yildan ortiq muddatli ta‘mirlash qabul qilinada, bunda agregat butunlay qismlarga ajratiladi, barcha yoyilgan detallar yoki uzellar almashtiriladi yoki tiklanadi, bazaviy va boshqa detallar tuzatiladi va sozlanadi hamda sinab ko‘riladi. Natijada bular bo‘yicha texnik ko‘rsatmalarni yaxshilash va uni modernizatsiya qilish imkoniyatlarini hisobga olib borishi lozim. Asosiy vositalarni ta‘mirlashdan o‘z vaqtida kelishini nazorat qilish uchun auditor ta‘mirlanayotgan ob‘yektlarning inventar daftarlari buxgalteriya daftarlaridagi tuzatiladigan asosiy vositalar bo‘limida mavjudligini tekshiradi. Auditor smeta-texnik hujjatlarini tekshirishda tuzatilishi kerak bo‘lgan ob‘yektlarning texnik ko‘rigi dalolatnomalari, kapital ta‘mirlash chog‘idamodernizatsiya qilish loyihalari mavjudligini aniqlashi kerak. Loyiha-smeta hujjatlari amaldagi narxlar bo‘yicha, shuningdek kapital ta‘mirlash turi uchun belgilangan me‘yor, ta‘riflar, baholar bo‘yicha tuzilishi kerakligini tekshiradi. Tekshirish xususiyati ko‘p jihatdan ta‘mirlash ishlari bajarilishi xususiyatiga, uning pudrat yoki xo‘jalik usulida amalga oshirilganligiga bog‘liq. Pudrat usulida bajarilganda auditor pudrat shartnomasini va undagi shartlarga rioya qilinganligi: 1) loyiha-smeta hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligi; 2) mablag‘ bilan ta‘minlanlash manbalari mavjudligi; 3) ularning belgilangan ish hajmiga muvofiqligi; 4) bajarilgan ishlar sifatini, ishlarni boshlash va tugallanishning shartnomada ko‘rsatilgan muddatlariga rioya qilinishi; 5) bajarilgan ish uchun hisob-kitob qilish tartibi va boshqalarni tekshiradi. Ayni chog‘da auditor pudrat tashkilotlariga materiallar, ehtiyot qismlar va detallar bank orqali taqdim qilinadigan hisob-kitob hujjatlari asosida berilishini tekshiradi. Xo‘jalik usulda bajarilganda ta‘mirlash harajatlari 2300 "yordamchi ishlab chiqarish" hisobida to‘planadi. 1) smeta bo‘yicha ish turlari va hajmlarini naryad bo‘yicha haq to‘lash ishlari bilan solishtirish; 2) materiallar omborga kirim qilinganligini tekshiriladi. Korxona o‘z vositalaridan tashqari, ijaraga olingan asosiy vositalarni ham ta‘mirlashini amalga oshiradi. Ijaraga olingan asosiy vositalarni ijarachining mablag‘i hisobiga ta‘mirlash xarajatlari ijarachi tomonidan ijaraga olingan asosiy vositalarni ta‘mirlashi xarajatlari smetasiga muvofiq ―8900 hisob kreditida rezervda saqlanadi. Smetaning texnik-iqtisodiy asoslanganligini ijara va smeta summasiga binoan kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezerviga har oyda oylik ajratmalar hisob- kitobi to‘g‘riligini, bu sarflar va xarajatlar ish bajarish va xizmat ko‘rsatishga kiritilishining to‘g‘riligini aniqlaydi. Auditor ijaraga olingan asosiy vositalarni ta‘mirlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlarni 3100 "Kelgusi davr harajatlari" ma‘lumotlari bo‘yicha o‘rganadi. Yil oxirida kelgusi davrning barcha xarajatlari mablag‘ bilan ta‘minlanish manbai hisobiga to‘la-to‘kis hisobdan chiqarilishi kerak: Agar kapital ta‘mirlash xo‘jalik usulida amalga oshirilsa nuqsonlar qaydnomasiga asosan 3 nusxada naryad buyurtma tuziladi. Uning 1-nusxasi ta‘mirlashni amalga oshiruvchi bo‘linmaga, 2-nusxasi buxaglteriyaga analitik hisobni yuritish uchun, 3-nusxasi esa bosh injinerda ta‘mirlashning borishini nazorat qilish uchun saqlanadi. Nuqsonlar qaydnomasiga va naryad buyurtmalariga asosan omborlardan material va ehtiyot qismlar olish uchun hujjatlar yoziladi. Ta‘mirlash xarajatlarini to'g'ridan-to'g'ri mahsulotlar ish va xizmatlarning tannarxiga olib borish mumkin yoki ularni qoplash uchun olidindan qilingan ajratma hisobiga tashkil qilingan ta‘mirlash fondidan qoplash mumkin. Ta‘mirlash xarajatlari to'g'ridan-to'g'ri mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlariga olib borilganda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar debetlanib tegishli schyotlar kreditlanadi. Asosiy vositalarni ta‘mirlash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlarini hisoga oluvchi schyotlarda tegishli xarajat moddalarida aks ettiriladi. Ta‘mirlash fondini tuzgan korxonalarda ularni hisobga olish uchun 8900 "Kelgusi davr xarajatlari va rezervlar" schyotiga alohida "Ta‘mirlash fondi" subschyoti ochiladi. Ta‘mirlash fondiga ajratmalar qilish ta‘mirlashning barcha turlari bo‘yicha rejadagi smeta xarajatlariga asosan qilinadi. Ta‘mirlash fondiga qilingan ajratmalar buxgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi. Ta‘mirlash fondi tashkil qilingan korxonalarda ta‘mirlash ishlari xo‘jalik usulida amalga oshirilganda ta‘mirlash xarajatlarini ―2300 schyotda hisobga olishlari zarur. Ushbu schyotning debetida haqiqatda amalga oshirilgan ta‘mirlash xarajatlari hisobga olinsa, uning kreditida esa ta‘mirlash ishlarining haqiqiy tannarxi hisobdan o‘chirilganda ―2300 schyotning debetidagi qoldiq tugallanmagan ta‘mirlash xarajatlarining mikdorini ko‘rsatadi. Bunda ta‘mirlash xarajatlari qilinganda ular buxgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi. Tugallanmagan ta‘mirlash xarajatlari buxgalteriya balansida "Tugallanmagan ishlab chiqarish" moddasida ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarni ta‘mirlash jarayonida materiallar kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqalar olinishi mumkin. Ularni komissiya a‘zolari baholab kirimga olinadi va buxgalteriya schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi. Kapital ta‘mirlash pudrat usulida amalga oshirilganda korxona ta‘mirlash korxonasi bilan shartnoma tuzadi. Ta‘mirlash tugagandan keyin maxsus komissiya uni qabul qilishni topshirish aktiga asosan qabul qilib oladi. Tugallanib topshirilgan ta‘mirlash ishlarining qiymati ta‘mirlash fondi hisobidan qoplanadi va buxgalteriya schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi. Ta‘mirlash xarajatlari pudrat usulida amalga oshirilganda ular to'g'ridan- to'g'ri ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda aks ettirish mumkin. Pudratchi tashkilotlarning ta‘mirlash xarajatlarini to‘lash to'g'risidagi schyotlari ―5100‖ hisoblashish schyoti va boshqa schyotlarda to‘lanishi mumkin va ular buxgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi. Hisobot yili tugagandan so‘ng asosiy vositalarning ta‘mirlashning haqiqiy xarajatlari summada ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarga yozilishi zarur. Chunki ―8900‖ schyotning subschyoti bo‘yicha saldo bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun ham "Ta‘mirlash fondi"ning summasi ta‘mirlashning haqiqiy xarajatlari summasiga korrektirovka qilinishi zarur. Agar ta‘mirlash fondi yetarli bo‘lmasa qo‘shimcha ajratma qilinishi mumkin yoki ushbu summa to'g'ridan-to'g'ri kreditida ishlab chiqarish xarajatlari hisobga oluvchi schyotlarning debeti olib boriladi. Xulosa Asosiy vositalarni ta‘mirlashdan o‘z vaqtida kelishini nazorat qilish uchun auditor ta‘mirlanayotgan ob‘yektlarning inventar daftarlari buxgalteriya daftarlaridagi tuzatiladigan asosiy vositalar bo‘limida mavjudligini tekshiradi. Ta‘mirlash xarajatlarini to'g'ridan-to'g'ri mahsulotlar ish va xizmatlarning tannarxiga olib borish mumkin yoki ularni qoplash uchun olidindan qilingan ajratma hisobiga tashkil qilingan ta‘mirlash fondidan qoplash mumkin. Ta‘mirlash xarajatlari to'g'ridan-to'g'ri mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlariga olib borilganda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar debetlanib tegishli schyotlar kreditlanadi. Asosiy vositalarni ta‘mirlash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda tegishli xarajat moddalarida aks ettiriladi. Ta‘mirlash fondini tuzgan korxonalarda ularni hisobga olish uchun 89 "Kelgusi davr harajatlari va rezervlar" schyotiga aloxida "Ta‘mirlash fondi" subschyoti ochiladi. Ta‘mirlash fondiga ajratmalar qilish ta‘mirlashning barcha turlari bo‘yicha rejadagi smeta xarajatlariga asosan qilinadi. Ta‘mirlash fondiga qilingan ajratmalar buxgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi. Ta‘mirlash fondi tashkil qilingan korxonalarda ta‘mirlash ishlari xo‘jalik usulida amalga oshirilganda ta‘mirlash harajatlarini ―2300 schyotda hisobga olishlari zarur. Ushbu schyotning debetida haqiqatda amalga oshirilgan ta‘mirlash xarajatlari hisobga olinsa, uning kreditida esa ta‘mirlash ishlarining haqiqiy tannarxi hisobdan o‘chirilganda ―2300 schyotning debetidagi qoldiq tugallanmagan ta‘mirlash xarajatlarining miqdorini ko‘rsatadi. Bunda ta‘mirlash xarajatlari qilinganda ular buxgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi. Tugallanmagan ta‘mirlash xarajatlari buxgalteriya 40 balansida "Tugallanmagan ishlab chiqarish" moddasida ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarni ta‘mirlash jarayonida materiallar kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqalar olinishi mumkin. Ularni komissiya a‘zolari baxolab kirimga olinadi va buxgalteriya schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi. Internet saytlari 1. http://www.ziyonet.uz 2. http://www.lex.uz 3. http://www.bilim.uz 4. http://www.soliq.uz 5. http://www.12news.uz 6. http://www.bukh.ru Download 35.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling