Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari
Masalan: – Endi so‘zingizdan aynamang, xo‘pmi? – Mayli
Download 119 Kb.
|
MUSTAQIL VA NOMUSTAQIL KESIMLIK SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Assalomu alaykum
- Bazan so‘z-gaplar takrorlanib qo‘llanadi
Masalan:
– Endi so‘zingizdan aynamang, xo‘pmi? – Mayli, – dedi Fazliddin. (O.) – Yo‘q, – dedi Otabek, lekin uning taajjubi uy egasiga ochiq ko‘rinib turar edi. (A.Qod.) Yo‘lchi eshikchani ochib kirdi: – Assalomu alaykum, hormang, ota! (O.) Kishilar orasidagi oddiy muomalada tez-tez ishlatib turiladigan so‘z yoki ibora so‘z-gap vazifasida qo‘llanadigan bo‘lib qolgan: assalomu alaykum, yoqimli ishtaha, marhamat, salomat bo‘ling, qulluq, osh bo‘lsin, yaxshi boring, xush ko‘rdik, labbay, jonim bilan, bajonidil kabi. Ba'zan so‘z-gaplar takrorlanib qo‘llanadi: Ergash tushunmadi: - Nima-nima? - dedi ko‘zini katta ochib. - Biror gap eshitdingizmi? - so‘radi Jo‘raxon. - Yo‘q-yo‘q! Sodda yig‘iq va yoyiq gaplar Faqat ega va kesimdan iborat bo‘lgan gap sodda yig‘iq gap hisoblanadi. Masalan: Men o‘qidim. Sen yozding. Ega va kesimdan boshqa bo‘laklar bilan kengaygan gap sodda yoyiq gap deyiladi. Gapda ikkinchi darajali bo‘laklardan birortasi qatnashsa, sodda yoyiq gapdir. Masalan: Men kitobni kecha о’qidim. IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLAR Gapning kesimi yoki egasiga tobelanib, ularga ergashib keladigan bo‘laklar ikkinchi darajali bo‘laklar deyiladi. Ikkinchi darajali bo‘laklar uch turlidir: aniqlovchi, to‘ldiruvchi va hol. Ular fe'l, ot, sifat, son, ravish, taqlid so‘zlar, olmoshlar bilan ifodalanishi mumkin. Aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hollar gapni, uning ayrim bo‘laklarini kengaytirishga, aniqlashga xizmat qiladi. HOL Hol – kesim ifodalagan ish-harakat, holat, voqea-hodisaning o‘rnini, payti, miqdor-darajasi, sababi, maqsadi, bajarilish sharti, qanday vaziyatda bajarilganligi kabi belgi-xususiyatlarini ifodalab keladi. Hollar hamisha gap markazi – kesimga tobelanib keladi. Hollar mustaqil ma'noli istalgan so‘z turkumi bilan ifodalanishi mumkin. Otlar, harakat nomlari va sifatdoshlarni gap tarkibida hol vazifasida kelishida kelishik va ko‘makchilarnmg xizmati beqiyosdir. Hollar ravish so‘zlar, kelishik shaklidagi va ko‘makchili otlar bilan, sifat, son, taqlid so‘z va undovlar bilan, fe'lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin. Hollar sodda (bir so‘zdan) va murakkab (ikki va undan ortiq so‘zdan iborat) tuzilishga ega bo‘ladi. Murakkab hollar takror so‘zlar, so‘z birikmasi, iboralar, kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi. Murakkab holga misollar: 1. Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq, ko‘chaga otildi. 2. Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi va dona-dona gapirdi. U vazifaning muhimligini takror-takror ta'kidladi. 3. O‘g‘lining to‘yini ko‘rolmadi bechora, dunyodan ko‘zi ochiq ketdi. 4. Urush boshlanganda u hali ko‘krakdan ajralmagan go‘dak edi. 5. Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi. 6. Shodmonbek zarbdan ko‘zi tinib hushidan ketdi. 7. Sharifa bilan Nasiba arazlashganda Durdona ularni arashtirib qo‘ydi. Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling