Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari


IV.Foydalanilgan adabiyotlar (10tadan kam emas)


Download 163.26 Kb.
bet13/23
Sana29.01.2023
Hajmi163.26 Kb.
#1139173
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
4.MUSTAQIL TALIM

IV.Foydalanilgan adabiyotlar (10tadan kam emas) va internet resurslari ro‘yxati (1-2 bet).


5. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH
Kurs ishini talaba elektron variantini diskda taqdim etadi, qog‘ozdagi nusxasi muqovalangan ko‘rinishda topshiriladi. Kurs ishlari tarkibiga yozuv-tushuntirish va chizma qismlari kiradi. Kurs ishlari bajarilayotganida jadval va izlanish natijalarini yorituvchi grafiklar chizilishi shart. Kurs ishining chizma qismi A3 formatdagi vatman qog‘ozda bajariladi.
Yozuv-tushuntirish qismi yozuv matnli hujjatlar me’yoriy talablarga qoniqarli darajada javob berishi kerak (GOST 2.05-79). Yozuv-tushuntirish qismining umumiy hajmi 30-35 betni tashkil etadi. Ish standart A4 formatli oq qog‘ozning faqat 1 yuzasiga yoziladi. Standartga mos holda har bir varaqni yozishda 4 tomondan hoshiya qoldirilish kerak. Har bir bet xoshiyalari chap tomondan 3 sm, yuqori va past tomonidan 2 sm, o‘ng tomonidan 1 sm joy qoldirishi lozim. Matn Times New Roman shriftida, 14 keglda, 1.5 sm interval bilan qog‘ozni bir tomonida yoziladi. Varaqlarni nomerlash pastdan ketma-ketlikka rioya qilgan hoda 3-varaqdan (kirish) boshlab belgilanadi, ya’ni titul varag‘i va mundarijadan so‘ng.
Titul varaqda quyidagi ma’lumotlar beriladi: Vazirlik va oliy o‘quv yurti nomi, fakultet, kafedraning nomi, fanning nomi, kurs ishining mavzusi, kurs ishini bajargan talabaning ismi, familiyasi, tahsil olayotgan yo‘nalishi, kursi va guruhi to‘liq aks etilgan bo‘lishi kerak. Kurs ishiga rahbarlik qilgan o‘qituvchining familiyasi, ismi, sharifi va lavozimi, kurs ishi topshirilgan o‘quv yili keltiriladi.
Kurs ishi titul varag‘i yagona nusha bo‘yicha rasmiylashtiriladi (1-ilova).
Titul varag‘idan keyin ishning mundarijasi beriladi. Bunda har bir paragraflar nomi va varaqlar soni yoziladi. Mundarijada kurs ishlaridagi bo‘limlar, punkt, kichkina sarlavhachalar ro‘yxatida yozuv-tushuntirish xatida joylashishi kabi joylashtiriladi.
Kirish qismi raqam bilan ifodalanmaydi. Adabiyotlar sharhi, amaliy qism, xulosa , foydalangan adabiyotlar ro‘yxati bo‘limlari rim raqamlari bilan ifodalanadi. Bo‘limlar nomi qisqacha bo‘lib, mundarijaga mos bo‘lishi shart.Sarlavhada so‘zlar bir qatordan ikkinchisiga bo‘lib o‘tkazilmaydi. Sarlavhadai keyin nuqta qo‘yilmaydi. Agarda sarlavha ikki gapdan iborat bo‘lsa, ular nuqta bilan ajratiladi. Grafik, chizmalar tagidan yozuv ham to‘liq yoziladi.
Formulalar arab raqamlari bilan belgilanadi, nomeri eca varaqni o‘ng tomonida dumaloq qovusga olinadi va formula bilai bir chiziqda yoziladi. Formulaga kirgan rakam koeffitsientlar va belgilap formulani pastida, formulada keltirilgai ketma-ketlikda keltiriladi.



Download 163.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling