Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari


KURS ISHINI TASHKIL QILISH


Download 163.26 Kb.
bet10/23
Sana29.01.2023
Hajmi163.26 Kb.
#1139173
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
4.MUSTAQIL TALIM

2. KURS ISHINI TASHKIL QILISH
Kurs ishini bajarish uchun talabalar kafedra o‘qituvchilariga biriktiriladi. Fan bo‘yicha ma’sul o‘qituvchi (lektor) kurs ishi mavzularini talabalarga tavsiya etadi. Kurs ishiga “Biotexnologiya” kafedrasi professor – o‘qituvchilari, “Biologik faol modddalar texnologiyasi” fanini olib boruvchi o‘qituvchilari, O‘zbekiston Milliy Universiteti “Biologiya-tuproqshunoslik” fakulteti, O‘zRFA O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zRFA Mikrobiologiya instituti va O‘zRFA Genomika va Bioinformatika markazining ilmiy xodimlari va boshqa yuqori malakali mutaxassilar raxbarlik qiladilar. Talabaga tanlagan mavzusi bo‘yicha kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan himoya kuni belgilanadi. Kurs ishini bajarishdan oldin rahbar akademik guruxga maslahat darslarini beradi. Maslahat darsida kurs ishini tarkibi, tartibi, ketma-ketligi, mazmuni va asosiy adabiyotlar ro‘yxati tavsiya etiladi. Yordam tariqasida sohani yuqori malakali mutaxassislari talabalarga biriktiriladi. Kurs ishini bajarish jarayonida kelib chiqqan hamma muammolar echimi yil davomida beriladigan konsultatsiyalarda talaba va maslahatchi bilan birgalikda muhokama qilinadi.


2.1. Kurs ishining mavzusini tasdiqlash.
Mavzularni taqsimlashda kafedra o‘qituvchilari talabalarni qobiliyatini, o‘zlashtirishini va malum sohaga qiziqishini, kelgusida ishlaydigai joyini e’tiborga olishi lozim. Ishlab chiqarish uchun dolzarb va real mavzudagi bitiruv ishini bajargan talaba himoyadan keyin ishlab chiqarishda undan foydalanishi mumkin. Bu holatda institutda kurs ishini bajarishda yuqori malakali mutaxassis rahbardan olingan bilimlar amalda ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.Taqsimlagan mavzu o‘kituvchi va talaba tomonidan o‘zgartirilmaydi.


2.2. Ishning rejasini tuzish va bajariladigan ishlarni nazorat qilish.
Talaba kurs ishining rejasini tuzishda ilmiy rahbar bilan maslahatlashgan holda amalga oshirishi kerak. Ishning rejasi tuzilgandan so‘ng talaba ilmiy rahbardan tasdiqlatib olishi lozim.
Talaba ish rejasini tasdiqlatib olgandan sung rejaga qat’iy amal qilgan holda ishni bajarishi lozim. Har bir vazifani bosqichma-bosqich qatiy reja bo‘yicha ilmiy rahbar nazoratida amalga oshirishi kerak. Birinchi bosqich vazifalari bajarilmasdan keyingisiga o‘tib bo‘lmaydi. Bir bosqich amalga oshirilmay qolsa ishdan samarali natija kutib bo‘lmaydi.



Download 163.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling