Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari


KURS ISHLARINING BAHOLANISHI


Download 163.26 Kb.
bet19/23
Sana29.01.2023
Hajmi163.26 Kb.
#1139173
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
4.MUSTAQIL TALIM

8. KURS ISHLARINING BAHOLANISHI
Kurs ishini umumiy baholashda himoya natijalari va bajarilgan ishni sifati e’tiborga olinadi. Rahbar kurs ishi mavzusiga, nazariy va amaliy qismiga, olingan natijalariga baxo berishi bilan birga, unda talaba qo‘yilgan masalalarni naqadar to‘la va ilmiy – uslubiy asosda amalga oshirganligi, ish yuzasidan olingan natijalarning ahamiyati, xamda ishni ijobiy tomonlari va qilingan xulosaning to‘g‘riligiga e’tibor berish to‘g‘ri bo‘ladi. Himoya natijalari “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” baholarda aniqlanadi.
Kurs ishiga “a’lo” baho mavzuni har tomonlama to‘g‘ri yoritgan, amaliyotni hozirgi zamon voqeligi bilan uyg‘unlashtira olgan, adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlashda bilimini ko‘rsata olgan, qo‘yilgan barcha talablarga rioya qilib yozgan talabalarning ishiga qo‘yiladi.
“Yaxshi” baho asosiy talablarga javob bergan, talab materiallar bilan tanish, lekin ayrim savollarni yoritishga to‘liq va har tomonlama javob bera olmaydigan, ayrim kamchiliklari bor ishga qo‘yiladi.
“Qoniqarli” baho talablarga javob beradigan, lekin talaba tomonidan savollargi yuzakiroq jeavob bergan, ishni rasmiylashtirishda kamchilikka yo‘l qo‘yilgan ishlarga qo‘yiladi.
“Qoniqarsiz” baho qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan, yomon yozilgan ishlarga qo‘yiladi.
Kurs ishi himoyasidan “qoniqarsiz” baho olgan talabalar o‘quv rejasida ko‘rsatilgan mazkur fandan yakuniy baholashga kirish huquqidan chetlashtiriladi.
Kurs ishi himoya natijalari 100 ballik reyting baholash tizimi orqali aniqlanadi.

Baholash ko‘rsatkichlari

Baholash mezonlari

56 – 70 ball





- kurs ishining rasmiylashtirish talablariga javob berishi ;
-talaba tomonidan kurs ishining mazmunini ochib berish (doklad) darajasi ;
- uskunaviy va texnologik sxemalarning tayyorlanish holati va sifati ;
- komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga berilgan javoblar .

71-85 ball



- kurs ishining belgilangan muddatga muvofiq topshirilishi;
- kurs ishining rasmiylashtirish talablariga javob berishi ;
-talaba tomonidan kurs ishining mazmunini ochib berish (doklad) darajasi ;
- uskunaviy va texnologik sxemalarning tayyorlanish holati va sifati ;
- komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga berilgan javoblar ;
- kurs ishi mavzusi bo‘yicha tarqatma materiallarning mavjudligi va undagi ma’lumotlarning asoslanishi darajasi ;
-soha rivoji uchun talaba tomonidan ishlab chiqilgan dolzarb g‘oya.

86-100 ball



- kurs ishining belgilangan muddatga muvofiq topshirilishi;
- Kurs ishining rasmiylashtirish talablariga javob berishi ;
-talaba tomonidan kurs ishining mazmunini ochib berish (doklad) darajasi ;
- uskunaviy va texnologik sxemalarning tayyorlanish holati va sifati ;
- komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga berilgan javoblar ;
- kurs ishi mavzusi bo‘yicha tarqatma materiallarning mavjudligi va undagi ma’lumotlarning asoslanishi darajasi ;
-soha rivoji uchun talaba tomonidan ishlab chiqilgan dolzarb g‘oya;
-talabaning jahon farmatsevtika sanoatida bo‘layotgan o‘zgarishlardan xabardorligi va «nou-xau» yangiliklaridan foydalanish yo‘nalishlarini bilishi.
- kurs ishi himoyasi davomida talaba o‘z fikrlarini aniq ifodalashi va ravon etkazib berishi darajasi ;
- kurs ishi himoyasi uchun belgilangan vaqtdan unumli foydalanganligi.

Kurs ishi natijalari barcha talaba uchun to‘ldirilgan reyting qaydnomasi orqali rasmiylashtiriladi va komissiya raisi va a’zolari tomonidan tasdiqlanadi.


Kurs ishining bajarmagan yoki ximoya qila olmagan talaba qarzdor xisoblanadi. Ximoyadan o‘tolmagan talabaga qayta ximoya qilish uchun vaqt beriladi. Qoniqarsiz baholangan kurs ishi takroran himoyaga qo‘yiladi yoki ishi talabaga yangi mavzu beriladi.
Himoyadan o‘tgan kurs ishi kafedrada 3 yil davomida saqlanadi.



  1. BIOFAOL MODDALAR TEXNOLOGIYASI” FANIDAN


Download 163.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling