4. KURS ISHINING TARKIBI
Kurs ishi mavzusi tanlanib, tasdiqlanadi va talabaga ilmiy rahbar biriktiriladi. Bundan so‘ng talaba ushbu mavzu bo‘yicha adabiyotlar, ilmiy maqolalar, adabiy manbalari, hujjatlarni o‘rganishga kirishadi. To‘plagan materiallar asosida ishning to‘liq rejasi tuziladi.
Kurs ishi quyidagi qismlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak:
1. Rahbar imzolagan va kafedra mudiri tasdiqlagan kurs ishi topshirig‘i;
2. Namuna bo‘yicha titul varaq;
3. Mundarija.
REJA
Kirish (1-2 bet)
Ishning maqsadi.
Vazifasi.
Ilmiy ahamiyati.
Mavzuning dolzarbligi.
I. Adabiyotlar sharxi (16 – 20) bet
Qo‘yilgan vazifaning umumiy tavsifi.
Eksperiment o‘tkazishda qo‘llaniladigan uslublar.
Olingan dori preparatlarini tegishli kasalliklarda qo‘llanilishi va ularning organizmdagi ahamiyati.
II. Amaliy qism. 12 – 16 bet
Tadqiqot ob’ekti tarifi, nima uchun ushbu ob’ekt tanlanganligini asoslab berish.
Texnologik jarayonning to‘liq bayoni. Optimal texnologik sharoitlarni asoslab berish (harorat, bosim, pH-muhit, aeratsiya va h.k).
Funksional-texnologik chizma. A-4 formatda.
Uskuna-texnologik chizma A-3 formatda.
Uskuna-texnologik chizmaning izohi. Asbob-uskunalarning spetsifikatsiyasi (jadval).
Olingan mahsulotning sifatini nazorat qilish va qo‘yilgan talablarga mosligini asoslash (GMP, GLP, GCP, GOST, Tu).
Maxsulotning farmakologik xossalari / Ekologiya va mehnat muhofazasi bo‘yicha asosiy tadbirlar .
III.Xulosa. 1-2 bet
Adabiyotlar sharxidan kelib chiqqan xulosa
Amaliy qismning har bir bobiga oid xulosalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |