Mustaqil ta’lim mavzusi
Download 1.56 Mb.
|
Taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kogon shahri
- Suv transporti
Havo transporti — yoʻlovchilar, pochta va yuklarni havo yoʻllari orqali tashishni amalga oshiradigan transport turi. Uning afzalligi shundaki, yuqori uchish tezligi hisobiga tashish vaqtini juda tejaydi, yer va suv yoʻllari boʻlmagan manzillar bilan bevosita transport aloqasini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini yaratadi. Dastlabki Havo transporti Birinchi jahon urushidan keyin Yevropa va Amerika davlatlarida vujudga keldi. Germaniya va Fransiyada transport turi sifatida 1920—21 yillarda rivojlandi. Oʻzbekistonda birinchi havo yoʻli 1929-yil 12-mayda ochildi. Uzunligi 800 km boʻlgan Toshkent—Avliyoota (Taroz) — Pish-pek (Bishkek) — Olmaota marshrutida Rossiya koʻngilli havo floti jamiyatining O’rta Osiyo boʻlimi Kogon shahriga qarashli Germaniyadan sotib olingan "Yunkers—13" samolyotlarida dastlabki yoʻlovchilar tashish reysi amalga oshirildi. Shu yili uzunigi 450 km boʻlgan Kogon—Oq-toʻqay—Dargʻonota—Xiva hamda Buxoro—Termiz—Dushanba havo yoʻllari ochildi. 1924-yilda Havo transportida jami 1000 yoʻlovchi, 200 kg pochta joʻnatmalari, 5 t yuk tashildi. 1930-yillar boshidan Oʻzbekiston havo transportida yuk va yoʻlovchilar tashish ommaviy tus oldi. 1930-yildan Toshkent—Moskva yoʻlida samolyotlar muntazam qat-nay boshladi. Toshkentda 1932-yil, Nukus va Urganchda 1939-yil, Termizda1940-yil, Namanganda 1941-yillarda aeroportlar qurilib ishga tushirildi.Suv transporti — transportning asosiy turlaridan biri; tabiiy va sunʼiy (kanal, suv ombori va boshqalar) suv havzalari orqali yuk va yoʻlovchi tashiydi. Vazifasiga koʻra, bir qancha davlatlar oʻrtasida tashqi savdo aloqalarida yuktashishga xizmat qiluvchi magistral daryo yoʻllarida (Dunay,Oder,Reyn,Amur,Paragvay), mamlakat ichida yirik mintaqalararo (Yanszi, Volga, Missisipi), ichki hududiy aloqalarga xizmat koʻrsatadigan mahalliy (hudud ichida) Daryo transporti turlari mavjud. Daryo transporti kemalari foydalanish maqsadlariga koʻra transport, texnik va yordamchi kemalariga boʻlinadi. Transport kemalari tarkibiga yoʻlovchi, palubasida quruq yuk tashuvchi, tryumiga suyuq yuk to’ldiriladigan yoki palubasida maxsus baklar oʻrnatilgan suyuq yuk (neft, neft mahsulotlari) tashuvchi, suruvchi va shatakchi kemalar kiradi. Texnik flotda daryolar tubini chuqurlashtiruvchi snaryadlar, suv yoʻllarini sozlashga xizmat koʻrsatadigan yordamchi kemalardan foydalaniladi. Yordamchi kemalarga taʼmirlash ustaxonalari, suzuvchi magazinlar, kemalar, paromlar, qum va shagʻal qazib oladigan jihozlar va boshqalar kiradi. Daryo transportida bugʻ, yonilgʻi, elektr energiyasi, gaz dvigatellari yordamida harakat qiladigan kemalar (paroxod, teploxod, elektroxod) hamda barja va sollardan foydalaniladi. Daryo transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish quruqlikda harakat qiluvchi transportga nisbatan ancha arzon (avtomobil transportiga nisbatan 3—5 marta). Yuk va yoʻlovchilarni manzilga yetkazishda Daryo transportidan foydalanish qadimdan maʼlum. Miloddan ming yillar ilgari Mesopotamiya (Dajla va Furot daryolari) va Misr (Nil daryosi)da eshkakli va hatto, yelkanli kemalar ishlatilgan.Dunyoda daryo yoʻllarining umumiy uz. 550 ming km ga yaqin. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling