Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari


Download 163.26 Kb.
bet15/23
Sana29.01.2023
Hajmi163.26 Kb.
#1139173
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
4.MUSTAQIL TALIM

6.3. Amaliy qism.
6.3.1.Tadqiqot ob’ekti ta’rifi, tanlovning asoslanib berilishi.
Kurs ishlari yozuv-tushuntirish qismini bajarishda talaba dastlab xom-ashyo va tayyor maxsulot bilan tanishib, boshlang‘ich holatini baholab, ishlab chiqarish texnologik chizmasini asoslaydi. Kurs ishlarini yozuv va chizma qismini bajarishda me’yoriy hujjatlarga, xom-ashyo va tayyor maxsulotlarning standartlariga asoslaniladi. Mavzu berilishi bilan, rahbar imzo chekkan vazifa va berilgan maxsulot assortimenti, ayrim texnologik rejimlar, xom-ashyo, tayyor mahsulotning konditsiyalari aniqlanadi va uni bajarishga kirishiladi.
6.3.2. Texnologik jarayonning to‘liq bayoni.
Berilgan mahcylotni tayyorlash ma’lum texnologik chizmasi. ishlab chiqarish uslublari chuqur o‘rganiladi va texnologik chizmani eng qulayini (optimal) asoslash maqsadida tahlil o‘tqazish lozim. Texnologiyani tanlagan talaba qabul qilgan asosiy texnologik echimlarni asoslab berib, uning batafsil izohini yozishga kirishadi va texnologik chizma hamda uskuna-texnologik chizmasini chizadi. Texnologik chizmalar va ularning izohi xom-ashyodan to tayyor mahsulotni olishga qadar butun ishlab chiqarishni qamrab olgan holda ifodalanadi.
6.3.3. Texnologik chizma.
Texnologik chizma izohida texnologik sxemalar mufassal bayon etiladi. Xom-ashyoni keltirishidan boshlab to tayyor maxsulot iste’molchiga etib borgunga qadar o‘tkaziladigan ishlab chiqarish amallarini ketma-ketligi ko‘rsatiladi. Texnologik chizmani izohi texnologik jarayonning barcha bosqichlari bo‘yicha berilgani maqsadga muvofiqdir va texnologik jarayon bayoninining o‘qilishini osonlashtiradi.
Dastlab xom-ashyolarni bo‘limga kelishi, qabul qilinishi, saqlanishi, qanday birlamchi qayta ishlovga berilishi, qaysi vosita orqali va qanday uzatilishi va jihozga kiritilishi ko‘rsatilishi lozim. Sex ichidagi materiallar, chiqindi va tayyor maxsulotni sex-bo‘lim ichidagi harakatlanish uslublari ham izohlanadi. Tayyor maxsulotni kondensiyalari, qaysi shaklda jo‘natilishi ko‘rsatilib, yakunlanadi. Texnologik chizmani chizmadagi texnologik chizmasi keltirilgan «pozitsiya» nomerlari bilan izohlanadi.

Download 163.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling