Mustaqil-tadqiqot ishi loyixasi


Quyidagilar asosiy vositalarga kirmaydi


Download 35.53 Kb.
bet3/4
Sana08.05.2023
Hajmi35.53 Kb.
#1443492
1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy vositalarga keyingi sarflar auditi

Quyidagilar asosiy vositalarga kirmaydi:

  1. Xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lgan mehnat qurollari va vositalari

ularning qiymatidan qat‘iy nazar;

  1. Yosh mollar, mahsus kiyimlar, poyafzal, ko‘rpa–yostiqlar qiymatidan qat‘iy

nazar, (mehmonxonalar bundan mustasno );

  1. Kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar.

Asosiy vositalar hisob obektining tasnifi.
Korxona va tashkilotlarning asosiy vositalarning turli belgilari bo‘yicha tasniflash munkin:
Ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‘ra korxonalarning asosiy vositalari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga bevosita ishlab chiqarishga doir bo‘lgan moddiy aktivlar, masalan sexlarning binolari, inshoatlar, stonoklar, jixozlar, transport vositalari, ishchi hayvonlar va boshqalar kiradi.
Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga boshqaruv apparatiga doir shuningdek korxonaning ijtimoiy-madaniy maishiy sog‘likni saqlash kommunal maqsadlarda foydalaniladigan moddiy aktivlari kiradi.
Asosiy vositalarning turlari:
1.Egalik qilish huquqiga ko‘ra – xususiy va ijaraga olingan asosiy vositalarga bo‘linadi.
2.Ishlab chiqarishda ishtirokiga ko‘ra – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (savdo va ma‘muriy maqsadlarda ishlatiladigan) asosiy vositalariga bo‘linadi.
3.Amortizatsiya qilinishiga ko‘ra – amortizatsiyalanadigan va amortizatsiyalanmaydigan asosiy vositalarga bo‘linadi.
Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
• Kutubxona fondiga.
• Ko‘p yillik o‘simliklarga.
• Konservatsiya qilingan asosiy vositalarga.
Asosiy vositalar hisobini yuritishga mo‘ljallangan schyotlar tizimi.
Schyotlar rejasida asosiy vositalar hisobini yuritish uchun aktiv bo‘lgan № 0100 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari» va kontraktiv bo‘lgan № 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari» tizimlari ko‘zda tutilgan.
Asosiy vositalarning sum analitik hisobi korrespondensiyalanadigan schyotlar bo‘yicha 13-jurnal-orderda, soniy-summoviy analitik hisobi esa moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha har bir inventar ob‘ektning kodi (tartib nomeri) bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda (OS-7 shakl «Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi», OS-9 «Asosiy vositalarning inventar ro‘yxati») yuritiladi. Ushbu kartochka va kitoblar asosiy vosita kelib tushganda ochiladi va ularning butun foydali xizmat muddati davri davomida saqlanadi.
Asosiy vositalarga O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy andozalarida ko‘rsatilgan talablarga to‘la javob beradigan mehnat vositalari kiradi. O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy andozalarida ko‘rsatilgan talablarga javob bermaydigan mehnat vositalari kam baxoli va tez eskiruvchi buyumlar tarkibida hisobga olinadi.
Asosiy vositalar tarkibiga kiritiladigan mehnat vositalari keyinchalik oylik minimum ish haqining o‘zgarishidan qat‘iy nazar asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
Bundan tashqari asosiy vositalar tarkibini aniklashda va ularni hisobga olishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
- agar ilgari asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan, ammo qiymati qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng kam baxoli va tez eskiruvchi buyumlar tarkibiga olib borilishi lozim bulgan mehnat vositalari, texnik xarakteri bo‘yicha (Masalan: 10 traktorlar, stanoklar, televizorlar va boshqalar) asosiy vositalar bo‘lgan va xalq xo‘jaligi tarmoqlaridagi yagona amortizasiya ajratmalari ko‘rinishida amortizatsiya hisoblash ko‘zda tutilgan bo‘lsa bunday mehnat vositalari ham asosiy vositalar tarkibida hisobga olinishi zarur.
- agar ilgari asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan lekin ish haqining o‘zgargandan so‘ng kam baxoli va tez eskiruvchi buyumlar qatorida hisobga olinishi zarur bo‘lsada ular asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
Quyidagilar asosiy vositalar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- asosiy vositalarning kirimini, korxonadagi harakati va hisobdan o‘chirish,
o‘z vaqtida tegishli hujjatlarga asosan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;
- asosiy vositalarning eskirishini to'g'ri hisoblash va buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish;
- asosiy vositalar jo‘natilganda moliyaviy natijalar to'g'risida aniq ma‘lumotlar olishni ta‘minlash;
- soliq to‘lovlarni hisoblash uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlarni aniq hisoblash imkonini ta‘minlash;
- asosiy vositalarni ta‘mirlash xarajatlari va ularning samarali foydalanishini nazorat qilish;
- asosiy vositalar naqdligi va ularning harakati to'g'risidagi statistik va buxgalteriya hisoblarida talab qilingan ma‘lumotlarni berish imkoniyatini yaratish va hokazo.
Yuqoridagi buxgalteriya hisobining vazifalarini bajarish uchun asosiy vositalarni ilmiy asoslangan turkumlash, shuningdek buxgalteriya hisobida baholash uchun esa qoidalar zarur.
Korxonalarning asosiy vositalari tarkibiga ko‘ra har xil bo‘lib va ma‘lum belgilari asosida turkumlanadi. Korxonalarda asosiy vositalarning yagona namunaviy turkumlash qo‘llaniladi. Unga ko‘ra ular tarmoq belgilariga, tayinlanishiga, turlariga, qaysi soxaga tegishli ekanligiga ko‘ra turkumlanadi.
Asosiy vositalarni tarmoq belgilariga qarab guruhlash (sanoat, kurilish, savdo, kishlok xujaligi va boshkalar) har bir tarmoqqa tegishli asosiy vositalarning qiymati to'g'risida ma‘lumot olish imkonini beradi.
Tayinlanishiga ko‘ra korxonalarning asosiy vositalari asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar, boshqa tarmoqlardagi asosiy ishlab chiqarish vositalari va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar.
Korxonalarning asosiy vositalari turlari bo‘yicha quyidagicha guruhlanadi:
-inshootlar;
-uzatuvchi moslamalar;
-mashina va asbob uskunalar;
-transport vositalari;
-asbob uskunalar;
- ishlab chiqarish inventarlari va buyumlar;
-xo‘jalik inventarlari;
-ish va mahsuldor hayvonlar;
-ko‘p yillik daraxtlar;
-yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital sarflar va boshqa asosiy vositalar.
Shuningdek ijaraga olingan asosiy vositalarga sarflangan kapital qo‘yilmalar ham asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
Asosiy vositalarni turlari bo‘yicha turkumlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad ularning analitik hisobini tashkil qilishdir.
Kimga tegishliligiga qarab asosiy vositalar o‘ziga tegishli va ijaraga olingan asosiy vositalarga bo‘linadi. Foydalanish belgilariga qarab esa asosiy vositalar ekspluatatsiyadagi, rekonstruksiyadagi va qayta qurollantirishdagi asosiy vositalarga bo‘linadi.
Asosiy vositalarning daslabki qiymati hukumatning maxsus qarori bo‘yicha qayta baholanganda o‘zgarishi mumkin. Shuningdek ularni dastlab qiymati texnik jihatdan rekonstruksiya qilish va qayta ko‘rish oqibatida foydalanish, xizmat ko‘rsatish muddati uzaysa ob‘ektlarning ishlab chiqarish quvvati oshsa, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning soni ko‘paysa yoki ishlab chiqarish tannarxi pasaysa ularning dastlabki qiymati ko‘payishi mumkin.
Asosiy vositalarning qoldik qiymati ularning dastlabki qiymatidan eskirish qiymatini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Vakt o‘tishi natijasida asosiy vositalarning dastlabki qiymati xuddi shunga o‘xshash zamonaviy asosiy vositalarning qiymatidan farq qila boshlaydi. Ushbu farqni tugatish uchun asosiy vositalarni ma‘lum davrlarda qayta baholash amalga oshiriladi va ularning tiklash qiymati aniqlanadi.
Tiklash qiymati deb asosiy vositalarni hozirgi sharoitda amal qilayotgan bahoni hisobga olish, zamonaviy texnika va texnologiya bilan qurish yoki ishlab chiqarish tushuniladi.
Asosiy vositalarning hisob birligi bo‘lib alohida inventar ob‘ektlari hisoblanadi.
Inventar ob‘ektlari deganda bitta funksiyani bajarishga mo‘ljallangan, to‘la ko‘rib bo‘lingan yoki ishlab chiqarilgan alohida predmet yoki predmetlar kompleksi tushuniladi.
Har bir inventar ob‘yektiga alohida inventar nomerlari belgilanadi va foydalanish jarayonida, tugatish va qayta ta‘mirlash jarayonida inventar nomerlari saqlanadi. Inventar nomerlari hisobga olinadigan predmetga biriktirib qo‘yiladi va tegishli hujjatlarda aks ettiriladi.
Murakkab inventar ob‘yektlari u yoki bu inshootlar, alohida elementlari birligida bitta inventar ob‘yektni tashkil qiluvchi har biriga ushbu inventar ob‘yektning nomeri yozib qo‘yiladi.
Tashkilotdan chiqib ketayotgan asosiy vositalarning inventar nomerlari yangi kelib tushgan asosiy vositalarga berilishi mumkin.
Ijaraga olingan asosiy vositalar ijaraga beruvchi inventar nomerlar bo‘yicha hisobga olinadi.
Asosiy vositalarning harakati ularning kelib tushishi, chiqib ketishi va korxona ichidagi harakati bilan bog‘lik bo‘lgan xo‘jalik jarayonlari ta‘siri ostida sodir bo‘ladi. Ushbu xo‘jalik jarayonlari tegishli hisob hujjatlariga asosan rasmiylashtiriladi.
Korxonaga kelib tushgan asosiy vositani korxona rahbari tomonidan tayinlangan komissiya qabul qiladi. Komissiya qabul qilgan har bir ob‘yekt uchun alohida bir nusxada asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (OS-1 shakl) tuziladi va uni korxona rahbari tasdiqlaydi. Bir nechta ob‘yekt uchun umumiy dalolatnoma faqat ushbu ob‘yektlarning hammasi yagona tipda bo‘lsa va ularning qiymati bir xil bo‘lsa, shuningdek bir kunda bitta javobgar shaxs tomonidan qabul qilinganda tuzish mumkin. Dalolatnomalarda ob‘yektlarning nomi, qurilgan yoki zavoddan chiqarilgan vaqti, dastlabki qiymati, berilgan inventar nomeri, foydalanish joyi va boshqa zarur ma‘lumotlar ko‘rsatiladi. Qabul qilingan ob‘yektni tavsiflovchi texnik hujjatlar dalolatnomaga ilova qilinadi. Asosiy vositalarning qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng korxona buxgalteriyasiga topshiriladi va ularga asosan buxgalteriyada asosiy vositalarning inventar kartochkalarida tegishli yozuvlar amalga oshiriladi. Undan so‘ng texnik hujjatlar doimiy saqlash uchun tegishli bo‘limlarga beriladi.
Asosiy vositalarning korxona ichidagi harakati yuk xatiga asosan (OS-2 shakl) rasmiylashtiriladi. Unda topshiruvchi va qabul qiluvchinig nasabi, ismi, sharifi, lavozimi, asosiy vositalarning birinchisi ikkinchisiga berish sabablari va asosi, ob‘yektning qisqacha tavsifi, texnik holati ko‘rsatiladi. Yuk xati ikki nusxada tuziladi va topshiruvchi hamda qabul qiluvchi imzo chekadi. Yuk xatining bir nusxasi korxona buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi topshiruvchida qoladi va u asosiy vositalarning inventar ro‘yxatidan chiqishi to'g'risida belgini qo‘yish uchun asos bo‘ladi.
Asosiy vositalarning hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi





Download 35.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling