Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari


Kafedraning asosiy vazifalari


Download 163.26 Kb.
bet11/23
Sana29.01.2023
Hajmi163.26 Kb.
#1139173
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
4.MUSTAQIL TALIM

2.3. Kafedraning asosiy vazifalari
Kafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak.

  • kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta ko‘rib chiqish;

  • talaba mavzuni tanlashida unga kerakli ko‘rsatmalar va amaliy yordam berish;

  • talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish;

  • talabaning ishini tayyorlashi uchun rajani tasdiklab berish va uning vazifasini bajarishini nazorat qilish;

  • talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatini baholashdan iborat buladi.



2.4. Ilmiy rahbarning vazifalari
Talabaning ilmiy rahbari ishga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:

  • talaba ishni bajarishi uchun vazifani tasdiqlab berishi;

  • ishning rejasini tuzishda talabaga yordam berishi va adabiyotlarni tavsiya etishi;

  • talabaning rejasini tasdiklashi, reja bo‘yicha muntazam ravishda ishni tekshirishi, maslahatlar va ko‘rsatmalar berishi;

  • talaba ishni bajarishida tashkiliy va uslubiy yo‘nalishlar berib borishi.



2.5. Talabaning vazifalari
Talaba kurs ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi lozim:

  • kurs ishi mavzusini zamonaviy sanoat farmatsevtikasining ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqqan holda tanlash;

  • ilmiy rahbarning tuzib bergan rejasi asosida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi;

  • o‘rnatilgan tartib bo‘yicha kurs ishning qismlarini o‘z vaqtida ilmiy rahbariga taqdim etishi kerak.

3. KURS ISHINING BAJARILISHI
Kurs ishini amaliy qismi asosan “Biotexnologiya” kafedrasi laboratoriyasida, O‘zbekiston Milliy Universiteti “Biologiya-tuproqshunoslik” fakultetida, O‘zRFA O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zRFA Mikrobiologiya instituti laboratoriyalarida va O‘zRFA Genomika va Bioinformatika markazi laboratoriyalarida bajariladi. Kurs ishini bajarayotgan talabaning ilmiy izlanish jarayonini “Biotexnologiya” kafedrasi professor – o‘qituvchilari nazorat qiladi.
Talaba tomonidan bayon etiladigan amaliy qism aniq, izchil va qisqa bo‘lishi lozim. Kurs ishi ko‘proq talabaning shaxsiy muloxazalaridan, misollar va rasmlar, solishtirish va umumlashtirish, tajriba materiallarini keltirishdan tashkil topgan bo‘lishi kerak.
Kurs ishlarini rahbari va maslahatchini vazifasi bu talabani ish bajarish va to‘g‘ri echimlar qabul qilishda nazorat qilishdadir. Kurs ishlari bajarish jarayonida yangi texnologik masalalarni yangi echimini tanlashda va munozarali savollarga echim qabul qilishda rahbarlar yordam beradi. Talaba eca kurs ishi bajarish bosqichlarida tashabbus ko‘rsatmog‘i, texnologik echimlar variantlarini tahlil qilish va baholashni namoyon etishi lozim. Optimal variantlarni o‘zi tanlashi, me’yoriy hujjatlar va ma’lumotnomalardan (spravochniklar) foydalanishni bilishi kerak.
Tayyor kurs ishi quyidagi talablarga ko‘ra rasmiylashtiriladi va o‘kuv grafigida belgilangan muddatda kafedrada himoyaga qo‘yiladi. Agarda kurs ishlardagi materiallarga ta’luqli salbiy fikrlar bildirilsa, ular himoyagacha to‘g‘rilanishi kerak. Kurs ishida qabul qilingan echimlarga, mazmuniga va himoya kuniga talabani o‘zi ma’sul hisoblanadi.


Download 163.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling