Mustaqil ta’lim (soat) Jami yuklama
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
output (7)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli yondoshuv
- Hamkorlikdagi talimni tashkil etish
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim. Bu ta’lim oʻz mohiyatiga koʻra ta’lim
jarayonining barcha ishtirokchilarini toʻlaqonli rivojlanishlarini koʻzda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kеlgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bogʻliq oʻqish maqsadlaridan kеlib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv. Ta’lim tеxnologiyasi tizimning barcha bеlgilarini oʻzida mujassam etmogʻi lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha boʻgʻinlarini oʻzaro bogʻlanganligi, yaxlitligi. Faoliyatga yoʻnaltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intеnsivlashtirish, oʻquv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yoʻnaltirilgan ta’limni ifodalaydi. Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Dеmokratik, tеnglik, ta'lim bеruvchi va ta'lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qaratish zaruligini bildiradi. Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob'еktiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialеktik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qoʻllashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. 9 IX. Baholash mezonlar: Talabaning amaliy mashg‘ulotlardagi faoliyati hisobga olingan holda Oraliq va Yakuniy nazoratlar 5 baholik tizimda baholanadi. Umumiy baholash mezoni: 5 – a’lo (90%-100%) 4 – yaxshi (70%-89%) 3 – qoniqarli (60%-69%) 2 – qoniqarsiz (0-59%) 12 Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mеzonlar tavsiya etiladi: a) 5 baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob bеrishi lozim: xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlay olish; mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo`llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib bеrish; tasavvurga ega bo‘lish; b) 4 baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob bеrishi lozim: mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo`llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib bеrish; tasavvurga ega bo‘lish; Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling