Mustaqil ta’lim ishi
Axborotni to’plash uslublari
Download 79.62 Kb.
|
marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash
3. Axborotni to’plash uslublari
Bozorda vujudga kelayotgan о‘zgarishlarni o’z vaqtida seza bilish, muayyaan davr mobaynida xaridorlar atvorini, mijozlar xatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini о‘rganish korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muxism ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni tulik olish, kayta ishlash va undan qarorqabulqilishbosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bо‘ladi. Chunki, bozorda ruy berayotgan о‘zgarishlarning jadalligi, о‘zarobog‘liqligi va ta’sirchanligi yuqoridir. Shu sababdan, urganilayotgan jarayon yoki obyekt xususida auditlik bilan axborot olish, uning imkoni boricha tulaligini, ishonchliligini ta’minlash talab etadi, bunday tarzda axborot olish uslubi bо‘lib-ko’zatish uslubi hisoblanadi. Ko’zatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida kо‘p qo’llaniladigan axborot yigish uslubi sanaladi. Ko’zatish o’z navbatida bir kator turkumlash belgilariga ko’ra farklanadi. Bu xususda iqtisodiy statistikaga oid darsliklar va ukuv kullanmalarida yetarli ma’lumotlar berilgan. Ko’zatish asosida urganilayotgan obyekt yoki jarayonga xos bo’lgan axborotni yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. Yoppasiga ko’zatish muayyan majmuaning barcha birliklarini tadqiqqilish asosida amalga oshiriladi. Bunday ko’zatish odatda kо‘pvaqt, mablag talab kiladi va uning natijalari tarmoqlararo ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat kiladi. Masalan, aholini ruyxatga olish, tegishli xududdagi sanoat va savdo korxonalarini ruyxatga olish va x.k. Tanlama ko’zatish esa marketing tadqiqotlarida kо‘prok qo’llaniladigan uslub hisoblanadi. U yoppasiga ko’zatishdan bir necha xususiyatlariga ko’ra farklanadi va yetarlicha afzalliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat. Birinchidan, tanlama ko’zatishda yechiladigan ma’lumotlar tez fursatlarda amalga oshiriladi. Bu esa bozor xususida tezkor axborot yigish va qarorqabulqilish jarayoni uchun uta muhimdir. Ikkinchidan, tanlama ko’zatish yо‘li bilan olinadigan axborot majmuaning kо‘pqirraligini va xususiyatlarini atroflicha о‘rganish imkonini beradi. Natijada majmua xususidagi axborotni tulikrok tarzda kayta ishlash, undan unumli foydalanish mumkin bо‘ladi. Uchinchidan, tanlama ko’zatishada ruyxatga olinuvchilar mikdori nisbatan kam bo’lganligi sababli, tadqiqot obyektni (yoki mulokatdagi auditoriyani) tayyorlash, u bilan mustaxkam aloka va kayta aloka urnatish imkoni bir muncha yuqori bо‘ladi, bu xususiyat esa ko’zatishda “yanglishishlar” ehtimolini kamaytirishag sabab bо‘ladi. To’rtinchidan, majmua miqyosida ko’zatish о‘tkazishkо‘plab xodimlarni jalb qilish va xarajatlarning ortib borishiga olib kelsa, tanlama ko’zatishda tadqiqot nisbatan arzon tashkil etiladi. Lekin tanlama ko’zatishni amalga oshirishdastavval muayyan qoidalarga va ketma-ketlikka amal qilishni talab etadi. Bu birini navbatda ko’zatish uchun aniqlanadigan tanlovning mikdoriy va sifat jihatdan vakilligi bilan bog‘liq. Marketing tadqiqotlarida eksperiment uslubi ham kо‘p qo’llaniladi. Xususan, u tadqiqotda bir necha takkoslanadigan xolatlarni (guruhlarni) yaratishga va o’zgaruvchi kо‘rsatkichlar ta’sirini aniqlashga asoslanadi. Misol uchun, shaxar ayollarining ayrimlari o’z odatlariga ko’ra soch kuritish va soch turkumlash kurilmalaridan alohida xollarda foydalaniladilar. Savdo firmasi elektr asboblari ishlab chiqaruvchi firma kumagida umumlashgan tarzda ishlab chiqarilgan soch kuritish va soch turkumlash kurilmasini sotish va bunda xaridorning munosabatini urganmoqchi. Ayollarning qanday guruhlari (xaridorlik atvori va iste’moldagi fe’liga ko’ra) umumlashgan kо‘rin ishdagi soch kuritish va soch turkumlash kurilmasini sotib oladi yoki sotib olmoqchi. Bu muammoni elektr asboblari ishlab chiqaruvchi hamda savdo firmasi eksperiment uslubida amalga oshirishi yuqori samara beradi. Tajriba uchun savdo firmasiga m mikdorda yangi kurilmalar yetkaziladi. Ularni sotish jarayoni bir yо‘la eksperiment (sinov) kilinadi va keyinchalik xaridorlar atvori ko’zatiladi. Tashkilotlarda eksperimentdan foydalanish urganilayotgan obyekt yoki jarayon xususida tularok ma’lumot olish imkonini beradi, uni tashkil etish bir muncha mushkul. Chunki xaqiqiy (yoki istakdagi) xolatni yaratish, barcha omillar ta’sirini aniqlash bir kancha mutaxasislarni jalb etishni va tadqiqot xarajatlarining ortishiga sabab bо‘ladi. Shu nuktai nazardan eksperiment о‘tkazish doirasi, uning yо‘nalishlari, uslublari va ketma-ketligi dastavval mukammal ishlab chiqarilishi kerak. Marketing tadqiqotlarida muddat uslubi tavsiflovchi yо‘nalishdagi izlanishlarda kо‘prok qo’llaniladi. Jumladan. Mijozlar va xaridorlarning kat’iyati, kizikishlari, ishtiyoklaridagi о‘zgarishlar, mamnunligi va shunga uxshash yо‘nalishdagi tadqiqotlar. Surok uslubi tadqiqotining yо‘nalishiga ko’ra anketa yoki mexaniq kurilmalar vositasida amalga oshiriladi. Surok uslubining samarali jihati shundan iboratki, u tadqiqotda bir necha marotaba kullanilishi, tegishli obyekt tug‘risida axborotlarni unumlashtirib borish imkonini beradi. Shu bilan birga surok uslubi ham tadqiqot uchun tanlov birligi, xajmi, belgisi va о‘tkazish tartibini dastavval aniqlanishini takazo etadi. Masalan, urnatilayotgan majmua obyektlarining barchasini tulik о‘rganish imkoni bulmaganda, tanlama uslub qo’llaniladi. Yuqoridagi misolda keltirilgan soch kuritish va soch turmaklash kurilmasini sotib olib foydalanayotgan ayollarning ushbu predmetga munosabati, mamnunligi, xarid vaqtida va xariddan 1oy keyin surok tarzida amalga oshirilishi mumkin. Mulokat urnatishda esa telefon, pochta, shaxsiy yoki guruhli suxbat qo’llaniladi. Mulokatdagi auditoriya bilan aloka urnatish uslublari ichida telefon orqali intervyu, shaxsiy, guruhlar vositasida intervyu, pochta orqali anketa yuborish kо‘p qo’llaniladi. Telefon vositasida intervyu – so’ralovchi (respondent) bilan telefondagi qisqa suxbatni o’z ichiga oladi. Odatda u telefon alokasi yaxshi uyushtirilagn xolatlardagina kulaniladi. Lekin, suraluvchi bilan atroflicha suxbatlashish, uning fikrini mukammalrok bilish doirasi bir muncha cheklangan bо‘ladi. Shaxsiy intervyu surok uslubida keng kullanib, intervyu olib boruvchi tomonidan savollarga tula javob olish va uni yanada aniqlashtirish imkonini beradi. U yuqori maxoratli mutaxassislar ishtirokida, belgilangan savollar ko’lamida amalga oshiriladi. Uning natijalari magnitafon yoki videomagnitafonlarga yozilishi, sо‘ngra umumlashtirilishi lozim. Shaxsiy intervyu bir necha minut yoki bir necha soat davom etadi va shu sababdan respondentlarga suxbatdan sung sovga topshirish maqsadga muvofiqhisoblanadi. Guruh ishtirokidagi intervyu esa bir necha (odatda 4-12 kishidan iborat guruh) shaxslar ishtirokida, ular fikrini aniqlash, umumlashtirish, yagona maslakni ta’minlash maqsadida uyushtiriladi. Guruh ishtirokidagi intervyu olib boruvchi mulokatga usta, notik va fikrlarni mantikan umumlashtirishda yuksak kobiliyat soxibi bо‘lishi nazarda tutiladi. Bunday suxbat videolentaga yozilishi va keyinchalik tug‘ridan-tug‘rirahbariyatga takdim etilishi ham mumkin. Bunda suralayotgan obyektning о‘zi, o’z fikrlarining asoslashlari yakkol kо‘rin ib turadi. Masalan, yangi avtomobilning ichki jixozlari, uning qulay dizaynda yasalishi bо‘yichakо‘p yillik xaydovchilar bilan guruhli intervyu о‘tkazish. Marketing tadqiqotlarida surok uslubi kо‘pjihatdan anketa (surov varakasi) vositasida kо‘p tashkil etiladi. Anketa o’z ichiga tayinli tizimga solingan, mantikan boglangan savollar ko’lamini olib, asosan 2 shaklda axborotlar to’plashga xizmat kiladi. Birinchi shakl axborot olish davrida respondent javoblarini maxsus mutaxassis ogzaki surab, belgilab, umumlashtirib borishga asoslanadi. Ikkinchi yozma shaklida esa, takdim etilgan anketa savollariga bevosita respondentning о‘zi, guruhlarga ajratilgan muxobil javoblarni belgilaydi. Kо‘pgina yirik firmalar va marketing tadqiqotlari bо‘yicha ixtisoslashgan tashkilotlar anketa vositasida quyidagiyо‘nalishdagi muammolar bо‘yichatadqiqotlarni tashkil etadilar: - xaridorlarning yangi tovarlarga nisbatan munosabati, kanoatlanish darajasiga oid izlanishlar; - xaridorlarning muayyan tovar assortimenti turi bо‘yicha ta’minlanishi, ulardan foydalanish muddatlarini aniqlashga yо‘naltirilgan izlanishlar; - xaridorlarni muayyan tovarlarga bo’lgan ishtiyoki, iste’mol qilish xususiyati, daromadlari va boshqa belgilarga ko’ra segmentlarga ajratish bо‘yicha izlanishlar; - xaridorlarning shakllanayotgan talablarini о‘rganish, tovarlar sifatini yaxshilash, xizmat kо‘rsatish darajasini oshirish xususidagi izlanishlar; - tovarlarni xarid qilish shakli, uslubi, manzili, sotuvdan keyingi xizmat muammolarini xal etishga yо‘naltirilgan izlanishlar va boshqalar. Anketa vositasida utkaziladigan tadqiqotlarga muayyan firma mahsulotlarini sotuvchi tashkilot xodimlari, maxsus tanlab olingan ekspertlar, muayyan manzil aholisi jalb kilinadi. Tadqiqotlar utkazilish davriga ko’ra doimiy va doimiy bulmagan turlarga bо‘linadi. Bu xususiyat marketing izlanishi bilan shug‘ulanayotgan firmaning imkoniyatlari, tovar, narx, xizmat kо‘rsatishsiyosati va boshqa xususiyatlarga bog‘liq. Anketa savollarini imkoni boricha qisqa, oddiy, umumiy ma’lum bo’lgan so’zlar bilan tо‘zishga harakatqilishi zarur. Xatto ayrim xollarda maxalliy shevalarni ham inobatga olish, ikki ma’noli so’zlarni ishlatmaslikka о‘rin ish kerak. Boshqacha qilib aytganda, savol tugdiradigan savollarning anketada bо‘lmasligi, jumlalarning qisqa va mazmunli bо‘lishi respondentni kо‘p uylantirmaslikni, charchamasligini ta’minlaydi. Download 79.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling