Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
Download 163,26 Kb.
|
4.MUSTAQIL TALIM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.3.5. Uskuna-texnologik chizmaning izohi.
6.3.4. Uskuna-texnologik chizma.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan barcha jihozlar va uskunalar shartli belgilar ko‘rinishida keltiriladi va funksional-texnologik chizmadagi ketma-ketlikka to‘liq mos ravishda tuziladi. Uskunalar tanlovi ishlab chiqarish chizmasiga, ksltirilgan mahsulotlar hisobiga va korxonani ish rejimiga asoslangan holda amalga oshiriladi. Iloji boricha internet resurslarining so‘nggi yangiliklaridan foydalanish tavsiya etiladi. Chizmalar GOST talablariga rioya qilgan holda bajarilishi shart, vatman qog‘ozida A-3 formatida (kattaligi 297x420 mm, GOST 2,301-68) bajariladi. Chizmalar «hoshiyaga» olinadi (chap tomonidan- 20 mm, o‘ng yuqori va pastdan 5 mm.) qora qalam bilan bajariladi. Masshtab talaba tomonidan tanlanadi va (GOST-2.303-68) va chiziqni kalinligi GOST-2.303-68 bilai aniqlanadi. Xar bitta chizmani o‘ng tomonida, pastdagi burchagida standart burchak shtampi chiziladi (GOST-2,104-68). Unda oliygoh va kafedraning nomi, fanning nomi, bitiruv ishining mavzusi, chizmaning nomi, rahbar va talabaning F.I.Sh., chizmani masshtabi yoziladi. Chizma varag‘ini chap burchagida chizmada qabul qilingan shartli belgilarini hammasi ko‘rsatiladi. 6.3.5. Uskuna-texnologik chizmaning izohi. Kurs ishini bu qismida tarmoqdagi mavjud chet el va mamlakat mualliflari ishlab chiqqan texnologik chizmalar, ilmiy izlanishlar va yutuqlarini hisobga olgan holda, tahlil asosida ishlab chiqarish texnologik chizmasi tanlanadi. Tanlangan ishlab chiqarish uslubiga muvofiq texnologik chizma tuziladi va izohlanadi. Korxonani tayyor maxsulotini ishlab chiqarish texnologik chizmasi tanlashda quyidagilar hisobga olinadi: 1.Ushbu mahsulotga talab va kelajakda talabni oshishi. 2.Xom-ashyo tahlil va tavsifi. 3.Ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash imkoniyatlari va shu bilan birga atrof muxit tozaligini saqlash yo‘llari. 4.Xom-ashyo, ishlab chiqarish chiqindilaridan birgalikda foydalannsh maqsadida yaqin atrofda joylashgan boshka korxonalar bilan birga ish yuritish, hamjihat bo‘lish. Shuningdek, tanlangan ishlab chiqarish texnologik sxemasini maqsadga muvofiqligini tasdiqlovchi omillar, umumiy yakunlar keltiriladi. Download 163,26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling